Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Ayollarning fidoyiligi erkaklar yutug‘iga zamin bo‘ladi

Madaniyat
38
Ayollarning fidoyiligi erkaklar yutug‘iga zamin bo‘ladi
Madaniyat va san’at vaziri Ozodbek Nazarbekov o‘zining so‘nggi intervyularidan birida jamiyat hayotida ayollarning o‘rni va ahamiyati haqida fikr bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U ayollarning oilaviy hamda ijtimoiy masalalardagi mas’uliyatliligi va donoligi erkaklarning muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi. Nazarbekovning so‘zlariga ko‘ra, erkaklarning katta yutuqlarga erishishi ko‘pincha ularning ortida turgan ayollarning qo‘llab-quvvatlashi va fidoyiligi bilan bog‘liq.

U shunday dedi: “Bugun biror erkak katta natijalarga erishayotgan bo‘lsa, bilingki, uning ortida mas’uliyatli va aql bilan ish yuritadigan ayol bor. Uydagi muammolarni o‘z zimmasiga olib, erkakning diqqat-e’tiborini chalg‘itmaslikka harakat qiladigan, oilaviy masalalarni oqilona hal qiladigan ayollarimiz bor.

Ular erkakning ishiga xalal bermaslik uchun qo‘llaridan kelganini qilishadi. Bu ayollarning fidokorona mehnati tufayli erkaklar hayotda va faoliyatda muvaffaqiyatga erishmoqda.” Shuningdek, Nazarbekov oiladagi va jamiyatdagi ayolning mas’uliyatliligi, aql-zakovati hamda harakatlari jamiyat rivojida muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidladi.

Uning fikricha, ayollar oilaviy muhitni barqarorlashtirish va jamiyatni oldinga olib chiqishda hal qiluvchi kuchga ega.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026