Javohir Sindorov Nomzodlar turniri jadvalida yetakchilikni saqlab qoldi
O‘zbekistonlik mashhur shaxmatchi Javohir Sindorov Kiprda o‘tkazilayotgan 2026 yilgi Nomzodlar turniri doirasida yuqori natijalarni ko‘rsatmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Turnirning sakkizinchi bosqichida u rossiyalik Andrey Yesipenko bilan o‘yindan durang natijasini qayd etdi. O‘yin 24-yurishdan so‘ng har ikki tomonning kelishuvi bilan yakunlandi.
Hozirgi vaqtda Sindorov sakkizta imkoniyatdan olti yarim ochko to‘plab, turnir jadvalida yetakchi o‘rinni saqlab qolmoqda. U raqiblaridan farqini yanada kengaytirishga muvaffaq bo‘ldi.
Xususan, uning eng yaqin raqibi bo‘lgan amerikalik Fabiano Karuana Hikaru Nakamuraga mag‘lub bo‘lib, Sindorovdan ikki ochko orqada qoldi. Turnirning boshqa kuchli o‘yinchilari, masalan, Anish Giri va Rameshbabu Pragnanandha ham durang qayd etishdi.
Navbatdagi bosqichda Sindorov nemislik Mattias Blyubaumga qarshi kora donalarda maydonga tushadi. Yesipenko bilan bahsdan so‘ng shaxmatchi o‘z strategiyasi haqida gapirib berdi.
U tavakkal qilishdan ko‘ra, ishonchli va sifatli shaxmat o‘ynashni afzal ko‘rishini ta’kidladi. Undan o‘yinda tashabbusni qo‘lga olish uchun piyoda qurbon qilgani haqida so‘ralganda, bu unga kerakli ustunlikni berganini va natija uni mamnun qilganini aytdi.
Shuningdek, u tayyorgarlik jarayonlariga oid ma’lumotlarning tarqalib ketishi borasidagi xavotirlarga ham oydinlik kiritdi. Sindarov bunday holatni katta muammo deb hisoblamas ekan, endilikda yanada ehtiyotkor bo‘lishga harakat qilayotganini bildirdi.
Dunyo shaxmat yulduzlari uning ishtirokiga e’tibor qaratayotgani haqida so‘ralg