Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+15°
пасмурно ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Ilon Mask boyligi 700 milliard dollardan oshdi

Madaniyat
36
Ilon Mask boyligi 700 milliard dollardan oshdi
Ilon Mask insoniyat tarixida boyligi 700 milliard dollardan oshgan birinchi shaxs sifatida qayd etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu rekord asosan Tesla aksiyalari narxining keskin oshishi bilan bog‘liq. Ma’lum bo‘lishicha, Maskning boyligi o‘sishiga Delaver shtati Oliy sudining qarori muhim turtki bo‘lgan.

Sud Tesla aksiyalariga oid opsionlarni qayta tikladi. Ushbu opsionlar aksiyalarni oldindan arzonroq narxda xarid qilish huquqini beradi va hozirda ularning qiymati 139 milliard dollarga baholanmoqda.

Forbes nashri ilgari bu opsionlarni ehtiyotkorlik bilan hisoblab, ularning qiymatini 50 foizga kamaytirgan edi. Ammo sud qaroridan so‘ng yondashuv qayta ko‘rib chiqildi va natijada Maskning umumiy boyligi 69,5 milliard dollarga oshdi.

Hozirda uning boyligi 749 milliard dollar atrofida baholanmoqda. 15 dekabr kuni Mask boyligi 600 milliard dollardan oshgan tarixdagi ilk inson sifatida ham qayd etilgan edi.

Shu oyda SpaceX kompaniyasidagi ulushi qariyb 336 milliard dollarga yetdi. Kompaniyaning umumiy qiymati esa 800 milliard dollarga baholangan bo‘lib, avgust oyidagi ko‘rsatkichdan ikki barobar yuqori.

Ilon Mask bundan avval ham boyligi 500 milliard dollardan oshgan ilk inson sifatida tarixga kirgan. Hozirda uning SpaceX’dagi ulushi Tesla’dagi aktivlaridan biroz arzonroq ekani aytilmoqda.

Mutaxassislar Maskni kelajakda dunyodagi birinchi trillionerga aylantirishi mumkin bo‘lgan asosiy omil SpaceX ekanini ta’kidlashmoqda. Kompaniya 2026 yilda IPO o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Agar bu amalga oshsa, SpaceX 1,5 trillion dollarga baholanishi mumkin. IPO esa kompaniya aksiyalarini birinchi marta ommaviy savdoga chiqarish jarayonidir.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026