Bugun
Rodrigo hozircha Realni tark etmaydi, kelajagi noaniq
+23°
ясно ветер 1 м/с, С

Onamga atalgan guldasta...

Jamiyat
100

Onamga atalgan guldasta...
O‘shanda 8 mart edi. Sovg‘a tanlashim kerak. Qiz nafaqat universitetning, balki shaharning eng go‘zali. Unga ancha avvaldan fikran ko‘plab sovg‘alar taqdim etaman. Biroq ko‘nglim to‘lmaydi. Nihoyat, tushliksiz o‘tgan va o‘tadigan bir necha kunim, oshqozonning zaxmi badaliga gul do‘konidagi eng chiroyli, katta bir guldastani sotib oldim. Kunda ko‘z oldimda gavdalanadigan uning tabassumli va sirli sumbati, tug‘ma instinkt — ochlikdan ancha ustun edi.

Tanlangan gul ko‘rki tarovati bilan tevarakdagi barchani maftun etayotgandek edi. Hammaning e’tibori shu guldastada edi.

Qosh qorayganda uyga keldim, ko‘zdan xoli joy deb, guldastani garajga berkitib qo‘ydim. Uyda onam tez orada mehmonlar kelishini bildirib, qolishimga shuncha undashiga qaramay, ketishimni qat’iy aytdim. Uchrashuv vaqti yaqinlashar, men judayam betoqat edim. O‘sha paytlar onam cho‘ntaklarimga sedana va qalampirmunchoqdan solib qo‘yardi. Ular o‘zgacha ifor taratib tursa-da, shu kuni cho‘ntagimni ulardan bo‘shatdim, o‘rniga eng so‘nggi urfdagi atirdan sepdim.

So‘ng dunyodagi eng go‘zal qizga atalgan gulni olish uchun garajga kirdim. Sekin garaj orqali uydan chiqib ketayotganimda ortimdan onam chaqirib qoldi. Qayrilib qarasam, qo‘llarida kurtkamni ushlab olgan. Orzumand bo‘lib, bir nigoh tashlab, «Kurtkangni kiyib ol, yomg‘ir yog‘yapti», dedi. Meni xijolatda qoldirmaslik uchunmi, ataymi o‘zini guldastani ko‘rmaslikka soldi. Men esa kurtkani kiymasligimni aytib, shoshib yo‘lda davom etdim. Onam ortimdan qarab qolaverdi. Bu ilhaq nigohlarni qayrilmasdan ham aniq ilg‘ar edim.

Entikib shoshardim, go‘yo borliqning inoyati, necha oylaru, bedor kechalar xatlar yozib, qalbiga zo‘rg‘a yo‘l topganim — sohibjamol meni kutar edi. U shahardagi eng badavlat oila farzandi, men esa oddiy o‘rtahol oiladan edim. Bu tafovut hozircha «ko‘zi ko‘r sevgi»ning soyasida sezilmas, ammo tez orada unga erishish uchun to‘qilgan yolg‘onlar qalqib chiqishi tayin edi. Buni hozircha bildirmaslik uchun o‘zimni serhasham ko‘rsatar, unga eng muhtasham onlarimni hadya etardim.

Nihoyat, uchrashuv joyidaman. Belgilangan vaqt o‘tib boryapti, ammo sohibjamoldan darak yo‘q. Aksiga olib, telefoni ham o‘chiq. Yomg‘ir esa shovullab quyardi. Bir soat o‘tdi, kutyapman. Ikki soat. Yarim tunga qadar kutdim. Nihoyat, umidimni uzib, alam bilan guldastani uloqtirdimu, uyga qaytdim. Uyda onam bedor kutib o‘tirgan ekan. O‘sha kecha yomg‘irda ivib ketib, shamollab, isitmalab chiqdim. Onam bechora tongga qadar uxlamay qarab chiqdi.

Holim juda xarob edi. O‘sha kecha alamzadalik va notavonlik, cheksiz aybdorlik hissi bilan o‘zimni koyib chiqdim. O‘ylab ko‘rsam, biror marta 8 mart bayramida onamga gul bermagan ekanman. Onamni mehrli ko‘zlariga zimdan qarab, kelgusi yil bayramda va undan keyin ham endi, albatta, onajonimga eng chiroyli guldastani hadya etaman deb ahd qildim.

Vaqt o‘tmay qolmas ekan. Bir zumda yana 8 mart ham keldi. Gul do‘kondan eng serhasham, eng katta va chiroyli guldastani oldim. Yana yomg‘ir yog‘ardi. O‘sha onam kiyishimni istagan chiroyli kurtkamni kiyib olganman, ammo cho‘ntaklari bo‘sh, endi qancha istasam ham ulardan sedanayu, qalampirmunchoqning yoqimli ifori kelmasdi.

Yo‘l-yo‘lakay ko‘pchilik havas bilan qaragan «Onajonim»ga yozuvi bilan bezalgan bu gullarni, afsus, onamga taqdim eta olmadim... Ularni ming bir iztirob bilan qabri poyiga qo‘ydim...

Qissadan hissa-ki: O‘ylamang, onalar boqiy, ona abadiy. Anglamoq ekan lozim va dushvor. Ehtimol oxirgisi, bugungi diydor.

Shuhrat Normurodov


Manba: Xabar.uz

[lang=ru,en]

[/lang]

O‘xshash yangiliklar

Bemorning COVID oqibatida yo‘qolgan hid va ta’m bilish qobiliyatini tiklash usuli topildi
Bemorning COVID oqibatida yo‘qolgan hid va ta’m bilish qobiliyatini tiklash usuli topildi
COVID-19 bilan kasallangan ko‘plab odamlar hid va ta’m bilish qobiliyatini yo‘qotgan holda uzoq vaqt davomida muammoga duch kelishgan. Ammo britaniyalik olimlar bu muammoni hal qilish usulini
Dunyo 20:21, 7-03-2025
Yevropa Ittifoqi 150 milliard yevroli SAFE jamg‘armasiga yo‘l ochdi
Yevropa Ittifoqi 150 milliard yevroli SAFE jamg‘armasiga yo‘l ochdi
Yevropa Ittifoqi Kengashi 27 may seshanba kuni qabul qilgan bayonotda Yevropa Ittifoqi tomonidan 150 milliard yevroga teng Security Action for Europe (SAFE) mudofaa jamg‘armasi yaratilishi
Madaniyat 14:41, 28-05-2025
Putin Trampga 9 may kuni Kreml yaqinida teraktlarning oldi olingani haqida gapirdi
Putin Trampga 9 may kuni Kreml yaqinida teraktlarning oldi olingani haqida gapirdi
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov «G‘alaba kuni» bayrami oldidan maxsus xizmatlar Kreml va Qizil maydon hududida «terrorchilik hujumlari tahdidining oldini olganini» aytdi. Bu haqda u
Dunyo 19:14, 20-05-2025
Birgina ismining o‘zi bilan millionlab pul topadigan Gollivud yulduzlari
Birgina ismining o‘zi bilan millionlab pul topadigan Gollivud yulduzlari
Muvaffaqiyatli yulduzlar allaqachon sahna va ekran chegaralaridan chiqib ketdilar. Bugungi kunda ism — bu brend, obro‘-e’tibor esa puldir. Biz sizga shon-shuhratidan emas, balki o‘zlari yaratgan
Dunyo 14:18, 6-04-2025
Volkswagen Nivus’ning arzon versiyasi taqdim etildi
Volkswagen Nivus’ning arzon versiyasi taqdim etildi
Volkswagen Nivus krossoverining arzonroq Sense versiyasi taqdim etildi, deb cenyavto.com yozmoqda. Bu modifikatsiya Braziliya bozoriga chiqarilgan bo‘lib, narxi taxminan 1,8 million rublga teng
Avto 01:09, 5-04-2025