Bugun
Xitoy Amerika obligatsiyalarini sotib oltin zaxiralarini keskin ko'paytirmoqda
+24°
переменная облачность ветер 1 м/с, СВ
ENRU

Markaziy bank nasiya bozori uchun kodeks taklif qildi

O‘zbekiston
36
Markaziy bank nasiya bozori uchun kodeks taklif qildi
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi nasiya savdo bozori ishtirokchilarining munosabatlarini tartibga soluvchi Axloq kodeksi loyihasini jamoatchilik muhokamasiga taqdim qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu loyiha doirasida FinTex Assotsiatsiyasi orqali “Ishonch belgisi” tizimi joriy etilishi rejalashtirilgan. Bu belgi nasiya xizmatlarining qonuniy va shaffof tarzda amalga oshirilishini tasdiqlaydi hamda mijozlarga tashkilotlarning ishonchliligini aniqlash imkoniyatini beradi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, har bir nasiya tashkiloti o‘z rasmiy veb-saytida mahsulot turlari, to‘lov tartibi, komissiya va jarimalar haqida to‘liq ma’lumot berishi shart bo‘ladi. Shuningdek, reklamada “0%”, “bepul”, “barchaga mos” kabi chalg‘ituvchi iboralar ishlatish taqiqlanadi.

Mijozlar shartnoma tuzishdan oldin yillik foiz stavkasi, umumiy to‘lov miqdori hamda kechiktirish oqibatlari haqida to‘liq xabardor qilinadi. Nasiya faqat 18 yoshdan oshgan fuqarolarga beriladi va dastlabki limit 2 million so‘mdan oshmasligi belgilangan.

Agar mijoz limitni oshirishni istasa, uning qarz yuki 50 foizdan oshmasligi lozim. Foiz va yig‘imlar yiliga qarz summasining yarmidan oshmasligi kerak.

Qarzdorlikni undirish jarayonida tahdid yoki bosim o‘tkazish kabi noqonuniy usullar qat’iyan man etiladi. Shuningdek, firibgarlikning oldini olish maqsadida biometrik ro‘yxatdan o‘tkazish va axborot hamda kiberxavfsizlik bo‘limlari tashkil etilishi nazarda tutilgan.

Iqtisodchi Otabek Bakirov ushbu mexanizmni tanqid qilib, kodeks amalda nazoratni xususiy nodavlat tashkilot — FinTex Assotsiatsiyasi qo‘liga topshirishini bildiradi. U, shuningdek, “Ishonch belgisi” olish uchun a’zolik narxi 12 million so‘m yoki 1200 dollar miqdorida bo‘lishi, shuningdek, FinTexning bozor ishtirokchilari reyestrini yuritishi ham tanqid ostiga olingan.

Ekspert fikricha, bunday mexanizm raqobatga zid bo‘lib, nasiya bozorida sun’iy konsentratsiyaga olib kelishi mumkin. Nazorat xususiy tashkilot qo‘liga o‘tganda, u qonunsiz regulyatorga aylanish xavfi mavjud.

Bakirov taklif qilinayotgan kodeks matni to‘liq e’lon qilinmagani sababli ham tanqid qilgan va agar a’zolik majburiyati olib tashlansa, hujjat maqsadga muvofiq qabul qilinishi mumkinligini ta’kidlagan. Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, Axloq kodeksi loyihasiga oid taklif va e’tirozlar jamoatchilikdan qabul qilinmoqda (Zamin.uz).

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 10 sentabr
10 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 9 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 9 sentabr
9 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 8 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 8 sentabr
8 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 08-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 7 sentabr
7 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9813 Moskva 05:15
O‘zbekiston00:11, 07-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 6 sentabr
6 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 763 HY235 Myunxen 05:20
O‘zbekiston00:10, 06-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 5 sentabr
5 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 05-09-2026