Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+15°
пасмурно ветер 2 м/с, СВ
ENRU

O‘zbekistonda 20-oktyabr “Qutqaruvchilar kuni” bo‘ladi

O‘zbekiston
22
O‘zbekistonda 20-oktyabr “Qutqaruvchilar kuni” bo‘ladi
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi mamlakatimizda Qutqaruvchilar kunini belgilashga oid qonun loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu loyiha sohaning yillar davomida rivojlanishi, o‘ziga xos tarixi va O‘zbekiston Prezidentining favqulodda vaziyatlar tizimini takomillashtirishga qaratilgan hujjatlarini tahlil qilib, 20-oktyabrni “O‘zbekiston Qutqaruvchilar kuni” sifatida belgilashni nazarda tutadi. Mazkur qonun loyihasining asosiy maqsadi qutqaruvchi kasbining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib qilish, shuningdek, ushbu sohada faoliyat yuritayotgan malakali xodimlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Agar loyiha qabul qilinsa, har yili 20-oktyabr kuni mamlakatimizda “Qutqaruvchilar kuni” rasman nishonlanadi. Bu bayram nafaqat iqtisodiyot obyektlaridagi qutqaruv tuzilmalari xodimlari, balki volontyor-qutqaruvchilar tomonidan ham keng miqyosda tantana qilinadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belorus, Ukraina, Armaniston va Koreya Respublikasi kabi davlatlarda ham qutqaruvchilar kasbiga alohida e’tibor qaratilib, kasb bayrami sifatida “Qutqaruvchilar kuni” rasman nishonlanadi. Xalqaro miqyosda esa 1989 yilda BMT tomonidan oktyabr oyining ikkinchi chorshanbasi, 2017 yilda esa 13-oktyabr “Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni” sifatida belgilangan.

Agar mamlakatimizda ushbu qonun kuchga kirsa, qutqaruvchilar kasbiga bo‘lgan hurmat va e’tibor yanada oshadi. Bu esa ularning faoliyatini qadrlash, jamiyatda ularning o‘rni va hissasini kengroq targ‘ib qilish imkonini beradi.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
4 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY337 Jidda 05:10
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
3 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 02:40 767
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
2 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 02-11-2026
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
1 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9665 Nijnevartovsk
O‘zbekiston00:10, 01-11-2026
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
31 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 31-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 30 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 30 oktabr
30 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY421 Deli 02:40 763 HY465 Islamabad 04:00
O‘zbekiston00:10, 30-10-2026