Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
+12°
ясно ветер 1 м/с, В
ENRU

"Sevgi iztirobi" serialidagi Deniz ulg‘aygani hayratlantiradi

Madaniyat
44
"Sevgi iztirobi" serialidagi Deniz ulg'aygani hayratlantiradi
Turkiyaning mashhur "Sevgi iztirobi" seriali orqali ko‘plab insonlar qalbida chuqur iz qoldirgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Serialda ishtirok etgan qahramonlar orasida kichik obrazlar ham tomoshabinlar xotirasida saqlanib qolgan. Yillar o‘tgan bo‘lsa-da, serial sahnalari va qahramonlar ishtirokidagi ta’sirli lahzalarni hali ham ijtimoiy tarmoqlarda uchratish mumkin.

Ayniqsa, Emir obrazini jonlantirgan Kaan Urganchio‘g‘lining qo‘lida kichik Denizni ko‘rish mumkin bo‘lgan videolar ko‘plab muxlislarda iliq xotiralarni uyg‘otadi. Chunki serialni kuzatganlar uchun Deniz shunchaki chaqaloq emas, balki voqealar zanjirida muhim o‘rin tutgan kichik qahramon edi.

Eng qizig‘i, yangi tasvirlarda o‘sha chaqaloq Denizning ulg‘aygani va chehrasi o‘zgarganini ko‘rish mumkin. Bir vaqtlar serial muxlislarining mehrini qozongan qizaloq bugungi kunda kattaroq yoshga qadam qo‘ygan.

Ekranda Deniz sifatida ko‘ringan qizaloqning asl ismi Arven Beren Kushatman bo‘lib, u yaqinda 10 yoshni qarshi oldi. U 2016 yil 19 may kuni Istanbul shahrida tug‘ilgan.

Hozirda u bolalar fotomodeli sifatida faoliyat yuritmoqda. Arven turli reklama loyihalari va jurnallar uchun suratga tushib, kichik yoshidan omma e’tiborini tortmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda ham katta qiziqish uyg‘otgan. Masalan, Instagram sahifasini bir milliondan ziyod foydalanuvchi kuzatib borayotgani bu qizaloqqa bo‘lgan qiziqishni ko‘rsatadi.

"Sevgi iztirobi" seriali 2015—2017 yillarda suratga olingan bo‘lib, unda Burak O‘zchivit, Neslihan Atagul, Kaan Urganchio‘g‘li kabi mashhur aktyor va aktrisalar ishtirok etgan. Ushbu loyiha nafaqat Turkiyada, balki boshqa davlatlarda ham katta auditoriya mehrini qozongan.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026