Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
+18°
пасмурно ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

Harbiy ta’lim tizimi yangi universitetga birlashtiriladi

O‘zbekiston
88
Harbiy ta’lim tizimi yangi universitetga birlashtiriladi
Qurolli Kuchlar oliy bosh qo‘mondoni, Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 iyul kuni harbiy ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Taqdimotda Qurolli Kuchlar akademiyasini isloh qilish va uning negizida O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetini tashkil etish rejalashtirilgani ma’lum qilindi. Ushbu universitet tarkibiga Mudofaa vazirligining barcha harbiy ta’lim muassasalari, jumladan, beshta institut, Serjantlar tayyorlash oliy maktabi hamda Aviatsiya va uchuvchisiz uchish apparatlari mutaxassislarini tayyorlash markazi institut maqomida qo‘shiladi.

Yangi tizim markazlashgan vertikal boshqaruvni ta’minlab, qo‘shinlarning jangovar salohiyatini oshirishga, dual ta’limni kengaytirishga hamda ilmiy tadqiqotlarni amaliyotga joriy etishga xizmat qiladi. Serjantlar tayyorlash oliy maktabida zamonaviy qurollar va yangi taktik usullar bo‘yicha ko‘nikmalarni oshirish, shuningdek, serjantlarning yetakchilik qobiliyatini shakllantirish uchun yangi ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, tor ixtisosliklar bo‘yicha «2+2» tartibi joriy etiladi. Bu tartibga ko‘ra, psixolog, aloqachi, ta’minotchi va omborchi kabi 18 xil yondosh soha mutaxassislari boshqa oliy ta’lim muassasalarining ikkinchi bosqich talabalari orasidan tanlab olinadi.

Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi o‘quv yilidan boshlab bitiruvchi bosqich kursantlari uchun tanlov asosida «Oliy Bosh Qo‘mondon» davlat stipendiyasi beriladi. Ushbu stipendiya egasi bakalavriatni tamomlagach, besh yil davomida oliy harbiy ta’lim muassasalarining magistraturasiga imtihonsiz qabul qilinadi.

Endilikda oliy harbiy ta’lim muassasalarining 36 ta ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari ikki diplomga ega bo‘ladi. Ular fuqarolik va harbiy kasbga mo‘ljallangan mutaxassislik sohiblari hisoblanadi.

Bu islohotlar doirasida harbiy pedagoglarni tanlash va saralash tartibi kuchaytiriladi, shuningdek, ularni yetakchi xorijiy davlatlarda o‘qitish tizimi joriy etiladi. Taqdimot yakunida mazkur takliflar ma’qullanib, ularni samarali amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Manba: zamin.uz

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
31 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY231 Frankfurt
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 30 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 30 oktabr
30 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY421 Deli 02:40 763 HY465 Islamabad 04:00
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 29 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 29 oktabr
29 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 29-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 28 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 28 oktabr
28 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY611 Moskva 07:30 32N HY603 Moskva 07:30
O‘zbekiston00:10, 28-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 27 oktabr
27 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 02:40
O‘zbekiston00:10, 27-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 26 oktabr
26 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY231 Frankfurt 04:15 32Q HY3223 Antalya
O‘zbekiston00:10, 26-10-2026