Bugun
Tramp Isroilning G‘arbiy sohil anneksiyasiga qarshi chiqdi
+29°
ясно ветер 4.1 м/с, ЮЗ

“Yer bermoq – jon bermoq”

Jamiyat
113

“Yer bermoq – jon bermoq”
So‘nggi vaqtlarda Toshkent shahrida xitoy tilidagi banner va reklamalar ko‘payib bormoqda. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarni keltirib chiqaryapti. Oxirgi kunlarda xitoyliklar Toshkentda ko‘plab yerlarni ham sotib olayotgani haqida mish-mishlar ham urchidi. 6 mart kuni Kadastr agentligi bu mish-mishlarni asossiz deb atab, bayonot e’lon qildi.

Kadastr agentligi ushbu vaziyatda jamoatchilikni tinchlantirishga urinayotganiga iqtisodchi Otabek Bakirov “Yer bermoq – jon bermoq” deya munosabat bildirdi. U turli spekulyatsiyalarni bir chetga yig‘ishtirib qo‘ygan holda, xorijliklarga yer ajratish bilan bog‘liq xavotirlarni to‘g‘ri tushunish lozimligini ta’kidlagan.

“Albatta, Yer kodeksida chet ellik fuqarolar va yuridik shaxslar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar yer uchastkalariga faqat ijara huquqi asosida ega bo‘lishi mumkinligi belgilangan.

Ayni paytda tobora murakkablashib borayotgan global realliklarda, yangi va yangi chaqiriqlar yaratayotgan xatarlar to‘lqinida bu mezon yetarli emasligini tushunish lozim. Ijtimoiy kayfiyat ham qabul qilishi qiyinlashib boraveradi.

Shu ma’noda, 2021 yilda boshlangan Yer islohotining navbatdagi bosqichlarida Yer uchastkasiga talabgor chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona bo‘lsa, uning kamida 51 foizi O‘zbekiston fuqarolariga bevosita yoki bilvosita tegishli bo‘lishini nazarda tutuvchi, shuningdek, chet el yuridik shaxslari va chet el fuqarolarining yer uchastkalariga ijara huquqini keskin cheklovchi qoidalar kiritilishi zarur”,– deb yozdi Bakirov.

Uning ta’kidlashicha, Yerga nisbatan xorijliklarga oid alohida qattiq qoidalar qator mamlakatlarda mavjud va umummilliy konsensus hisoblanadi. Yerga oid diskussiya investitsiya muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqidagi xavotirlar o‘ringa ega emas, deydi iqtisodchi.

“Zero O‘zbekistonga kelayotgan sog‘lom investor, eng avvalo investitsiyalaridan foyda ko‘rish maqsadida keladi, yer olib latifundistga aylanish yo yer portfeliga ega bo‘lish maqsadida emas. Qolaversa, investitsion muhitni (nafaqat xorijlik investorlarga, o‘zbekistonliklarga ham) o‘nlab boshqa omillar yomonlashtirmoqdaki, shu haqida qayg‘urish o‘rinliroq bo‘lardi”, – deb yozdi u.

Oltin konlari va korxonalar

Avvalroq joriy yilning fevral oyida qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun Navoiy viloyatidagi 31 ta yer qa’ri uchastkasi elektron auksion orqali 25,1 mlrd so‘mga sotilgani haqida xabar bergandik. Navoiyda oltin izlashga investitsiya kiritayotganlar orasida xitoyliklar talaygina. Sotuvga qo‘yilgan 31 ta oltin maydonini o‘zlashtirish huquqini olgan 12 ta kompaniyaning aksariyatida ta’sischilar qatorida kamida bir nafar xitoylikni ko‘rish mumkin.

“Yer qa’ridan foydalanish markazi” DM jamoatchilikda Navoiydagi 31 ta kon xitoyliklarga sotilgani haqida xavotirlar asossiz ekani haqida bayonot bilan chiqdi. Markaz oltin konlariga investitsiya kiritgan korxonalar qatorida Xitoy fuqarolariga to‘liq tegishli bo‘lgan birorta ham korxona yo‘qligini bildirdi.

Keyinroq Toshkentdagi Magic city parkida xitoyliklar turli bayroqlarni ko‘tarib miting o‘tkazgani jamoatchilikda savollar tug‘dirdi. IIV bu miting ekanini rad etib, Huawei kompaniyasi xodimlarining jamoaviy yugurish aksiyasi ekanini ma’lum qildi. Vazirlik o‘z bayonotida bu aksiyani “bizning ham idora va tashkilotlar o‘rnak olsa arziydigan tadbir” deb atadi.

2025 yil 1 fevral holatiga, O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalar soni bo‘yicha Xitoy birinchi o‘ringa chiqdi. Bir yil davomida O‘zbekistondagi Xitoy kompaniyalari soni qariyb 43 foizga ko‘payib, 3 467 taga yetgan.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Baraka market tarmog‘i Pepsi egaligiga o‘tadi
Baraka market tarmog‘i Pepsi egaligiga o‘tadi
Raqobat qo‘mitasi Pepsi savdo belgisiga egalik qiluvchi «International Beverages Tashkent» kompaniyasiga Baraka market supermarketlar tarmog‘ini sotib olishga ruxsat bergan. Bu haqda qo‘mita axborot
Iqtisodiyot 14:10, 3-03-2025
TBC Bank OLX Uzbekistan nazorat paketini sotib oldi
TBC Bank OLX Uzbekistan nazorat paketini sotib oldi
TBC Bank guruhi OLX Uzbekistan onlayn e’lonlar servisining nazorat paketini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda Kursiv nashri xabar berdi. Ushbu xarid
Oʻzbekiston 21:48, 21-08-2025
Yangi Land Rover Defender taqdim etildi: dizayn va texnologiya inqilobi!
Yangi Land Rover Defender taqdim etildi: dizayn va texnologiya inqilobi!
Britaniyaning mashhur avtomobil ishlab chiqaruvchisi Land Rover o‘zining eng afsonaviy modellaridan biri — Defender'ning modernizatsiya qilingan versiyasini rasman namoyish qildi. Yangi
Avto 12:48, 30-05-2025
Farg‘onada ommaviy bezorilik uyushtirgan Otabek Vallomov qamoqqa olindi
Farg‘onada ommaviy bezorilik uyushtirgan Otabek Vallomov qamoqqa olindi
Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati “Vallomov ishi”ning yangi tafsilotlarini ochiqladi. «1998 yilda tug‘ilgan Otabek Vallomov Baxtiyorjon o‘g‘li joriy 21 fevral kuni tanishlari Muhammadaziz
Jamiyat 16:24, 12-03-2025
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi o‘z ijtimoiy sahifasida, jamoa muxlislarining qalbini tezda zabt etgan yosh futbolchi Abduqodir Husanov haqida ilgari hech qayerda chop etilmagan ma’lumotlar, oilaviy
Sport 22:33, 14-03-2025