Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
+12°
ясно ветер 1 м/с, В
ENRU

“Hayvonlar shahri 2” animatsiya tarixida rekord o‘rnatdi

Madaniyat
32
“Hayvonlar shahri 2” animatsiya tarixida rekord o‘rnatdi
“Hayvonlar shahri 2” multfilmi butun dunyoda yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Gollivudda “Oskar” mukofoti nomzodlari e’lon qilingan bir paytda, kassa yig‘imlari bo‘yicha ham katta natija qayd etildi. “Hayvonlar shahri 2” multfilmi umumiy hisobda 1,711 milliard dollar daromad yig‘ib, animatsiya tarixidagi eng daromadli filmga aylandi.

Mazkur rekordga erishguniga qadar yetakchilik “Boshqotirma 2” multfilmiga tegishli edi. Uning umumiy daromadi 1,698 milliard dollarni tashkil etgan.

Ammo “Hayvonlar shahri 2” bu ko‘rsatkichni ortda qoldirib, yangi marrani belgiladi. Shunga qaramay, barcha janrlar bo‘yicha mutlaq yetakchi hali ham “Nechja 2” filmidir.

Box Office Mojo ma’lumotlariga ko‘ra, uning umumiy daromadi 2,259 milliard dollarni tashkil etadi. Demak, “Hayvonlar shahri 2” animatsiya janrida birinchi o‘rinda bo‘lsa-da, umumiy reytingda yetakchi o‘rinni egallay olgani yo‘q.

Dahshat janridagi filmlar esa nisbatan past natijalarni qayd etmoqda. Masalan, “28 yildan keyin II qism: Suyaklar ibodatxonasi” AQShda ochilish haftasida 12,5 million dollar yig‘gan.

Uning umumiy jahon daromadi esa 30,3 million dollarga yetgan. Taqqoslash uchun, birinchi qism ochilish haftasida 30 million dollarlik daromad bilan boshlagan edi.

Shu bilan birga, “Avatar: Alanga va kul” ham e’tiborga loyiq natija ko‘rsatmoqda. Uning umumiy yig‘imi 1,329 milliard dollarga yetgan.

Hozirgi kunda animatsiya bozori yuqori sur’atda rivojlanmoqda. Rekordlar birin-ketin yangilanmoqda.

Endi savol tug‘iladi: kelgusi mavsumda bu marrani yana kim oshiradi?

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026