Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+12°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Gvardiola ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi

Sport
43
Gvardiola ikki o'yinga diskvalifikatsiya qilindi
"Manchester Siti" jamoasining bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya kubogi doirasida "Nyukasl"ga qarshi o‘yinda hakamlar bilan kelishmovchilikka tushib qolgani uchun ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

"Sent-Jeyms Park" stadionida o‘tgan uchrashuvda Gvardiola "Nyukasl" himoyachisi Kiran Trippyerning "Manchester Siti" hujumchisi Jeremi Dokuga nisbatan qo‘pol harakatidan norozi bo‘lib, zaxira hakami bilan bahslashdi. Bu holatdan so‘ng bosh hakam Gvardiolaga sariq kartochka ko‘rsatdi.

Bu joriy mavsumdagi oltinchi ogohlantirish bo‘lib, qoidalarga ko‘ra murabbiy ikki o‘yinga chetlatiladi. Ushbu jazo Premier-liga va Angliya kubogi uchrashuvlariga tatbiq etiladi.

Shu sababli, Gvardiola "Vest Xem"ga qarshi chempionat o‘yini va Angliya kubogi chorak finalida jamoasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri maydon chetidan boshqara olmaydi. Biroq, 22 mart kuni bo‘lib o‘tadigan Liga kubogi finalida u o‘z o‘rnida bo‘lishi mumkin, chunki diskvalifikatsiya ichki kubok finaliga ta’sir qilmaydi.

Gvardiola bu holatni hazilomuz qabul qilib, "Manchester Siti" bilan barcha rekordlarni yangilaganini va endilikda murabbiylar orasida eng ko‘p sariq kartochka olgan mutaxassisga aylanganini aytdi. "Men barcha rekordlarni xohlayman va bunga ham erishdim.

Endi ikki o‘yin davomida dam olaman", — dedi u. Shuningdek, Gvardiola o‘z futbolchilarini har qanday vaziyatda himoya qilishda davom etishini va hakamlarning ba’zi qarorlarini tushunish qiyinligini ta’kidladi.

Manba: One.uz.

O‘xshash yangiliklar

«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turidan o‘rin olgan "Milan" hamda "Bolonya" jamoalari o‘rtasidagi bahs 28-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da start oladi. Bu haqda
Sport01:24, 29-10-2026
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati chiptalarini sotish orqali kutilganidan ancha yuqori mablag‘ ishlab topib, tarixiy rekord o‘rnatdi. Bu haqda One.uz
Sport00:56, 29-10-2026
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turida "Venetsiya" hamda "Inter" jamoalari o‘zaro bahs olib boradilar. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport00:55, 29-10-2026
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
UFC olamida yengil vazn toifasi chempioni Islom Maxachev va braziliyalik istiqbolli jangchi Karlos Prates o‘rtasida kutilmagan dahanaki jang yuzaga keldi. Rossiyalik
Sport00:32, 29-10-2026
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining shaxmat poytaxti hisoblangan Sent-Luis shahrida nufuzli Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turniri start oldi. O‘zbekistonlik yosh
Sport00:15, 29-10-2026
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
Italiya chempionatining navbatdagi turida Genuya shahrining Genuya jamoasi o‘z maydonida Turinning Yuventus klubini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport23:53, 28-10-2026