Bugun
Valverde xet-triki bilan Real Siti ustidan yirik g'olib bo'ldi
-1°
ясно ветер 1.2 м/с, СЗ

AQSH – Rossiya muzokaralarida jiddiy bosqich: Putin o‘t ochishni to‘xtatadimi?

Dunyo
125

AQSH – Rossiya muzokaralarida jiddiy bosqich: Putin o‘t ochishni to‘xtatadimi?
Vashington Rossiyadan Ukraina bo‘yicha o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifga shu haftaning oxirigacha javob kutmoqda. Bu haqda AQSH prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.

“Ularning javobini juda yaqin kunlarda eshitamiz. Biz qatllarni to‘xtatishni xohlaymiz”, — dedi u.

Shuningdek, Tramp 24 aprelgacha AQSH va Ukraina tabiiy resurslar bo‘yicha bitim imzolashi mumkinligini bildirgan. Bu bitim Ukrainaga ko‘rsatilgan harbiy yordam “qarzi”ni qoplashga xizmat qiladi. Bloomberg‘ga ko‘ra, bu mablag‘ muzokaralar paytida 300 milliard dollardan 100 milliardgacha qisqartirilgan.

Agar Putin rozi bo‘lmasa, nima bo‘ladi?

Axios ma’lumotlariga ko‘ra, agar Rossiya aprel oxirigacha o‘t ochishni to‘xtatmasa, AQSH tomoni sanksiyalarni kuchaytirishga tayyor. Shu jumladan, Rossiya neftini xarid qilayotgan davlatlarga 500% gacha boj joriy qilinishi mumkin.

Fox News xabariga ko‘ra, Tramp muzokaralarni cho‘zilayotganidan Putindan norozi. Oq uy esa Rossiyaning “soya floti”ga nisbatan keskin choralar ko‘rishni muhokama qilmoqda.

Energetik moratoriy masalasi nima bo‘ladi?

18 aprel kuni Rossiya va Ukraina o‘rtasida energetik obyektlarga nisbatan o‘zaro zarba bermaslik bo‘yicha moratoriy tugaydi. Kreml uni uzaytirish haqida hozircha rasmiy ma’lumot bermagan. Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov AQSHga “anik signallar” berilganini ma’lum qilgan.

Kreml nima demoqda?

Dmitriy Peskov muzokaralarda murakkabliklar borligini aytdi:
“Jarayon ancha murakkab ketmoqda”, — deb ta’kidlagan u. Bunga sabab sifatida Kiyev rejimi va YEI davlatlari ko‘rsatilgan.

The Moscow Times ma’lumotlariga ko‘ra, Putin muzokaralarda hali ham maksimalistik pozitsiyani saqlayapti. Rossiya tomoni Donetsk, Lugansk, Zaporojjya va Xersonni to‘liq ma’muriy chegarasi bilan RF tarkibiga qo‘shishni talab qilgan. Bundan tashqari, Dnepropetrovsk yoki Sumining bir qismini bosib olib, keyin uni almashish taklif qilingan.

Siz nima deb o‘ylaysiz: Rossiya o‘t ochishni to‘xtatadimi yoki yangi bosimlar kutilyaptimi?

O‘xshash yangiliklar

Yaqin Sharq janglari o'n kun davomida mintaqani qamrab oldi
Yaqin Sharq janglari o'n kun davomida mintaqani qamrab oldi
Yaqin Sharqdagi jangovar kechinmalar o'n kun davomida uzayib, bu holatning tez orada tugashi haqidagi umidlarni va bozorlarning barqarorlikka bo'lgan ishonchini sinovdan o'tkazyapti.
Dunyo Kecha, 22:29
Tailand Pxuket aeroportida Air India samolyoti qattiqroq qo'ndi
Tailand Pxuket aeroportida Air India samolyoti qattiqroq qo'ndi
Tailandning mashhur Pxuket shahridagi xalqaro aeroportida Air India Express aviakompaniyasiga tegishli yo'lovchi samolyoti qo'nish jarayonida kutilmagan texnik muammoga duch keldi. Bu
Dunyo Kecha, 21:22
Readovka sobiq rahbari Kostilevga qarshi jinoiy ish bo'yicha yangiliklar
Readovka sobiq rahbari Kostilevga qarshi jinoiy ish bo'yicha yangiliklar
“Readovka”ning sobiq rahbari Aleksey Kostilevga nisbatan ochilgan jinoiy ish bo‘yicha yangi ma’lumotlar ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Tergov versiyasiga ko‘ra, u davlat buyurtmalari
Dunyo Kecha, 20:43
Eron ayollar jamoasining Avstraliyadagi siyosiy boshpana dramasi
Eron ayollar jamoasining Avstraliyadagi siyosiy boshpana dramasi
Seshanba kuni kechqurun Eron milliy ayollar terma jamoasining siyosiy boshpana so'ramagan futbolchilari Avstraliyani tark etib, vataniga qaytish yo'liga chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Dunyo Kecha, 20:08
Yaqin Sharqdagi mojarolar AQSH ichki iqtisodiyotiga jiddiy zarba berdi
Yaqin Sharqdagi mojarolar AQSH ichki iqtisodiyotiga jiddiy zarba berdi
Yaqin Sharqdagi siyosiy va harbiy ziddiyatlar dunyo arenasida yangi geosiyosiy kuchlarni o'zgartirib yubormoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xitoydagi NetEase nashri tahlilchilarining
Dunyo Kecha, 19:50
Eronning yangi diniy rahbari urushda jarohatlanganligi haqida xabarlar tarqaldi
Eronning yangi diniy rahbari urushda jarohatlanganligi haqida xabarlar tarqaldi
Eronning yangi diniy rahbari Mujtaba Xominaiy haqida tarqalgan so'nggi xabarlar Yaqin Sharqdagi siyosiy va axborot muhitiyanada qizg'inlashtirib yubordi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Dunyo Kecha, 19:30