Bugun
AQSh 30 yildan so‘ng yadro sinovlarini qayta boshlaydi
+10°
ясно ветер 1 м/с, В

Muzqaymoq kafesi auksionga qo‘yildi

Jamiyat
116
Muzqaymoq kafesi auksionga qo‘yildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudining 16.08.2023 yildagi ijro hujjatida qarzdor “Great shopping center” MCHJ undiruvchi “Agrobank” ATB Ulug‘nor filiali foydasiga 97,4 mln. so‘m kredit qarzini to‘lashi ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, undiruvni D.X.ga tegishli “muzqaymoq kafesi”ga qaratish belgilangan.

Byuroning Ulug‘nor tuman bo‘limi xodimlari ijro harakatlari olib borib, qarzdorlarga ogohlantirishlar bergan. Shunga qaramay, kredit qarzlari to‘lanmagach, tumanning Shahriobod mahallasida joylashgan “muzqaymoq kafesi” xatlab qo‘yildi.

Xatlangan bino 308 mln. so‘mga baholangan bo‘lib, hozirda ushbu bino elektron onlayn-auksion savdosiga qo‘yilgan.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar