Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
+12°
ясно ветер 1 м/с, В
ENRU

Bunyod Rahmatullayev: Logistika sohasida, lekin san’atdan uzoq emas

Madaniyat
57
Bunyod Rahmatullayev: Logistika sohasida, lekin san’atdan uzoq emas
Bir vaqtlar tomoshabinlar yuragiga yo‘l topgan “Yig‘lamagin” va “Sehrli qalpoqcha” filmlari orqali tanilgan aktyor Bunyod Rahmatullayev bugungi kunda qayerda va nima ish bilan band ekani ko‘pchilikni qiziqtiradi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu savollarga aktyorning o‘zi javob berdi. Bunyod Rahmatullayevning so‘zlariga ko‘ra, u ilk bor 2009 yilda suratga olingan “Yig‘lamagin” filmida 9 yoshida rol ijro etgan.

Film uchun dastlab boshqa nomzod tanlangan bo‘lsa-da, marhum rejissyor Shuhrat Abbosov kastingni qayta ko‘rib chiqib, aynan Bunyodni ma’qul topgan. Aktyorning aytishicha, rejissyor uning ko‘zlarida ma’yuslik va ichki iztirobni ko‘ra olganini ta’kidlab, bu rolga uni tasdiqlagan.

Yillar davomida tomoshabinlar orasida “Nega Bunyod Rahmatullayev kinoda ko‘rinmayapti?” degan savol tez-tez yangray boshladi. Aktyor bu savolga ochiq va samimiy javob berdi: bugungi kunda u logistika sohasida faoliyat yuritadi.

Biroq u kinodan butunlay ketmaganini, yaxshi va mazmunli rollar bo‘lsa, albatta yana suratga tushishga tayyor ekanini aytdi. Shunday qilib, Bunyod Rahmatullayev o‘zining yangi sohadagi faoliyati bilan band bo‘lsa-da, san’atga bo‘lgan muhabbatini saqlab qolgan.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026