Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Hotin-qizlar uchun kontrakt to‘lovi davlatdan qoplanadi

O‘zbekiston
47
Hotin-qizlar uchun kontrakt to‘lovi davlatdan qoplanadi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan va ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan hotin-qizlar uchun yangi imkoniyat yaratildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Endilikda ularning kontrakt to‘lovlari to‘liq davlat hisobidan qoplanadi. Ushbu qaror minglab talabalar va ularning oilalari uchun katta yengillik bo‘lib xizmat qiladi.

Imtiyozdan foydalanish huquqiga kam ta’minlangan yoki rasmiy kambag‘al deb topilgan oilalarning farzandlari, etim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar hamda turmush o‘rtog‘ini yo‘qotib, farzandlarini yolg‘iz tarbiyalayotgan ayollar kiradi. Imtiyozdan foydalanish uchun hotin-qizlar o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga ariza berishlari zarur.

Arizaga hech qanday hujjat ilova qilinmaydi, chunki zarur ma’lumotlar davlatning elektron bazalaridan avtomatik tarzda olinadi. Qabul komissiyalari arizalarni 5 ish kuni ichida tegishli vazirlikka yuboradi, so‘ngra vazirlik hujjatlarni hududiy hokimliklarga taqdim etadi.

Saralash jarayoni hududiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi. Har bir viloyatdan 150 nafar hotin-qiz tanlab olinadi: ulardan 40 nafari birinchi kurs, qolganlari esa ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari bo‘ladi.

Komissiyalar nomzodlarning moddiy va turmush sharoiti, oliygohga kirish ballari, o‘qish yo‘nalishi bo‘yicha hududdagi mutaxassislar ehtiyoji hamda talabaning kursi asosida baholash olib boradi. Tanlangan talabalar ro‘yxati Oila va hotin-qizlar qo‘mitasiga yuboriladi, u yerda 10 kun ichida tavsiyanoma tayyorlanib, hokimlikka yuboriladi.

Imtiyozga ega bo‘lgan talabalar kontrakt to‘lovlarini har chorak yakunida mahalliy hokimliklar orqali to‘rt qismda oladi. Biroq, ikkinchi mutaxassislikda o‘qiyotganlar, xorijiy yoki xususiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan hotin-qizlar bu imtiyozdan foydalana olmaydi.

Shuningdek, agar talabalar o‘qish yo‘nalishini o‘zgartirsa yoki oliygohdan chetlatilsa, kontrakt to‘lovini qoplash huquqi bekor qilinadi. Ushbu qaror ijtimoiy himoyaga muhtoj hotin-qizlarga katta yordam bo‘lib, ularning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytiradi, hayotda mustaqil o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashadi (manba: zamin.uz).

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
3 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 02:40 767
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
2 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY231 Frankfurt
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
1 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9665 Nijnevartovsk
O‘zbekiston00:10, 01-11-2026
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
31 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 31-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 30 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 30 oktabr
30 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY421 Deli 02:40 763 HY465 Islamabad 04:00
O‘zbekiston00:10, 30-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 29 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 29 oktabr
29 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 29-10-2026