Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 30 oktabr
+17°
ясно ветер 4 м/с, С
ENRU

Xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev Toshkentdagi to‘ylarda qanchaga xizmat qiladi?

Madaniyat
410

Xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev Toshkentdagi to‘ylarda qanchaga xizmat qiladi?

Xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev “Sayyod” YouTube kanaliga bergan intervyusida to‘ylardagi “birrov” xizmati narxi qanday belgilashini tushuntirib berdi.

— Toshkentdagi to‘ylarda xizmat qilishimiz narxi 5 ming dollar etib belgilangan. Hozir sizga hammasini noldan isboti bilan aytaman. Birta “Yetmasmidi?” degan qo‘shig‘im bor. Shuning aranjirovkasi turklar tomonidan tayyorlangan. Bu qo‘shiq juda katta mablag‘ga tushgan. Qo‘shiqning o‘zining chiqishiga juda ko‘p pul sarflangan. Klipida Yigitali Mamajonov va Aysanem Yusupova ishtirok etgan. Ular ham bepul ishlamaydi. Mening 11 ta sozandam bor, o‘zim bilan birga 12 kishimiz. 5 ming dollarning ichida shuningchalik odamning rizqi bor. Keyin, men jonli aytaman. Toshkentdagi to‘ylarda jonli qo‘shiq kuylaydigan san’atkorlar barmoq bilan sanarli darajada kam.

Biroq yana bir narsani aytish kerak. Biz hammaga bunday narxni qo‘ymaymiz. Odamlar telefon qilib: “Anuni anaqasimisan?” deydi yordamchimga. Kimning anaqasi? Kimning nimasi? Hech bo‘lmasa “Anuni administratorimisan yoki Jaloliddinning anaqasimisan?” desa ham bir tushunsa bo‘ladi. Bunday munosabat qilgan odamga administrator ham: “Ha, o‘shani anaqasiman” deb javob beradi va 5 yoki 6 ming dollar narx aytadi. Narx o‘zining munosabatiga qarab aytilgan. Lekin aslida xizmat haqimiz 5 ming dollar emas. Masalan, Toshkentda bir kunda 2-3 ta to‘y bo‘lib qolsa, juda arzon narxga kirib ketamiz.

Jaloliddin Ahmadaliyev Toshkentga ko‘chib kelmasligining sabablari haqida ham so‘zladi.

— Toshkentda uyim yo‘q. Toshkentga ko‘chib kelish niyatim ham yo‘q, chunki men ota-onamni tashlab keta olmayman. Ota-onam esa Toshkentda yashashni istamaydi.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026