Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+20°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, С
ENRU

Klaudiya Kardinale 87 yoshida vafot etdi

Madaniyat
108
Klaudiya Kardinale 87 yoshida vafot etdi
Jahon kinematografiyasida o‘ziga xos iz qoldirgan italiyalik taniqli aktrisa Klaudiya Kardinale 87 yoshida vafot etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uning o‘limi haqida rasmiy ma’lumot Italyan matbuoti va kino sohasidagi mutaxassislar tomonidan e’lon qilindi. Klaudiya Kardinale kino olamida faoliyati davomida yuz yigirma dan ortiq film va seriallarda suratga tushgan.

Uning aktrisalik mahorati nafaqat Italiyada, balki butun Yevropa va Gollivudda keng e’tirof etilgan. Kardinale o‘z faoliyati davomida Lukino Viskonti, Federiko Fellini hamda Serdjo Leone kabi mashhur rejissyorlar bilan hamkorlik qilgan.

U Marchello Mastroyani, Alen Delon, Marlon Brando, Genri Fonda, Bert Lankaster va Jeremi Ayrons kabi kino yulduzlari bilan birga bir qancha filmlarda ishtirok etgan. Aktrisaning eng mashhur rollaridan biri «Il Gattopardo» (Bobodod) filmida ijro etgan Andjela rolidir.

Ushbu film unga butunjahon shon-shuhrat olib kelgan. Klaudiya Kardinale 1993 yilda Venetsiya kinofestivalida «Oltin sher» mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Bu mukofot unga kinematografiya sohasiga qo‘shgan beqiyos hissasi uchun taqdim etildi. Uning san’atga qo‘shgan hissasi kino tarixida abadiy saqlanib qoladi.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026