Bugun
Kilian Mbappe Xitoy xalqidan kechirim so‘radi
+14°
пасмурно ветер 1 м/с, СВ
ENRU

Tom Holland va Zendaya yashirincha turmush qurdi

Madaniyat
22
Tom Holland va Zendaya yashirincha turmush qurdi
Gollivudning mashhur juftliklaridan biri Tom Holland va Zendaya rasman turmush qurgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu ma’lumot AQSH Kinoaktyorlar Gildiyasi mukofotini topshirish marosimi oldidan Zendayaning stilisti Lo Rouch tomonidan jurnalistlarga ma’lum qilingan. Stilistning aytishicha, juftlik yashirin to‘y marosimini o‘tkazib bo‘lgan va bu haqda hech kimga ma’lum qilmagan.

"To‘y allaqachon bo‘lib o‘tdi. Siz uni o‘tkazib yubordingiz", dedi Rouch.

Jurnalist bu xabar qanchalik to‘g‘ri ekanini so‘raganida, stilist kulib, "Bu mutlaqo haqiqat", deb javob berdi. Tom Holland va Zendaya birinchi bor 2016 yilda "O‘rgimchak odam: Uyga qaytish" filmi suratga olish jarayonida tanishgan edi.

Tom Piter Parker, Zendaya esa Meri Jey obrazini ijro etgan. Ular munosabatlarini 2021 yilda ochiq tarzda tasdiqlashgan.

Unashtirilganliklari haqidagi mish-mishlar esa Zendaya "Oltin Globus - 2025" marosimida nomsiz barmog‘ida yirik brilliant uzuk bilan ko‘ringandan keyin yanada kuchaygan. Tom Holland ham bir intervyusida Zendayani "bo‘lajak rafiqam" deb atab, bu mish-mishlarga oydinlik kiritgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
MadaniyatKecha, 14:53
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026