Bugun
Real himoyachisi diskvalifikatsiyani bekor qila olmadi
+21°
ясно ветер 5.1 м/с, С

Kosmin Olariu - so'nggi yangiliklar

Kosmin Olariu ertangi O‘zbekistonga qarshi o‘yin haqida nimalar dedi?
Kosmin Olariu ertangi O‘zbekistonga qarshi o‘yin haqida nimalar dedi?
JCH 3-saralash bosqichi 9-turidan o‘rin olgan BAA - O‘zbekiston bahsidan oldin matbuot anjumani tashkil etildi. Uning birinchi qismida mezbonlar ustozi Kosmin Olariu hamda darvozabon Holid Eysa ishtirok etdi. "Barchaga xayrli kech. Shu yerda bo‘lishim menga sharaf. Ishonamanki, mehnatim orqali ushbu jamoaga katta yutuqqa erishishga yordam bera olaman. Bu oson bo‘lmasligi aniq, ammo biz barchasiga tayyormiz. Ertaga juda qiyin o‘yin bo‘ladi. O‘zbekiston guruhdagi eng yaxshi jamoalardan biri. Ular juda tartibli va balans futbol namoyish etishmoqda. Biz so‘nggi bir hafta davomida imkon qadar yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga harakat qildik. Endi esa yigitlarni to‘g‘ri yo‘naltirish va motivatsiya berishimiz kerak. Katta o‘yin va katta jang. Biz o‘zimizning imkoniyatimizga ishonamiz. Bor kuchimiz bilan kurashamiz", - deya fikr bildirdi Kosmin Olariu ertangi bahs oldidan. "Oson o‘yin bo‘lmasligi aniq. Hozir bizda Kosmin Olariu kabi tajribali murabbiy bor. Ushbu inson 10 yildan buyon BAAda ishlab kelmoqda. Ertaga muvaffaqiyatli natijaga erishish uchun borimizni beramiz", - dedi Xolid Eysa. - BAA terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi birinchi matbuot anjumaningiz. Tayyorgarlik qanday o‘tdi? Umumiy kutilmalar qanday? - Jamoada bosh murabbiy almashganida ko‘p narsa o‘zgarishi aniq. Men terma jamoadagi futbolchilarni ko‘p yillardan beri taniyman. Bunday qisqa vaqt ichida katta o‘zgarishlar qilish qiyin. So‘nggi bir hafta davomida biz tayyorgarlik olib bordik. Futbolchilarda ishtiyoq juda yuqori, ayrim vaziyatlarda men ularga tinchlanish kerakligi haqida ham aytdim. Bu yaxshi xislat deb o‘ylayman. - O‘zbekiston bilan o‘yindan nimalarni kutmoqdasiz? Xolid Eysa:- Ochig‘ini aytsam, biz Kosmin Olariu bilan ishlashdan xursandmiz. U juda tajribali va katta nomga ega inson. Men 15 yildan beri terma jamoa sharafini himioya qilayapman va klublarda o‘ynab kelmoqdaman. U kuchli ruhiyatga ega. Bunday xislatlarga ega murabbiyni ko‘rmaganman. Olariu kabi qisqa vaqt ichida kerakli natijaga erisha oladigan murabbiy deyarli yo‘q. Olariu qo‘l ostida muvaffaqiyatga erishamiz degan umiddaman. - BAA bosh murabbiyi sifatidagi dastlabki uchrashuvingiz yaqin. BAA 35 yildan so‘ng yana mundialga qaytmoqchi. Hozirgi holat haqida nimalar deya olasiz? Jamoa ikki qismli tayyorgarlik jarayonini o‘tkazdi... - Tilaklar uchun rahmat. Bir narsani tushuning, men o‘zim jamoamning kichik bir qismiman, xolos. Men o‘zimdagi bor imkoniyatni ishga solishim kerak, sababi jamoadagi futbolchilarning maqsadi bor. Agar ushbu tarkib mundialga chiqsa, faoliyatida ham katta o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Muxlislar ham buni kutishmoqda. Biz oson bo‘lmasligini bilamiz. Hozir O‘zbekiston terma jamoasi Osiyodagi eng kuchli terma jamoalardan biri. Men faoliyatim davomida bizdan kuchliroq bo‘lgan jamoalarga qarshi ko‘p marotaba to‘qnash kelganman. - Muxlislar terma jamoaga juda ishonishmoqda. Ularga nimalar deya olasiz? - Biz mundialga chiqishga har qachongidan yaqinmiz deb o‘ylayman. Hozir butun millat bunga ishonmoqda. Biz o‘z yurishimizda davom etishimiz kerak, xolos. Juda ko‘plab uchrashuvlarda biz raqibdan yaxshiroq bo‘lgan edik, ammo natija har doim ham biz kutgandek bo‘lmagandi. Biz barchamiz Jahon chempionatiga chiqishni xoxlaymiz. Bu bizning orzuimiz. Orzumizga erishish uchun navbatdagi besh kunda birlashishimiz kerak. - Sizning avvalgi jamoangiz "Sharja" edi. Endi aksariyat futbolchilar shu jamoadan jalb etiladimi? - Qaysi futbolchi? Men uchun "Sharja" yoki "Al Ayn" yoki boshqa bir jamoadan, umuman farqi yo‘q. "Sharja"dagi futbolchilar so‘nggi mavsumlarda mening qo‘lim ostida o‘ynashgan, ammo bu terma jamoa. Terma jamoaga loyiq va munosib futbolchilar asosiy tarkibdan joy olishadi. "Sharja"dagi futbolchilar esa mening ko‘rsatmalarimni yaxshiroq tushunishadi. Farqi shunda, xolos. Men BAAdagi eng yaxshi futbolchilarni yig‘ishim kerak, ular qaysi jamoadan kelishining farqi yo‘q.
Sport 20:23, 4-06-2025
Kosmin Olariu O‘zbekistonga qarshi tarkibda qanday yangilik qilmoqda?
Kosmin Olariu O‘zbekistonga qarshi tarkibda qanday yangilik qilmoqda?
2026 yilgi Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasidagi 9-tur uchrashuvida BAA hamda O‘zbekiston terma jamoalari 5 iyun kuni Abu-Dabida to‘qnash keladi. Mazkur bahs har ikki jamoa uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. BAA termasi uchun faqat g‘alaba muhim bo‘lsa, O‘zbekistonni jahon chempionatiga olib chiqishi mumkin bo‘lgan natija — durang ham bo‘lishi mumkin. Mazkur bellashuv arafasida BAA terma jamoasining ruminyalik bosh murabbiyi Kosmin Olariu start tarkibda bir qator o‘zgarishlarga borishi kutilmoqda. Arab tahlilchilari uning tuzadigan ehtimoliy asosiy tarkibini e’lon qildi. Yangi reja: tajriba va iqtidor uyg‘unligi Olariu asosiy tarkibda mo‘tadil tajribali va yosh iqtidorli o‘yinchilarni uyg‘unlashtirishga urinayotgani aytilmoqda. Muxlislar va ekspertlar ayniqsa, 32 yoshli markaziy yarim himoyachi Majed Hassanning jamoa markazida hal qiluvchi rol o‘ynashi kutilmoqda. Taxmin qilinayotgan tarkib quyidagicha: • Darvozabon: Xolid Eysa — tajribali posbon jamoaning so‘nggi chizig‘ida yana asosiy vazifani bajaradi. • Himoyachilar: Xalifa Al Hammadiy, Lukas Pimenta, Xolid Al Dananiy va Alaa Eldin Zuhayr — jamoaning to‘rtlik mudofaa chizig‘ini tashkil qiladi. Ulardan Pimenta va Al Dananiy o‘yindagi keskinlikni ushlab turishi talab qilinadi. • Yarim himoya: Majed Hassan, Yahyo Nadir, Abdulloh Ramadan — bu uchlik jamoaning harakat tezligi va to‘p nazoratini ta’minlashi kutilmoqda. Maxsus e’tibor markazidagi figura — Majed Hassan. • Hujum: Ali Solih, Luan Pereyra va Kayo Lukas — hujum chizig‘idagi ushbu trio raqib himoyasini bosim ostida ushlab turishi mumkin. Skameykadagi imkoniyatlar Kosmin Olariu asosiy tarkibdan tashqari bir qator yuqori potensialga ega zaxira o‘yinchilarni ham o‘zi bilan olib chiqqan. Ular orasida Sasha Ivkovich, Kuame Kuadio, Markus Meloni, Yahyo Al G‘assoniy, Harib Abdulloh va Fabio Lima kabi futbolchilar bor. Agar o‘yin jarayonida hujumni kuchaytirish yoki o‘yin uslubini o‘zgartirish zarurati tug‘ilsa, aynan shu futbolchilarning harakatlari hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin. Xulosa: BAA maksimal resursini ishga solmoqda O‘zbekistonga qarshi muhim uchrashuv arafasida BAA termasi murabbiylar shtabi tarkibdagi barcha imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazmoqda. Kosmin Olariuning strategik qarorlari va Majed Hassan kabi tajribali o‘yinchilarning o‘yini bu bellashuvning taqdirini hal qilishi mumkin. 5 iyun kuni “Al-Nahayyon” stadionida bo‘lib o‘tadigan to‘qnashuv nafaqat ochkolar, balki tarixga yo‘llanma uchun ham kurash bo‘ladi. Shu bois har bir futbolchi maydonda maksimal kuch bilan harakat qilishi turgan gap.
Sport 14:07, 4-06-2025
Kosmin Olariu — BAA termasini qutqaradigan mutaxassismi?
Kosmin Olariu — BAA termasini qutqaradigan mutaxassismi?
Jahon chempionati–2026 saralash bosqichi doirasidagi so‘nggi natijalardan so‘ng BAA terma jamoasida katta o‘zgarishlar boshlandi. KXDRga qarshi uchrashuvdan keyin bosh murabbiy Paulu Bentu iste’foga chiqdi va hozirda jamoa rasman bosh murabbiysiz qolgan. Biroq turli mahalliy va xalqaro manbalarga ko‘ra, yaqin soatlarda BAA futbol federatsiyasi yangi murabbiyni e’lon qilishi kutilmoqda. Gap ruminiyalik mutaxassis — Kosmin Olariu haqida ketmoqda. Kosmin Olariu — arab futbolida tajribali figura 55 yoshli Olariu arab futboliga begona emas. U faoliyati davomida quyidagi jamoalarda ishlagan: Saudiya Arabistoni terma jamoasi “Al Hilol”, “Al Ayn”, “Shabab Al Ahli” Hozirda — BAAning “Sharja” klubi bosh murabbiyi Aniqlanishicha, uning Bosh murabbiy etib tayinlanishi ortidan Sharja klubi bilan shartnomani uzish masalasi ham hal etilmoqda. BAA termasi holati: bosqichlar va raqiblar JCH–2026 saralashining "A" guruhida BAA hozircha 8 o‘yindan so‘ng 13 ochko to‘plagan holda 3-o‘rinda bormoqda. Jamoa uchun navbatdagi hal qiluvchi uchrashuvlar: 5 iyun — O‘zbekistonga qarshi o‘z maydonida. So‘nggi tur — Qirg‘iz Respublikasiga safar. Ushbu bahslar jamoaning keyingi bosqichga chiqish yoki chetda qolish taqdirini hal qilishi mumkin.
Sport 17:46, 17-04-2025

Ko'p o'qilgan yangiliklar

Toshkentda 15-19 sentyabrda issiq suv uziladi
Toshkentda 15-19 sentyabrda issiq suv uziladi
2025 yil 15 dan 19 sentyabrga qadar Toshkent shahrining sakkiz tumani ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda Kursiv.media xabar berdi. Issiq suv uzilishi Veolia Energy Tashkent kompaniyasi tomonidan qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan profilaktika ishlari bilan bog‘liqdir. Issiq suv ta’minoti uziladigan hududlar quyidagilardan iborat: Yashnobod tumani, jumladan Qorasuv, Beshariq, Birlashgan, Elbek, Asalobod, Quruvchilar, Uysizlar, Parkent, Chulpon, Alimkent ko‘chalari, shuningdek Tuzel-1 dan 4 gacha bo‘lgan massivlar, Uysizlar-1, Asalobod-1 va 2 massivlari hamda Aviasozlar shaharchasi. Mirobod, Yunusobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida Amir Temur va Mustaqillik prospektlari, Sharof Rashidov, Navoiy, Bobur, Glinka, Shota Rustaveli, Bogiboston va Arnasoy ko‘chalari hamda boshqa ayrim hududlarda issiq suv berilishi to‘xtaydi. Chilonzor tumanida Katta Chilonzor, Muqimi, Seul va Choponota ko‘chalari hamda Ts-1, 2, 4, 5, 7, Oqtepa, Chilonzor (1-5, 7, E, I), Qushbegi, Boshliq va Uchuvchilar shaharchalari issiq suv ta’minotidan uziladi. Shuningdek, Sergeli va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim hududlarida ham issiq suv uzilishi kuzatiladi. Fuqarolardan ushbu vaqt davomida suvdan oqilona foydalanishlari va zarur ehtiyot choralarini ko‘rishlari so‘raladi. Profilaktika ishlari tugagach, issiq suv ta’minoti tiklanadi. Manba: Kursiv.media
Oʻzbekiston 06:19, 15-09-2025
Toshkentda yangi 177-sonli avtobus yo‘nalishi ishga tushdi
Toshkentda yangi 177-sonli avtobus yo‘nalishi ishga tushdi
Toshkent shahrida va viloyatida transport xizmatlarini yaxshilash maqsadida yangi 177-sonli avtobus yo‘nalishi ishga tushirildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu yo‘nalish yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va infratuzilmani rivojlantirish doirasida tashkil etilgan. 2025 yil 16 sentyabrdan boshlab yo‘lovchilar uchun xizmat ko‘rsatadigan ushbu marshrut Toshkent viloyatining Iftixor mahallasidan boshlanib, poytaxt markazidagi Chorsu metro bekatigacha qatnaydi. Bu yangi yo‘nalish viloyat aholisi uchun shahar markaziga qulay va tez yetib borish imkonini yaratadi. Yo‘nalishda jami sakkizta zamonaviy avtobus harakat qiladi. Ular King Long XMQ 6900EGW rusumidagi o‘rta sig‘imli, uzunligi 9,5 metr bo‘lgan transport vositalari bo‘lib, yuqori sifat va xavfsizlik talablariga javob beradi. Avtobuslar har kuni soat 05:30 dan 23:17 gacha qatnovni amalga oshiradi. Bu esa yo‘lovchilarga ertalabdan kechgacha muntazam va ishonchli transport xizmatidan foydalanish imkonini beradi. Yangi yo‘nalish ishga tushirilishi bilan viloyatdan poytaxtga keladiganlar uchun transportda katta qulaylik va vaqt tejash ta’minlanadi. Shu bilan birga, yo‘l harakati xavfsizligi oshiriladi va shahardagi transport tizimi samaradorligi yaxshilanadi. Ushbu ma’lumotlar zamin.uz sayti orqali tasdiqlangan.
Oʻzbekiston 13:48, 16-09-2025
Hande Erchel va Hakan Sabanji o‘z munosabatlari haqida gapirib berishdi
Hande Erchel va Hakan Sabanji o‘z munosabatlari haqida gapirib berishdi
Mashhur turk aktrisasi Hande Erchel va tadbirkor Hakan Sabanji o‘rtasidagi munosabatlarga doir so‘nggi paytlarda ko‘plab mish-mishlar tarqalmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Ayniqsa, juftlikning ajrashgani haqidagi xabarlar muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Gel Konuşalım dasturida ilk bor gapirgan Hakan Sabanji esa ularning munosabatlariga oid da’volarga o‘z munosabatini bildirdi. U shaxsiy hayoti haqida keng gapirishni istamagan bo‘lsa-da, ayrim gap-so‘zlarga aniqlik kiritdi. Hakan Sabanji ajralish masalasini muhokama qilishni istamasligini, chunki bu ularning shaxsiy hayotiga taalluqli ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, u xiyonat haqidagi mish-mishlar mutlaqo asossizligini bildirdi. Oldinroq Hande Erchel ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasidan Sabanji bilan tushgan barcha suratlarini o‘chirib tashlagan edi. Bu esa turk matbuotida ularning ajralgani haqidagi xabarlarga asos bo‘ldi. Mashhur jurnalist Birsen Altuntash juftlik orasida jiddiy kelishmovchilik borligini ta’kidlagan, ammo rasmiy ajrim hali sodir bo‘lmaganini ma’lum qilgan. Shunga qaramay, Hande va Hakan hanuz bir-birlariga ijtimoiy tarmoqlarda obuna bo‘lib qolishgan. Muxlislarning bir qismi ularning munosabatlari qayta tiklanishiga umid bildirsa, boshqalar esa bu jarayon shunchaki ommaviy axborot vositalari uchun reklama bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Madaniyat 15:58, 14-09-2025
Vengriyada qabr qazish bo‘yicha chempionat o‘tdi
Vengriyada qabr qazish bo‘yicha chempionat o‘tdi
Vengriyaning Seksard shahrida noodatiy va qiziqarli voqea – qabr qazish bo‘yicha 18-xalqaro chempionat bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Ushbu musobaqa mamlakatning Qabr qazuvchilar uyushmasi tomonidan aniq reja va tartib asosida tashkil etildi. Tadbir kasb sohasi nufuzini oshirishga xizmat qildi. Musobaqada ishtirokchilar ikki kishilik jamoalar shaklida qatnashdi. Ularga ikki soat vaqt berildi. Shu vaqt ichida har bir jamoa 200x80 santimetr o‘lchamda va 160 santimetr chuqurlikda qabr qazishi kerak edi. Ushbu qoidalar ishtirokchilardan nafaqat mahorat, balki diqqat va tezkorlikni ham talab qildi. Chempionat yakunida Parakletosz Nonprofit jamoasi g‘olib deb topildi. Bu jamoa ketma-ket ikkinchi yil chempionlikni qo‘lga kiritdi, bu ularning puxta tayyorgarligi va kasbiy darajasining yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, bunday musobaqalar kasb nufuzini oshirish bilan birga, yosh avlodni professional mutaxassislar bilan yaqindan tanishtiradi. Shuningdek, ishtirokchilarga jamoaviy hamkorlik va sog‘lom raqobat muhitida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Bu tadbirlar kasbiy malakani oshirish va sohani yanada rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega.
Dunyo 18:39, 13-09-2025
London ko‘chalarida 1,5 millionlik namoyish bo‘lib o‘tdi
London ko‘chalarida 1,5 millionlik namoyish bo‘lib o‘tdi
London shahrida tarixdagi eng yirik namoyishlardan biri bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, taxminan 1,5 million kishi «Qirollikni birlashtir» shiori ostida ko‘chalarga chiqdi. Ushbu katta aksiya Temza daryosining janubiy sohilida joylashgan Sazerk tumanida boshlandi. Namoyishchilar poytaxt markaziga yo‘nalib, Uaytholl hukumat binosi tomon harakat qilishdi. Ular Vestminster ko‘prigidan o‘tib, asosiy yig‘ilish joyi bo‘lgan bosh vazir Kir Starmerning qarorgohi oldidagi ko‘chada to‘plandi. Tashkilotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu yirik harakatni English Defence League harakati asoschisi Tommi Robinson uyushtirgan. London ko‘chalarida yig‘ilgan odamlar turli plakatlar, shiorlar va da’vatlar bilan chiqish qildi. Kuzatuvchilar ta’kidlashicha, bu namoyish Buyuk Britaniyaning siyosiy jarayonlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, namoyish nafaqat ishtirokchilar soni bilan, balki uyushganligi va siyosiy rang-barangligi bilan ham tarixiy voqea sifatida e’tirof etildi. Bu harakat mamlakatdagi siyosiy muhitda yangi davr boshlanishiga sabab bo‘lishi kutilmoqda. London aholisi tomonidan keng qo‘llab-quvvatlangan ushbu namoyish siyosiy faollik va birlashishning yorqin namunasi bo‘ldi.
Dunyo 20:39, 13-09-2025
Yashnobod va Mirobodda issiq suv uzilishi bo‘ladi
Yashnobod va Mirobodda issiq suv uzilishi bo‘ladi
Hurmatli Yashnobod, Mirobod, Yakkasaroy, Chilonzor, Yunusobod, Shayxontohur, Sergeli va Mirzo Ulug‘bek tumanlari aholisiga ma’lumot. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. “Veolia Energy Tashkent” MCHJ tomonidan o‘tkaziladigan profilaktika va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari sababli 15 sentyabrdan 19 sentyabrgacha ayrim hududlarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Ushbu ishlar tizimni qishki mavsumga tayyorlash, texnik holatini yaxshilash va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Issiq suv ta’minoti to‘xtatiladigan hududlar qatoriga Qorasuv, Beshariq, Birlashgan, Elbek, Asalobod, Quruvchilar, Uysizlar, Parkent, Cho‘lpon va Alimkent ko‘chalari kiradi. Shuningdek, Tuzel–1 va 4, Uysizlar–1, Asalobod–1,2, Aviasozlar shaharchasi (1, 1A, 2, 3, 4) massivlari ham ta’sirlanadi. Bundan tashqari, Amir Temur, Mustaqillik shoh, Sharof Rashidov, Navoiy, Bobur, Shota Rustaveli, Katta Chilonzor, Muqimiy, Seul, Nurafshon, Afrosiyob va boshqa ko‘chalarda ham issiq suv ta’minoti vaqtincha uziladi. Shu bilan birga, Ts–1, 2, 4, 5, 7, Oqtepa, Chilonzor (1–5, 7, E, I), Qushbegi va Uchuvchilar shaharchasi hududlari ham ta’sirda bo‘ladi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, ushbu profilaktika ishlari tizim barqarorligini ta’minlash, xizmat sifatini oshirish va kelgusi qish mavsumida aholiga uzluksiz xizmat ko‘rsatish uchun muhimdir. Fuqarolardan vaziyatni tushunib, sabr bilan intizor bo‘lishlari so‘raladi. Ma’lumot manbai: veolia.uz.
Oʻzbekiston 21:32, 14-09-2025
Ozarbayjonda qarindoshlar nikohi taqiqlandi, to‘ylar kamaydi
Ozarbayjonda qarindoshlar nikohi taqiqlandi, to‘ylar kamaydi
Ozarbayjonda 2025 yil iyul oyidan boshlab qarindoshlar nikohi qonun bilan taqiqlanganidan so‘ng to‘ylar soni sezilarli darajada kamaydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Masalan, iyun oyida 5 mingdan ortiq nikoh qayd etilgan bo‘lsa, iyul oyida bu ko‘rsatkich 2 694 taga tushdi. Mutaxassislar bu o‘zgarishlarni yaqindan qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarni taqiqlovchi qonunning kuchga kirishi bilan bog‘lamoqda. Qonunga ko‘ra, umumiy bobosi yoki buvasi bo‘lgan aka-uka va opa-singil farzandlari, shuningdek, biologik qarindosh bo‘lgan amakivachchalar va xolavachchalar o‘rtasida nikoh to‘liq man etilgan. Ushbu qonunning asosiy maqsadi genetik nuqsonlar bilan tug‘iladigan bolalar sonini kamaytirish va sog‘lom avlodni ta’minlashdir. Tibbiyot mutaxassislari ta’kidlaganidek, qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar ko‘pincha irsiy kasalliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi, bu esa kelajak avlod sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ozarbayjon Adliya vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvaridan iyuligacha mamlakatda 12 146 ta ajrim holati qayd etilgan, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan biroz kamaygan. Har 1000 kishi hisobiga ajrimlar darajasi 2,1 dan 2,0 ga tushgan. Yangi qonunga muvofiq, nikoh tuzish uchun ariza berayotgan shaxslar qarindoshlik darajasini aniqlash maqsadida tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma hamda ota-onalarining hujjatlarini taqdim etishlari shart. Agar qonun buzilishi aniqlansa, bunday holatlar uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik belgilanadi. Ushbu qoidalar sog‘lom va barqaror jamiyat qurishga xizmat qiladi.
Dunyo 23:46, 15-09-2025
Lamin Yamal sentyabr oyining oxirida maydonga qaytadi.
Lamin Yamal sentyabr oyining oxirida maydonga qaytadi.
Barcelona jamoasining qanot hujumchisi Lamin Yamal hanuzgacha old tizza suyagi bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi. Klubning tibbiy shtabi uning holatini diqqat bilan nazorat qilmoqda va 18 yoshli futbolchining maydonga tezda qaytishini majburlash niyatida emas. Mundo Deportivo nashrining ma’lumot berishicha, Yamal 18 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasining Newcastle jamoasiga qarshi o‘yinda ishtirok eta olmaydi. Bundan tashqari, 21 sentyabrda Hetafe va 25 sentyabrda Real Oviedo jamoalariga qarshi o‘yinlarda ham uning maydonga tushishi shubhali hisoblanadi. Eng real variant sifatida, Lamin 28 sentyabrda Real Sosiedadga qarshi o‘yinda biroz maydonga chiqib, 1 oktabrda bo‘ladigan Parij Sen-Jermen bilan o‘yinga to‘liq tayyor bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda. Chempionlar ligasidagi PSGga qarshi o‘yin Yamal uchun tiklanish jarayonidagi asosiy maqsad hisoblanadi. Klub mutaxassislari futbolchining sog‘lig‘ini birinchi o‘ringa qo‘yib, uning sog‘lom holatda maydonga qaytishini ta’minlashga harakat qilmoqda.
Sport 00:36, 17-09-2025