Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Dilmurod Uzoqov: "Hamma gap pomidorda emas"

Madaniyat
33
Dilmurod Uzoqov:
"Iqror" telenovellasidagi "yettita pomidor" sahnasi bilan mashhur bo‘lgan teatr va kino aktyori Dilmurod Uzoqov yaqinda "Intervyu Tv" YouTube kanaliga intervyu berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Suhbat davomida aktyor o‘zining mijg‘ov qaynota obrazini qanday yaratayotgani, bu rolning muhokamalarga sabab bo‘lishi va ijoddagi hayotiy kuzatuvlarning ahamiyati haqida gapirdi. Dilmurod Uzoqovning ta’kidlashicha, haqiqiy ijro shunchaki matnni yodlab aytish emas, balki personajning xarakterini, hayot yo‘lini va hissiyotlarini o‘z ichiga singdirib, obrazni jonlantirishdir.

U mijg‘ov qaynota rolini ijro etishda hayotda taniydigan bir insonning fe’l-atvori, mimikasi va odatlaridan ilhomlanganini aytdi. — "Pomidor" deyishsa, darhol meni eslashadi.

Hamma kuladi, lekin bu obrazning tagida katta ma’no bor. Men hayotdan olingan, o‘zim taniydigan odamning fe’l-atvorini aks ettirdim, — deydi aktyor.

Ayni suhbatda u obrazning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan voqeani ham esladi. Bir xonadonda ikki usta ishlayotgan payt kelin sakkiz kishilik dasturxon tayyorlab qo‘ygan.

Shunda xonadon egasi kelinga: "Kelin, bunaqada ustalar 10 kun ishlaydimi?" degan. Aktyor ana shu mayda hisob-kitobga o‘rgangan mijg‘ov xarakterni sahnaga olib chiqqan.

Suhbat davomida gonorar masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi. Aktyorning aytishicha, telenovellalardagi rollari uchun odatda bir xil miqdorda haq to‘lanadi — 700-800 ming so‘m atrofida.

Biroq u asosiy daromadini boshqa faoliyatlaridan, jumladan, institutdagi ishidan olishini qayd etdi. Shuningdek, u gonorar bo‘lmasa ham mijg‘ov qaynota rolini o‘ynagan bo‘lardi, chunki aktyor doim o‘z mahoratini oshirib borishi kerak, deb hisoblaydi.

Dilmurod Uzoqov hayotidagi bir xotirani ham bo‘lishdi. U o‘g‘li kichik paytida Navoiy ko‘chasida velosipedda rasmga tushganini, o‘sha paytda "bir kun kelib shu yerda yashasam", deb niyat qilganini aytib o‘tdi.

Oradan vaqt o‘tib, 1999 yilda xuddi o‘sha joydan uy olgani va xayolining amalga oshganini esladi. Aktyorning fikricha, "hamma gap pomidorda emas".

Asosiy maqsad — tomoshabin hayotdan olingan real qahramonni tanishi va obrazni aniq tasavvur qila olishi. Shu sababli "yettita pomidor" sahnasi odamlarning yodida nafaqat hazil, balki hayotiy xarakterning o‘zi bilan ham qolgan.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026