Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

“Suyaklar ibodatxonasi” filmi kassa yig‘imida mag‘lub bo‘ldi

Madaniyat
34
“Suyaklar ibodatxonasi” filmi kassa yig‘imida mag‘lub bo‘ldi
“28 yil o‘tgach: Suyaklar ibodatxonasi” filmi AQSh kinoteatrlarida kutilgan darajadagi muvaffaqiyatga erisha olmadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Holywood Reporter xabariga ko‘ra, mazkur film dastlabki uch kun ichida atigi 13 million dollar daromad keltirdi. Taqqoslash uchun aytish mumkinki, o‘tgan yil iyun oyida namoyish etilgan ilk qism prokatni 30 million dollar bilan boshlagan edi.

Mutaxassislarning fikricha, yangi filmning past daromad ko‘rsatishiga ikki qism orasidagi vaqtning juda qisqa bo‘lgani sabab bo‘lgan. Ikkinchi qism birinchi qismdan atigi yarim yil o‘tib taqdim etilgan.

Shunga qaramay, filmda Reyf Faynsning ishtiroki va Killian Merfining kutilmagan chiqishi keyingi haftalarda tomoshabinlar oqimini barqarorlashtirishi mumkin. Sony kompaniyasi esa trilogiyani yakunlash rejasidan voz kechmaganini bildirmoqda.

Mazkur film Angliyaning Nortumberlend grafligi hamda Yorkshir-Deylz vodiysida suratga olingan. Film uchun suyaklardan yasalgan ulkan ibodatxona dekoratsiyasi maxsus qurilgan.

Ushbu dekoratsiya filmning asosiy sahnalarini yanada ta’sirli qilishga xizmat qilgan.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026