Bugun
Ibrahima Konate Real Madrid taklifini kutmoqda
+19°
пасмурно ветер 1.9 м/с, В

Husanov Eron hujumini to‘xtatib, Shomurodov raqib darvozasiga yo‘l topa oladimi?

Sport
141
Husanov Eron hujumini to‘xtatib, Shomurodov raqib darvozasiga yo‘l topa oladimi?
2026 yilgi jahon chempionatiga chiqish uchun kurashayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 25 mart kuni mintaqaviy saralash turniri uchinchi bosqichidagi sakkizinchi uchrashuvini safarda Eronga qarshi o‘tkazadi.

Bu bahs musobaqa jadvalida jahon chempionatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma beruvchi dastlabki ikki o‘rinni egallab turgan terma jamoalarning o‘zaro to‘qnashuvi hisoblanadi.

Ayni paytda futbol jamoatchiligi uchrashuv oldidan vaziyatni tahlil qilmoqda.

- Eron terma jamoasi qatorasiga to‘rtinchi bor jahon chempionatiga chiqishi uchun O‘zbekiston bilan bo‘ladigan uchrashuvda ularni durang natija ham qoniqtiradi. O‘zbekiston esa, bu bellashuvda g‘olib chiqish orqali ochkolarini 19 taga yetkazib, eronliklarga tenglashib olishi mumkin.

Eron terma jamoasi uchun saralash uchrashuvlari bir maromda o‘tmoqda. Ular turnir davomida faqatgina O‘zbekiston bilan oktyabrdagi uchrashuvda durang o‘ynab, ikki ochko yo‘qotgan xolos.

O‘zbekiston uchun peshqadam maydonidagi g‘alaba ularning ilk bor jahon chempionatiga borish imkoniyatini deyarli hal qilib beradi. Buning uchun ular bahaybat “Ozodiy” stadionidagi bosimni ham yengib o‘tishi lozim, - deb yozmoqda Osiyo futbol konfederatsiyasining rasmiy sayti.

Eron va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi bo‘lajak uchrashuvni tahlil qilayotgan ekspertlar tomonlarni durang natija qoniqtirishiga urg‘u bermoqda.

- Forslar zo‘r sport formasida: ular qatorasiga to‘rtta uchrashuvda zafar quchdi, mag‘lubiyatsiz seriyasi 11 ta o‘yinga yetdi, o‘z maydonidagi oxirgi 15 ta bellashuvdan 13 tasida zafar quchgan. Jamoa hujumkor o‘yin namoyish qilmoqda. So‘nggi to‘rtta bahsda 12 ta gol urgani shundan dalolat beradi.

Bo‘lajak to‘qnashuvda O‘zbekistonga nafaqat mustahkam himoya, balki oldingi chiziqda shijoat ham kerak bo‘ladi. Timur Kapadze shogirdlari jahon chempionatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqish uchun juda yaxshi imkoniyat hosil qilgan.

O‘zbeklar eng yaqin ta’qibchilaridan olti ochko oldindi va agar Eronda mag‘lubiyatga uchramasa, mundialga chiqish imkoniyati ularning qo‘lida qoladi.

Bu terma jamoaning asosiy muammosi – samaradorlik. O‘zbekistonliklar oxirgi oltita uchrashuvda atigi beshta gol urgan xolos. Shunga qaramay, maqtanishga arziydigan ko‘rsatkich ham bor. Ular raqib maydonida oxirgi 13 ta bellashuvdan atigi ikkitasida yutqazgan xolos, sakkiz bor mezmonlarni taslim qilishni uddalagan.

Eron o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida jahon chempionati yo‘llanmasini muddatidan avval qo‘lga kiritish uchun bor kuchini tashlaydi. Lekin O‘zbekiston kurashsiz taslim bo‘ladigan jamoa emas. Mehmonlarning g‘alabasi musobaqa jadvalidagi vaziyatni ostin-ustun qilib tashlaydi. Durang esa, intriga saralash turniri oxirigacha saqlanib qolishini ta’minlaydi, - deb yozmoqda sportandbets.com sayti.

Ayrim ekspertlar bo‘lajak bellashuv natijasiga “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodovning eronliklarning himoya qo‘rg‘onini yorib o‘tish mahorati va “Manchester Siti” yulduzi Abduqodir Husanov boshchiligidagi o‘zbek himoyachilarining raqibning keskin hujumlarini bartaraf etish mahorati katta ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Eron hamda O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘ta muhim uchrashuv 25 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Ibrahima Konate Real Madrid taklifini kutmoqda
Ibrahima Konate Real Madrid taklifini kutmoqda
"Liverpool" jamoasining markaziy himoyachisi Ibrahima Konate "Real Madrid"dan rasmiy taklif olishni kutmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Shu sababli u klub bilan shartnomani
Sport Bugun, 03:27
FIFA yangi yoruglik ofsaydi qoidasi futbolni o‘zgartiradi
FIFA yangi yoruglik ofsaydi qoidasi futbolni o‘zgartiradi
Jahon futbolida yangi davr boshlanmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. FIFA tomonidan taqdim etilgan “yorug‘lik ofsaydi” deb nomlangan yangi qoida futbol o‘yiniga katta o‘zgarishlar olib kelishi
Sport Bugun, 01:04
Tottenham De Zerbi bilan kelishuvga yaqinlashdi
Tottenham De Zerbi bilan kelishuvga yaqinlashdi
Londonning Tottenham futbol klubi o'zining yangi bosh murabbiyi bilan birinchi bosqichdagi kelishuvga erishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Italiyalik mutaxassis Roberto De Zerbi jamoa sari
Sport Kecha, 19:25
Yevropa pley-off finallarining yakuniy juftliklari e'lon qilindi
Yevropa pley-off finallarining yakuniy juftliklari e'lon qilindi
Yevropa futbol ittifoqi 2026-yilda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanma olish uchun kurashayotgan milliy terma jamoalar orasidagi pley-off bosqichi finallarining yakuniy
Sport Kecha, 19:01
Marsel klubi yangi logotipi muxlislar tanqidiga uchradi
Marsel klubi yangi logotipi muxlislar tanqidiga uchradi
Fransiyaning mashhur Olimpik Marsel futbol klubi o'zining brend imidjini yangilash maqsadida logotip dizaynini tubdan o'zgartirishga qaror qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Biroq, bu
Sport Kecha, 18:54
Manchester Yunayted Torresni Zirkze ketganda sotib olishi mumkin
Manchester Yunayted Torresni Zirkze ketganda sotib olishi mumkin
Barselona klubi hujumchisi Ferran Torres kelajakda professional faoliyatini Angliya futbolida davom ettirishi haqida yangi xabarlar taraldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Nufuzli sport jurnalisti
Sport Kecha, 16:05