Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
+21°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Guli Asalxojayeva o‘g‘li Jahongirning kelajagi haqida ochiq gapirdi

Madaniyat
25
Guli Asalxojayeva o'g'li Jahongirning kelajagi haqida ochiq gapirdi
Taniqli xonanda Guli Asalxojayeva Omon-omon dasturiga mehmon sifatida taklif etilib, ota-onalik va oilaviy hayotdan qiziqarli hikoyalarni tinglovchilar bilan baham ko‘rdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

San’atkor suhbat davomida o‘g‘li Jahongirning kelajagi, san’at yo‘liga qanday kirib kelgani hamda kelin tanlashdagi ko‘rinishlari haqida ochiq yurakdan so‘zlab berdi. Xonanda o‘g‘li Jahongirga bo‘lgan orzularidan xabar berdi.

Uning aytishicha, har bir kasbning o‘ziga xos mashaqqatlari bo‘ladi. O‘g‘li maktab yillarida ham bilimga chanqoq, darslarda faol o‘quvchilardan biri bo‘lgan.

Shu sababli ona sifatida u o‘g‘lini kelajakda diplomat bo‘lishini orzu qilgan va ko‘p marta shu yo‘lni tanlashini aytgan. Biroq Jahongir onasiga sizning ko‘nglingiz uchun diplomat bo‘lishim mumkin, ammo keyin afsuslanib qolaman degan javob bergan.

Shu so‘zlarni eshitganidan keyin xonanda o‘g‘lining o‘z istagi va qiziqishiga hurmat bilan qarashga qaror qilgan. Guli Asalxojayeva o‘z hayotidan ham bir misol keltirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yoshlik davrida san’at sohasiga qiziqishi bo‘lgan. Opasi san’at yo‘nalishida oliy ta’lim olgani uchun uni ham boshqa sohada o‘qitish maqsadida institutga olib borgan.

U yerda imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lsa-da, otasining roziligi bo‘lmagani sabab o‘qishni davom ettira olmagan. Bu holat uning qalbida ma’lum bir armon sifatida saqlanib qolgan.

Shuning uchun ham turmush qurganidan keyin uning hayotida yangi imkoniyat paydo bo‘lgan. Turmush o‘rtoqi qo‘llab-quvvatlashi bilan u san’at oliygohida tahsil olish imkoniga ega bo‘lgan.

Ana shu tajriba unga bolalarini erkin qaror qabul qilishga o‘rgatish kerakligini anglatgan. Suhbat davomida xonanda kelin tanlash masalasi haqida ham fikr bildirdi.

Uning aytishicha, ilgari intervyularda undan o‘g‘llari san’atkor qizga uylansa qanday munosabat bildirishi haqida ko‘p so‘rashgan. Xonanda bu savol haqida ancha o‘ylanganini tan oldi.

Chunki san’at sohasida ishlaydigan inson ham uy ishlariga vaqt ajrata oladimi degan o‘ylar bo‘lgan. O‘zi esa uyda oddiy ayollar kabi hayot kechirishini, ovqat tayyorlashni, uy ishlarini bajarishni va hatto hovlini ham supurishni aytdi.

Kelin tanlashda u eng avvalo qizning onasi bilan suhbatlashishga ahamiyat berishini ta’kidladi. Chunki uning fikricha, qiz bola ko‘p jihatdan onasiga o‘xshaydi.

Jahongir Asal ismli qiz bilan turmush qurishni aytganida ham xonanda avvalo uning onasi bilan gaplashib ko‘rgan. Qizning onasi juda samimiy va yaxshi inson ekanini ko‘rgach, bu nikohga rozilik bergan.

Xonanda kelini ham u kutganidek tarbiyali va mehribon inson bo‘lib chiqqanini aytdi. Uy ishlarida ham faol, taom tayyorlashni ham biladi.

Eng muhimi esa uning qalbi pok va samimiy. Guli Asalxojayeva hozirda uch nafar kelinga ega ekanini aytib, ularning barchasini o‘z qizi deb bilishidan xursand bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026