Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+16°
ясно ветер 2 м/с, С
ENRU

Nigora Karimboyeva yulduzlik kasalligiga chalingani va uni qanday yenggani haqida gapirdi

Madaniyat
4
Nigora Karimboyeva yulduzlik kasalligiga chalingani va uni qanday yenggani haqida gapirdi
Taniqli aktrisa Nigora Karimboyeva Mening oshxonam ko‘rsatuvida mehmon bo‘lib, o‘zining ijodiy yo‘lidagi og‘ir sinovlar va ruhiy o‘zgarishlar haqida samimiy suhbat qurdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

San’atkor o‘z vaqtida ko‘plab ijodkorlar duch keladigan yulduzlik kasalligiga chalinganini va bu holat uning hayotiga qanday ta’sir qilganini ochiq e’tirof etdi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, mashhurlikning bu asorati deyarli har bir san’atkor hayotida uchraydi, biroq eng muhimi, o‘z vaqtida xatoni anglab, o‘zini qo‘lga olishdir.

Nigora Karimboyeva bu murakkab davr asosan o‘ttiz yoshlar atrofida, ijodiy yuksalish davrida yuz berganini ta’kidladi. O‘sha paytlarda u davlat buyurtmasi asosida suratga olingan ko‘plab filmlarda bosh rollarni ijro etgan, nufuzli kinofestivallarda ishtirok etib, xalq orasida katta e’tibor qozongan edi.

Aktrisa o‘sha vaqtlarda kibrga berilib, atrofdagilarning gap-so‘zlarini mensimay qo‘ygani, o‘zini boshqalardan yuqori tutgani haqida so‘zladi. Uning aytishicha, o‘shanda hatto oddiy takliflar ham unga kichikdek tuyulgan va ich-ichidan norozilik hissi uyg‘ongan.

Biroq bunday munosabatning salbiy oqibatlari o‘zini uzoq kuttirmadi. Aktrisa yulduzlik kasaliga chalingan paytda san’at olamidagi muhit uni chetga surib qo‘yganini so‘zladi.

Ko‘p hollarda loyihalarga chaqirmay qo‘yishgan, ba’zi davralarda esa unga nisbatan sovuq munosabat shakllangan. Nigora Karimboyeva aynan mana shunday qiyin vaziyatlar va yolg‘izlanib qolish insonni o‘ziga kelishga majbur qilishini bildirdi.

Bu jarayon unga odamlar bilan muloyim muomala qilishni va oddiy insoniy fazilatlarni qadrlashni o‘rgatdi. Suhbat davomida aktrisa juda muhim xulosani ilgari surdi.

Agar ijodkor o‘z vaqtida xatosini tushunib, o‘zini yig‘ishtirib olmasa, san’at maydonidan butunlay g‘oyib bo‘lishi hech gap emas. Nigora Karimboyevaning ushbu iqrori ko‘plab muxlislar tomonidan iliq kutib olindi.

Bu e’tirof nafaqat aktrisaning samimiyligidan dalolat beradi, balki san’at olamiga endigina qadam qo‘yayotgan yosh ijodkorlar uchun ham katta hayotiy saboq bo‘lib xizmat qiladi. Zero, haqiqiy iste’dod egasi nafaqat mahorati, balki kamtarligi bilan ham xalq mehrini qozonishi lozim.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026