Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+20°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, С
ENRU

Xuroson va Movarounnahrda gulbarg idish topildi

Madaniyat
222
Xuroson va Movarounnahrda gulbarg idish topildi
O‘rta asrlarda Xuroson va Movarounnahr hududlari ilm-fan, madaniyat, amaliy san’at va hunarmandchilikning muhim markazlari bo‘lgan. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu hududlarda yaratilgan asarlar nafaqat kundalik hayot ehtiyojlarini qondirgan, balki xalqning badiiy didi, ruhiy madaniyati va ma’naviy qarashlarini ham aks ettirgan. Shunday noyob topilmalardan biri – gulbarg shaklida ishlangan qo‘rg‘oshin idishdir.

Mutaxassislar bu buyumni XII–XIII asrlarga, ayniqsa G‘aznaviylar davriga mansub deb hisoblashadi. Hozirda ushbu antik buyum London shahridagi “Orfeus” galereyasida saqlanmoqda.

O‘sha davrda bunday idishlar tantanali marosimlarda, uy bezagi sifatida yoki amaliy maqsadlarda keng qo‘llanilgan va hunarmandlarning yuqori mahoratini namoyon etgan. O‘zbekiston muzeylari kolleksiyalarida bunday artefaktlar juda kam uchraydi.

Shu bois, ularni xorijdagi jamg‘armalar va galereyalardan olib kelish milliy madaniy merosni boyitish, xalqimiz tarixini va madaniy qadriyatlarini keng jamoatchilikka taqdim etishda muhim ahamiyatga ega. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi uchun noyob artefaktlarni to‘plash va xalqaro hamjamiyatga taqdim etish ustuvor vazifalardan biridir.

Gulbarg shaklidagi qo‘rg‘oshin idishning markaziy ekspozitsiyaga qo‘shilishi ana shu yo‘nalishdagi muhim qadam sifatida baholanmoqda. Bunday topilmalar o‘tmish bilan kelajakni bog‘lovchi tilsiz guvoh hisoblanadi.

Ularni asrab-avaylash, yurtimizga qaytarish va avlodlarga yetkazish ma’naviy merosni saqlash hamda kelajakka ko‘prik qurish demakdir.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026