Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+18°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, С
ENRU

“Benom” guruhi 2026 yilga katta rejalar bilan kirdi

Madaniyat
35
“Benom” guruhi 2026 yilga katta rejalar bilan kirdi
"Benom" guruhi a’zolari yangi yil oldidan o‘z muxlislari bilan samimiy fikrlari bilan bo‘lishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ularning aytishicha, 2025 yil katta harakatlar va gastrol safarlari bilan o‘tgan. Shu bilan birga, guruh o‘z muxlislariga va’da qilingan ayrim taronalarni taqdim eta olmagani haqida ham ochiq gapirdi.

Guruh a’zosi Komilning so‘zlariga ko‘ra, 2025 yil davomida ular deyarli tinim bilmay ishlashgan. Ammo muxlislarga va’da qilingan qo‘shiqlarni taqdim eta olmaslik ularni biroz o‘ylantirgan.

“2026 yilda bu kamchiliklarni albatta to‘ldiramiz. Yangi yil ot yiliga to‘g‘ri kelgani bois, otdek mehnat qilishni reja qilganmiz.

Oldinda ko‘plab rejalarimiz bor”, — deydi Komil. Kelayotgan yilda guruhning ijodiy faoliyati yanada kuchayishi, yangi qo‘shiqlar va loyihalarning soni oshishi kutilmoqda.

Ular nafaqat ijodiy ishlarda, balki muxlislarga xizmat qilishda ham o‘zlarini mas’uliyatli his qilishadi. Guruh a’zosi Sarvarning so‘zlariga ko‘ra, ular Yangi yil kechasini xalq xizmatida o‘tkazadi.

“Hozir yoshlik paytimiz, mehnat qilish vaqti. Keyinchalik dam olishga ulguramiz”, — deydi Sarvar.

“Benom” guruhi uchun sahnada bo‘lish, konsert va tadbirlarda qatnashish — bu muxlislarga xizmat qilish va xalq kayfiyatiga hissa qo‘shish deganidir. Shuningdek, suhbat davomida ularga “2025 yilning eng faol san’atkori kim bo‘ldi?” degan savol ham berildi.

Guruh vakillari bu savolga javob berib, ikki nomni alohida e’tirof etishdi: G‘aybulla Tursunov va Mashhur Muhammad. Ularning fikricha, aynan shu ikki ijodkor 2025 yilda o‘z faolligi va ijodiy yondashuvi bilan ajralib turgan.

Shunday qilib, “Benom” guruhi 2026 yilni yangi rejalar va katta maqsadlar bilan boshlamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026