Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+20°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, С
ENRU

Toshkentda avtobus yo‘nalishlari kengaytiriladi

O‘zbekiston
60
Toshkentda avtobus yo‘nalishlari kengaytiriladi
Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi poytaxtdagi avtobus yo‘nalishlarini shahar atrofidagi hududlargacha kengaytirish bo‘yicha jamoatchilikda tug‘ilgan savollarga rasmiy javob berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Davlat rahbarining Toshkent viloyatining barcha tuman va shaharlarini poytaxt bilan uzluksiz bog‘lashga oid topshirig‘i ijrosi doirasida bir qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan qayta tashkil etilayotgan, jumladan aglomeratsiya hududini qamrab oladigan yangi yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha hujjatlar tasdiqlangach, belgilangan tartibda ochiq elektron tender e’lon qilinadi. Tender g‘olibi bilan maxsus shartnoma tuzilib, yo‘lovchi tashish xizmatlari tashkil etiladi.

Shuningdek, yo‘nalishlar uzaytirilganda avtobuslarni kutish vaqti ortmasligi uchun qo‘shimcha transport vositalari ajratilishi rejalashtirilgan. Bu esa transport xizmatining barqarorligi va samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Hozirda texnik va tashkiliy masalalarni hal qilish, harakat xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l infratuzilmasini yaratish ishlari izchil davom etmoqda. Maxsus muhandislik va loyiha guruhlari aglomeratsiyaning har bir nuqtasida transport harakati logistikasi ustida ishlamoqda.

Poytaxt aglomeratsiyasi doirasida yagona va yaxlit transport tizimini shakllantirish hamda bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish ishlari avj olgan. Mazkur tizim nafaqat shahar markazi, balki atrofdagi tumanlarda istiqomat qiluvchi aholi uchun ham qulay va xavfsiz transport xizmatini taqdim etadi.

Manba: zamin.uz

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
1 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9665 Nijnevartovsk
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
31 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY231 Frankfurt
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 30 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 30 oktabr
30 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY421 Deli 02:40 763 HY465 Islamabad 04:00
O‘zbekiston00:10, 30-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 29 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 29 oktabr
29 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 29-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 28 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 28 oktabr
28 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY611 Moskva 07:30 32N HY603 Moskva 07:30
O‘zbekiston00:10, 28-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 27 oktabr
27 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 02:40
O‘zbekiston00:10, 27-10-2026