Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 30 oktabr
+17°
ясно ветер 4 м/с, С
ENRU

Renuarning noma’lum kartinasi 1,8 mln yevroga sotildi

Madaniyat
28
Renuarning noma’lum kartinasi 1,8 mln yevroga sotildi
Per Ogyust Renuarning ilgari noma’lum bo‘lgan kartinasi Parijda o‘tkazilgan Drouot auksionida 1,8 million yevroga sotildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu kartinada rassomning o‘g‘li Jan va uning enagasi tasvirlangan. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

Moybo‘yoqda ishlangan "Bola va uning o‘yinchoqlari – Gabriel va rassomning o‘g‘li Jan" nomli asar ilgari hech qachon ko‘rgazmaga qo‘yilmagan va sotuvga chiqmagan. Ushbu rasm Janning cho‘qintirgan onasi Janna Bodoga tegishli bo‘lgan.

Ma’lumki, Janna Bodo Renuarning do‘sti va shogirdi hisoblangan. San’atshunos Paskal Perrenning ma’lum qilishicha, ushbu polotno hali restavratsiya qilinmagan va yaxshi saqlangan holda saqlangan.

Rassomning o‘g‘li Jan Renuar 1894 yilda tug‘ilgan va keyinchalik mashhur rejissyor bo‘lgan. U 1975 yilda "Alohida yutuqlar" uchun "Oskar" mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Jan Renuarning mashhur filmlaridan biri Birinchi jahon urushi davrida nemis asirligidan qochishga uringan ikki fransuz harbiy asiri haqida hikoya qiluvchi "Buyuk illyuziya" asaridir.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026