Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, С
ENRU

Foxconn zavodi iPhone 17 ishlab chiqarishni oshirmoqda

Texnologiya
59
Foxconn zavodi iPhone 17 ishlab chiqarishni oshirmoqda
Apple kompaniyasining yangi avlod smartfonlari – iPhone 17 seriyasi jahon bozoriga chiqarilmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu jarayonda Xitoyning ishlab chiqarish quvvati muhim rol o‘ynamoqda. Mahalliy Sinxua agentligi xabariga ko‘ra, Chjenchjou shahridagi Foxconn zavodi iPhone yig‘ishning asosiy markazi hisoblanadi.

Bu zavod dunyodagi eng yirik ishlab chiqarish maydonlaridan biri bo‘lib, Xitoyning elektron sanoatidagi o‘rnini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega. Hozirda zavod to‘liq quvvat bilan faoliyat yuritmoqda.

Korxona rahbariyatining ta’kidlashicha, jahon bozoridagi talabni qondirish maqsadida ishchi kuchini oshirish ishlari olib borilmoqda. Zavod ishga qabul qilish markazi oldida har kuni minglab nomzodlar navbatda turibdi.

Foxconn kadrlar bo‘limi rahbari ixborotiga ko‘ra, iyul oxiridan buyon har kuni minglab ishchilar ishga qabul qilinmoqda va bu jarayon sentyabr oxirigacha davom etishi kutilmoqda. Zavodda o‘n minglab vaqtinchalik ishchilar yig‘ish, sifat nazorati va qadoqlash kabi jarayonlarda faol qatnashadi.

Mahalliy ishchilardan biri, Xenan provinsiyasidan bo‘lgan Chjao Yanxuey, uch oy davomida o‘z va turmush o‘rtog‘ining 40 ming yuandan ortiq daromad olishini aytdi. Bu mintaqadagi o‘rtacha maoshdan ancha yuqori hisoblanadi.

Shuningdek, Chjenchjou shahri xalqaro transport markaziga aylangan. Bu yerda sakkizta yirik havo yo‘nalishi faoliyat yuritadi va Yevropa, Amerika hamda Osiyoning 24 mamlakati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatilgan.

Yangilangan iPhone seriyasi mahsulotlari butun dunyo bo‘ylab havo, temir yo‘l va avtomobil transporti orqali yetkazib beriladi.

O‘xshash yangiliklar

Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
Apple kompaniyasining buklanadigan iPhone Duo smartfonlarida ekran bilan bog'liq muammolar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Foydalanuvchilar qurilmadan
Texnologiya18:36, 25-10-2026