Mashhur shoir va yozuvchi Qamchibek Kenja vafot etdi
O‘zbek adabiyoti va madaniyati uchun og‘ir yo‘qotish yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Bugun, 8 aprel kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, fidoyi ustoz, iste’dodli shoir va yozuvchi Qamchibek Kenja 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi rasman xabar berdi.
Marhum ijodkor 1946-yil 15-avgustda Andijon viloyatining Izboskan tumaniga qarashli Gurkurov qishlog‘ida tavallud topgan. U Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini muvaffaqiyatli tamomlab, butun umrini adabiyot va ma’rifat yo‘liga bag‘ishladi.
Qamchibek Kenja o‘zining serqirra ijodi bilan o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos iz qoldirdi. Uning ilk she’riy to‘plami bo‘lgan Sog‘inch kitobi 1975-yilda kitobxonlar tomonidan iliq qarshi olingan edi.
Shuningdek, Yashil barg nomli hikoyalar to‘plami uning nasr sohasidagi yuksak salohiyatini namoyon etdi. Ijodkorning ko‘plab asarlari nashr etildi.
Uning Ko‘ngil ko‘chalari, Ishqing tushsa, Orzumandlar, Notanish gul, Tog‘ yo‘lida bir oqshom, Sohildagi suv parisi, Qizil gullar kabi kitoblari juda mashhur bo‘lgan. Shuningdek, u Sohibjamol ayol siri, Kulgibaxsh umr, Boburiylardan biri, Baxt qushi yoki ushalgan orzular, Xamir uchidan patir yoxud kulcha hikoyalar va Saylanma kabi asarlari bilan ham o‘quvchilarga tanish bo‘ldi.
Uning asarlari orqali inson ruhiyati, muhabbat, orzu-umid va hayot falsafasi chuqur va ta’sirchan tarzda yoritildi. Ijodkor nafaqat adabiyot olami, balki yosh avlod tarbiyasiga qo‘shgan katta hissasi bilan ham alohida e’tirof etilgan edi.
Qamchibek Kenja o‘zining samarali ijodi, samimiy qalami va xalqchil asarlari bilan kitobxonlar qalbidan chuqur joy olgan ziyoli sifatida yodda qoladi. Marhumning yaqinlariga, do‘stlari va mux