ENRU

Sevinch Mo‘minova: "Ikkinchi ayollikka rozi bo‘lmayman"

Madaniyat
64
Sevinch Mo‘minova:
Xonanda Sevinch Mo‘minova yaqinda jurnalist bilan bo‘lgan suhbatida shaxsiy hayoti va turmush haqidagi qarashlarini ochiq bayon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Suhbat davomida u turmush qurish masalasida o‘z fikrlari va tanlov mezonlari haqida gapirdi. Jurnalistning “Sizga uylanmagan yoki yoshroq yigitlardan takliflar bo‘lganmi?” degan savoliga Sevinch quyidagicha javob berdi: “Ha, bunday takliflar ko‘p bo‘lgan.

Lekin men avvalo insonning dunyoqarashiga ahamiyat beraman. Yoshi men uchun muhim emas.

Agar u yosh bo‘lsa ham, dunyoqarashi keng va fikrlashi kattalarnikidek bo‘lsa, harakterimiz mos kelsa, rozi bo‘lishim mumkin.” Shundan so‘ng jurnalist undan “Ajrashgan yoki xotini vafot etgan erkaklardan ham takliflar bo‘lganmi?” deb so‘radi. Bu savolga xonanda shunday javob berdi: “Ha, bunday takliflar ham bo‘lgan.

Lekin men avvalo ularning ajrashish sabablarini o‘rganaman. Agar ajrashish kechirilmaydigan jiddiy sabablar tufayli bo‘lsa, dunyoqarashi va harakterimiz mos kelsa, bu haqda o‘ylab ko‘rishim mumkin.

Lekin agar ajrashish sababi erkakning xatosi yoki mas’uliyatsizligi bo‘lsa, bunday inson bilan turmush qurmayman. Axir yaxshi erni hech bir ayol osonlikcha qo‘yib yubormaydi.” Sevinch o‘z hayotiy prinsiplarini davom ettirib, quyidagicha fikr bildirdi: “Tor fikrli yoki bolalarcha dunyoqarashga ega inson bilan hayot kechirgandan ko‘ra, hozirgi hayotimni afzal ko‘raman.

Erkak erkak bo‘lishi, men esa uning yonida erkatoy bo‘lib yashashim kerak. Men unga suyanib, ishonib yashashni xohlayman.” Suhbat davomida jurnalist Sevinchdan “Ikkinchi ayollikka takliflar ham bo‘lganmi?” deb so‘radi.

Xonanda bunga qat’iy javob berib, shunday dedi: “Ha, bunday takliflar ham bo‘lgan. Lekin men ikkinchi ayol bo‘lib yashashni tasavvur qila olmayman.

Bunday turmushda adolat bo‘lmasa, hech kim baxtli bo‘la olmaydi. Shuning uchun men o‘zimni bo‘lishishni istamayman.

Axir adolat qila olmasang, bir ayol bilan shukr qilib yashash yaxshiroq.” Sevinch Mo‘minovaning bu fikrlari uning hayotga bo‘lgan jiddiy yondashuvini va o‘z prinsiplariga sodiqligini ko‘rsatadi.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026