Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
+19°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Keyt Middltonning yangi soch uslubi trendga aylandi

Madaniyat
34
Keyt Middltonning yangi soch uslubi trendga aylandi
Keyt Middltonning yangi soch turmagi atrofida tarqalgan mish-mishlar nihoyat o‘z yechimini topdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unga ko‘ra, malika sun’iy soch yoki parik ishlatmagan, balki o‘z qiyofasini o‘zgartirish uchun ongli ravishda yangi uslubni tanlagan. Keytning soch rangidagi o‘zgarish birinchi marta Londondagi Tabiatshunoslik muzeyiga tashrifi chog‘ida kuzatilgan edi.

O‘sha paytda ko‘pchilik bu o‘zgarishni uning sog‘lig‘idagi muammolar, xususan, saraton kasalligidan keyingi davolanish jarayoni bilan bog‘lagan edi. Chunki 2025 yilning yanvar oyida Keyt saraton bilan kurashni yengib, remissiya davriga o‘tganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek, Londondagi Qirollik Albert-Xollida bo‘lib o‘tgan tadbirda Keyt Middlton zumrad rangli baxmal ko‘ylakda ko‘rinish berdi va bu yerda uning sochlari yana ko‘pchilik e’tiborini tortdi. Aktrisa Syu Pollard uning sochlarining yengilroq va yorqinroq tus olganini ta’kidlab, maqtov bildirdi.

Keyt esa bunga javoban, sochlarining quyosh nuri ta’sirida tabiiy ravishda ochilganini aytdi. Qirollik sartaroshi Nevill Takerning so‘zlariga ko‘ra, Keytning yangi qiyofasi uning oldingi uslubidan sezilarli darajada farq qiladi.

U malikaning bu uslubi jasorat bilan tanlanganini va bu o‘zgarish moda olamida yangi trendga aylanishini taxmin qildi. Shunga qaramay, Keytning och rangli soch turmagi uzoq davom etmadi.

6-sentabr kuni olingan suratlarda uning sochlari yana to‘qroq tusga qaytgani kuzatildi, biroq oltin rangli akslar hali ham saqlanib qolgandi. Bu esa uning qiyofasidagi o‘zgarishlar tabiiy usullar bilan amalga oshirilganini yana bir bor tasdiqlaydi.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026