Bugun
Toshkentda jinoyatlarni yashirish holatlari keng tekshirildi
+14°
пасмурно ветер 1.3 м/с, СЗ

Kosmin Olariu ertangi O‘zbekistonga qarshi o‘yin haqida nimalar dedi?

Sport
52
Kosmin Olariu ertangi O‘zbekistonga qarshi o‘yin haqida nimalar dedi?
JCH 3-saralash bosqichi 9-turidan o‘rin olgan BAA - O‘zbekiston bahsidan oldin matbuot anjumani tashkil etildi. Uning birinchi qismida mezbonlar ustozi Kosmin Olariu hamda darvozabon Holid Eysa ishtirok etdi.

"Barchaga xayrli kech. Shu yerda bo‘lishim menga sharaf. Ishonamanki, mehnatim orqali ushbu jamoaga katta yutuqqa erishishga yordam bera olaman. Bu oson bo‘lmasligi aniq, ammo biz barchasiga tayyormiz. Ertaga juda qiyin o‘yin bo‘ladi. O‘zbekiston guruhdagi eng yaxshi jamoalardan biri. Ular juda tartibli va balans futbol namoyish etishmoqda. Biz so‘nggi bir hafta davomida imkon qadar yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga harakat qildik. Endi esa yigitlarni to‘g‘ri yo‘naltirish va motivatsiya berishimiz kerak. Katta o‘yin va katta jang. Biz o‘zimizning imkoniyatimizga ishonamiz. Bor kuchimiz bilan kurashamiz", - deya fikr bildirdi Kosmin Olariu ertangi bahs oldidan.

"Oson o‘yin bo‘lmasligi aniq. Hozir bizda Kosmin Olariu kabi tajribali murabbiy bor. Ushbu inson 10 yildan buyon BAAda ishlab kelmoqda. Ertaga muvaffaqiyatli natijaga erishish uchun borimizni beramiz", - dedi Xolid Eysa.

- BAA terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi birinchi matbuot anjumaningiz. Tayyorgarlik qanday o‘tdi? Umumiy kutilmalar qanday?
- Jamoada bosh murabbiy almashganida ko‘p narsa o‘zgarishi aniq. Men terma jamoadagi futbolchilarni ko‘p yillardan beri taniyman. Bunday qisqa vaqt ichida katta o‘zgarishlar qilish qiyin. So‘nggi bir hafta davomida biz tayyorgarlik olib bordik. Futbolchilarda ishtiyoq juda yuqori, ayrim vaziyatlarda men ularga tinchlanish kerakligi haqida ham aytdim. Bu yaxshi xislat deb o‘ylayman.

- O‘zbekiston bilan o‘yindan nimalarni kutmoqdasiz?

Xolid Eysa:- Ochig‘ini aytsam, biz Kosmin Olariu bilan ishlashdan xursandmiz. U juda tajribali va katta nomga ega inson. Men 15 yildan beri terma jamoa sharafini himioya qilayapman va klublarda o‘ynab kelmoqdaman. U kuchli ruhiyatga ega. Bunday xislatlarga ega murabbiyni ko‘rmaganman. Olariu kabi qisqa vaqt ichida kerakli natijaga erisha oladigan murabbiy deyarli yo‘q. Olariu qo‘l ostida muvaffaqiyatga erishamiz degan umiddaman.

- BAA bosh murabbiyi sifatidagi dastlabki uchrashuvingiz yaqin. BAA 35 yildan so‘ng yana mundialga qaytmoqchi. Hozirgi holat haqida nimalar deya olasiz? Jamoa ikki qismli tayyorgarlik jarayonini o‘tkazdi...
- Tilaklar uchun rahmat. Bir narsani tushuning, men o‘zim jamoamning kichik bir qismiman, xolos. Men o‘zimdagi bor imkoniyatni ishga solishim kerak, sababi jamoadagi futbolchilarning maqsadi bor. Agar ushbu tarkib mundialga chiqsa, faoliyatida ham katta o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Muxlislar ham buni kutishmoqda. Biz oson bo‘lmasligini bilamiz. Hozir O‘zbekiston terma jamoasi Osiyodagi eng kuchli terma jamoalardan biri. Men faoliyatim davomida bizdan kuchliroq bo‘lgan jamoalarga qarshi ko‘p marotaba to‘qnash kelganman.

- Muxlislar terma jamoaga juda ishonishmoqda. Ularga nimalar deya olasiz?
- Biz mundialga chiqishga har qachongidan yaqinmiz deb o‘ylayman. Hozir butun millat bunga ishonmoqda. Biz o‘z yurishimizda davom etishimiz kerak, xolos. Juda ko‘plab uchrashuvlarda biz raqibdan yaxshiroq bo‘lgan edik, ammo natija har doim ham biz kutgandek bo‘lmagandi. Biz barchamiz Jahon chempionatiga chiqishni xoxlaymiz. Bu bizning orzuimiz. Orzumizga erishish uchun navbatdagi besh kunda birlashishimiz kerak.

- Sizning avvalgi jamoangiz "Sharja" edi. Endi aksariyat futbolchilar shu jamoadan jalb etiladimi?
- Qaysi futbolchi? Men uchun "Sharja" yoki "Al Ayn" yoki boshqa bir jamoadan, umuman farqi yo‘q. "Sharja"dagi futbolchilar so‘nggi mavsumlarda mening qo‘lim ostida o‘ynashgan, ammo bu terma jamoa. Terma jamoaga loyiq va munosib futbolchilar asosiy tarkibdan joy olishadi. "Sharja"dagi futbolchilar esa mening ko‘rsatmalarimni yaxshiroq tushunishadi. Farqi shunda, xolos. Men BAAdagi eng yaxshi futbolchilarni yig‘ishim kerak, ular qaysi jamoadan kelishining farqi yo‘q.

O‘xshash yangiliklar

OKMK Qizilqum ustidan birinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi
OKMK Qizilqum ustidan birinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston Superligasining to‘rtinchi turidan o‘rin olgan Navoiydagi o‘yinda OKMK jamoasi “Qizilqum”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi va mavsumdagi birinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Kecha, 22:28
Qo‘qon Navbahorga qarshi so‘nggi daqiqada g‘alaba qozondi
Qo‘qon Navbahorga qarshi so‘nggi daqiqada g‘alaba qozondi
O‘zbekiston Superligasining to‘rtinchi turida “Qo‘qon-1912” va “Navbahor” jamoalari o‘rtasida kechgan uchrashuvda mahalliy jamoa 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. O‘yinda
Sport Kecha, 22:15
Bunyodkor Xorazm ustidan qiyin g’alabaga erishdi
Bunyodkor Xorazm ustidan qiyin g’alabaga erishdi
O‘zbekiston Superligasining to‘rtinchi turidan o‘rin olgan “Xorazm” va “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin nafaqat qiziqarli, balki kuchli raqobat bilan yodda qoldi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Kecha, 21:55
Eldor Shomurodov Istanbul Bashakshehir asosiy tarkibida maydonga tushdi
Eldor Shomurodov Istanbul Bashakshehir asosiy tarkibida maydonga tushdi
Turkiya Superligasining yigirma yettinchi turida “Istanbul Bashakshehir” va “Antalyaspor” klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘yinga muxlislar katta qiziqish bilan qaradi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Kecha, 21:38
Jeremi Doku Manchester Cityni Karabao Kubogi finalida g'alabaga chaqirdi
Jeremi Doku Manchester Cityni Karabao Kubogi finalida g'alabaga chaqirdi
Jeremi Doku "Manchester City"dagi jamoadoshlarini "Arsenal"ga qarshi Uemblida bo‘lib o‘tadigan Karabao Kubogi finalida g‘alaba qozonib, Chempionlar ligasidagi og‘ir mag‘lubiyatni
Sport Kecha, 21:05
Senegal Afrika Kubogi final natijasiga norozilik bildirdi
Senegal Afrika Kubogi final natijasiga norozilik bildirdi
Senegal futbol federatsiyasi Afrika Millatlar Kubogi finali natijasiga nisbatan norozilik bildirdi va masalani Lozannadagi Sport arbitraj sudiga olib chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Dastlabki
Sport Kecha, 20:59