Bugun
Xitoy Amerika obligatsiyalarini sotib oltin zaxiralarini keskin ko'paytirmoqda
+24°
переменная облачность ветер 1 м/с, СВ
ENRU

Frida Kaloning asari 54,7 mln dollarga sotildi

Madaniyat
18
Frida Kaloning asari 54,7 mln dollarga sotildi
Frida Kaloning 1940 yilda chizilgan "Tush (Karavot)" nomli avtoportreti Nyu-York shahrida o‘tkazilgan Sotheby’s kimoshdi savdosida 54,7 million dollarga sotildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu asar taniqli meksikalik rassomning eng qimmat baholangan ijod namunasi sifatida tarixga kirdi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Mazkur rasm xususiy kolleksiyadan olingan bo‘lib, unda yog‘och karavotda yotgan Frida Kalo tasvirlangan. Suratda rassom bulutlar, lianalar va barglar bilan o‘ralgan holda chizilgan.

To‘shak ustida esa dinamit bilan o‘ralgan skelet shakli aks etgan. Ushbu asar orqali rassom o‘zining hayotidagi chuqur iz qoldirgan og‘ir avtohalokatni, cheksiz og‘riq va o‘lim bilan bog‘liq kechinmalarini ifodalagan.

Ma’lumki, Frida Kalo 18 yoshida og‘ir avtohalokatga uchragan va bu voqea uning sog‘lig‘iga jiddiy ta’sir ko‘rsatib, uzoq yillar to‘shakka mixlanib qolishiga sabab bo‘lgan. Rasmda uning shaxsiy hayoti va ichki dunyosi yorqin aks ettirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Ziroat Mirziyoyeva Belgradning tarixiy va madaniy maskanlari bilan tanishdi
Ziroat Mirziyoyeva Belgradning tarixiy va madaniy maskanlari bilan tanishdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Serbiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida mamlakatimizning Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Belgrad shahrida Serbiya Birinchi
MadaniyatKecha, 23:40
Dohada O'zbekistonning boy madaniy merosiga bag'ishlangan ko'rgazmalar ochildi
Dohada O'zbekistonning boy madaniy merosiga bag'ishlangan ko'rgazmalar ochildi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hamda Qatar muzeylari boshqaruvi raisi Shayxa Al-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniy Dohadagi nufuzli Islom san’ati muzeyida tashkil etilgan
Madaniyat23:37, 05-09-2026
Jahon yulduzi Enrike Iglesias Qozog'istonda tantanali kutib olindi
Jahon yulduzi Enrike Iglesias Qozog'istonda tantanali kutib olindi
Dunyoga mashhur ispan xonandasi, millionlab musiqa ixlosmandlarining ko‘ngil mulkiga aylangan jahon pop yulduzi Enrike Iglesias Qozog‘istonga tashrif buyurdi. Xalqaro
Madaniyat23:57, 04-09-2026
Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdi
Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdi
Toshkent shahrida Markaziy Osiyo mintaqasida o‘xshashi bo‘lmagan va O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining yirik loyihasiga aylangan yangi Zamonaviy san’at markazi o‘z
Madaniyat23:34, 04-09-2026
Shohrux Xon O'zbekistonga kelishi va mahorat darslari o'tishi kutilmoqda
Shohrux Xon O'zbekistonga kelishi va mahorat darslari o'tishi kutilmoqda
Shohrux Xon O‘zbekistonga tashrif buyurish mumkinligi haqida ma’lumot berildi. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Hindiston bosh vaziri Narendra Modining
Madaniyat23:36, 01-09-2026
Yangi Toshkentda mustaqillik bayramida Sara Braytman konsert berdi
Yangi Toshkentda mustaqillik bayramida Sara Braytman konsert berdi
O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 28 avgust kuni Yangi Toshkentda katta bayram tadbiri o‘tkazildi. Bu tadbir respublikaning muhim tarixiy
Madaniyat23:32, 31-08-2026