Bugun
O‘zbekiston yalpi iqtisodiyot xatlovini boshladi
+38°
ясно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

O‘zbekistonda sun’iy intellekt tibbiyotga jadal kirib kelmoqda

O‘zbekiston
65
O‘zbekistonda sun’iy intellekt tibbiyotga jadal kirib kelmoqda
O‘zbekiston tibbiyot sohasida so‘nggi yillarda raqamli texnologiyalar jadal joriy qilinmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xususan, shifokorlar bemorlarni tekshirish va davolash jarayonida sun’iy intellekt (AI) texnologiyalaridan faol foydalanmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda mamlakatda sun’iy intellekt yordamida amalga oshirilayotgan tibbiy tekshiruv va muolajalar soni 43 taga yetgan.

2023-yil davomida tibbiyot muassasalarida 179 ta yangi tashxislash usuli va 199 ta davolash texnologiyasi joriy etildi. Ular orasida jigar va buyrakni kam invaziv usulda transplantatsiya qilish, yurakka sun’iy chap qorincha o‘rnatish (LVAD), suyak ko‘migi transplantatsiyasi, epilepsiya kasalligini davolashda miya implantatsiyasi kabi murakkab operatsiyalar mavjud.

Bundan tashqari, umurtqa diski churrasini olib tashlash bo‘yicha zamonaviy amaliyotlar ham keng qo‘llanilmoqda. Bugungi kunda hududiy ixtisoslashgan tibbiyot markazlarida 379 turdagi yuqori texnologiyali operatsiyalar bajarilmoqda.

Bu esa bemorlarning Toshkentga borish ehtiyojini sezilarli darajada kamaytirdi. Ilgari bemorlarning 80 foizi poytaxtda davolanishga majbur bo‘lgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 15 foizgacha qisqardi.

Shuningdek, davlat tibbiyot muassasalarida robotlashtirilgan texnologiyalar ilk bor joriy etildi. Jumladan, Respublika ixtisoslashgan urologiya markazi va Milliy tibbiyot markazida bu texnologiyalar jarrohlik, diagnostika va davolash jarayonlarida muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda.

Kelgusida MRI, KT va rentgen tasvirlarini sun’iy intellekt orqali avtomatik tahlil qilish, shuningdek, jarrohlik operatsiyalarini virtual simulyatsiya orqali o‘tkazish rejalashtirilgan. Ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishida ham muhim yutuqlarga erishilmoqda.

Masalan, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti olimasi Dildora Muhammadiyeva rahbarligidagi jamoa ko‘krak bezi saratonini ilk bosqichlarda aniqlaydigan sun’iy intellekt dasturini ishlab chiqdi. Bu loyiha ayollar salomatligini himoya qilishda muhim qadam sifatida e’tirof etilmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, sun’iy intellekt texnologiyalari tibbiy jarayonlarni yanada aniqroq va xavfsizroq qilish bilan birga, shifokorlar ishini yengillashtiradi va bemorlarning tiklanish jarayonini tezlashtiradi.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 3 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 3 sentabr
3 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 320 HY231 Frankfurt
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 2 sentabr
2 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32Q HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 1 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 1 sentabr
1 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 01-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 31 avgust
31 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9813 Moskva 05:15
O‘zbekiston00:10, 31-08-2026
Bugungi reyslar jadvali — 30 avgust
30 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9665
O‘zbekiston00:10, 30-08-2026
Bugungi reyslar jadvali — 29 avgust
29 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 29-08-2026