Bugun
OnlyFans’dan fermerlikka o‘tgan Avstraliya modeli
+32°
ясно ветер 4.1 м/с, З

Premium avtomobillar uchun OLED displeylar tayyorlanmoqda

Avto
123
Premium avtomobillar uchun OLED displeylar tayyorlanmoqda
Samsung Display kompaniyasi iPad Pro 2024’da ishlatilgan Tandem OLED texnologiyasini endi avtomobillar uchun mo‘ljallangan displeylarga ham joriy etmoqchi, deb Pepelac News xabar berdi. Janubiy Koreya manbalariga ko‘ra, kompaniya OLED texnologiyasini avtomobil sohasiga moslashtiribgina qolmay, ishlab chiqarish hajmini ham kengaytirmoqda.

Avvalroq Samsung Tandem OLED displeylarini Audi avtomobillariga cheklangan miqdorda yetkazib bergan edi. Endilikda esa, ayniqsa premium toifadagi avtomobillar bozorida talab ortib borar ekan, kompaniya ushbu segmentda yetakchi o‘rinni egallashni maqsad qilgan. E’tiborlisi shundaki, ushbu texnologiya yangi Apple iPad Pro modellarida ham qo‘llanilmoqda.

Tandem OLED odatdagi OLED’dan farqli ravishda ikki qatlamli RGB strukturasiga ega. Bu texnologiya displey yorqinligini oshiradi, energiyani tejaydi va ekran xizmat muddatini uzaytiradi. Aynan shu xususiyatlar avtomobil uchun ayniqsa muhim – chunki ular quyosh nurlarida yaxshi ko‘rinishi va mustahkamligi talab etiladi.

Samsung shuningdek, premium avtomobil ishlab chiqaruvchilarga mo‘ljallangan egiluvchan Tandem OLED displeylarini ham ishlab chiqmoqda. Bu esa avtomobil salonlarining dizayni va funksionalligini keskin o‘zgartirishi mumkin.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Apple yangi Studio Display modellari ustida ishlamoqda
Apple yangi Studio Display modellari ustida ishlamoqda
Apple kompaniyasi yangi monitorlar ustida ish olib borayotgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi, deb Pepelac.news xabar berdi. Bloomberg nashri jurnalisti va mashhur insayder Mark Gurmanga ko‘ra,
Texnologiya 01:01, 17-03-2025
Apple kinoteatrlar nomi uchun sudga murojaat qildi
Apple kinoteatrlar nomi uchun sudga murojaat qildi
Texnologiya sohasidagi yirik kompaniya Apple o‘z manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat qildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Kompaniyaning da’vosiga ko‘ra, AQShda faoliyat
Dunyo 21:05, 3-08-2025
Apple hamyonbop iPhone 16e modelini taqdim etdi (foto)
Apple hamyonbop iPhone 16e modelini taqdim etdi (foto)
Apple kompaniyasi 599 dollardan boshlanadigan hamyonbop iPhone 16e modelini taqdim etdi. U bugungi kunda iPhone 16 lineykasidagi soʻnggi smartfon hisoblanib, “arzonroq narxda kuchli imkoniyatlarni”
Texnologiya 11:07, 20-02-2025
Apple 2027 yilda: shisha iPhone, aqlli ko‘zoynak va Siri'ning eng zo‘r shakli kutilyapti
Apple 2027 yilda: shisha iPhone, aqlli ko‘zoynak va Siri'ning eng zo‘r shakli kutilyapti
2027 yil Apple uchun shunchaki yubiley emas — yangi texnologik davr boshlanishi mumkin. Mana shunday shov-shuvli ma’lumot bilan Bloomberg tahlilchisi va insayder Mark Gurman chiqish qildi. Uning
Texnologiya 19:36, 12-05-2025
Apple rasmiy sahifasida Samsung reklama videosi joylandi
Apple rasmiy sahifasida Samsung reklama videosi joylandi
Apple kompaniyasi Xitoydagi ijtimoiy tarmoq Weibo’da Samsungning yangi buklama smartfonini reklama qilgan videorolikni o‘zining rasmiy sahifasida tasodifan joylashtirdi. Bu haqida Zamin.uz xabar
Texnologiya 00:00, 5-08-2025