Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+15°
пасмурно ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Pikassoning noyob asari Granadada g‘oyib bo‘ldi

Madaniyat
22
Pikassoning noyob asari Granadada g‘oyib bo‘ldi
Madriddan Granadaga olib ketilayotgan Pablo Pikassoning 1921 yilda yaratilgan “Gitara bilan natyurmort” nomli asari g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Euronews xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, guash uslubida chizilgan ushbu asar CajaGranada fondi tomonidan tashkil etilgan “Natyurmort.

La eternidad de lo inerte” ko‘rgazmasida namoyish etilishi rejalashtirilgan edi. Biroq, o‘lchami 12,7x9 santimetr bo‘lgan bu kichik asar o‘z manziliga yetib bormagan.

Rasm Madriddagi Pio XII qarorgohidan san’at asarlarini tashish bo‘yicha ixtisoslashgan kompaniya tomonidan yetkazilgan. Asar 25 sentyabrda boshqa kartinalar bilan birga omborga joylashtirilib, keyin Granadaga jo‘natilgan.

Ko‘rgazma 2 oktyabrda ochilgan, asarlar esa 3 oktyabr kuni soat 10:00 da madaniyat markaziga yetkazilgan. Shu kechasi kartinalar Deyfontes shahrida bo‘lgan.

Tergovchilar fikricha, aynan shu hududda Pikassoning asari o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkin. 10 oktyabr kuni CajaGranada fondi politsiyaga rasmiy shikoyat bilan murojaat qilganidan so‘ng, Milliy politsiyaning tarixiy meros brigadasi tergovni boshlagan.

Hozircha rasmning qayerdaligi noma’lum bo‘lib, hech kim qo‘lga olinmagan. Tergov ishlari davom etmoqda.

Ushbu voqea san’at sohasida katta e’tiborni jalb qilgan holda, Pikassoning noyob asarining qaytarilishi uchun izlanishlar olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026