Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+20°
пасмурно ветер 2 м/с, С
ENRU

Eron elchixonasi Yulduz Usmonovaga insonparvarlik harakati uchun minnatdorchilik bildirdi

Madaniyat
10
Eron elchixonasi Yulduz Usmonovaga insonparvarlik harakati uchun minnatdorchilik bildirdi
Eron Islom Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaga o‘zining samimiy minnatdorchiligini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur e’tirof xonandaning Livan, G‘azo, Falastin va Eron hududlarida istiqomat qilayotgan, bugungi kunda og‘ir sinovlarni boshidan kechirayotgan bolalar taqdiriga befarq bo‘lmagani hamda ularga hamdardlik bildirgani bilan bog‘liqdir. Shu munosabat bilan san’atkorga elchixona nomidan maxsus esdalik sovg‘asi topshirildi.

Ushbu sovg‘ani Eron Islom Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Ali Iskandariy hamda elchixonaning madaniy aloqalar bo‘yicha maslahatchisi Hasan Safarxoniy yuborgan. Elchixona vakillari o‘z murojaatlarida xonandaning mazlum bolalar huquqlarini himoya qilib, ularning dardiga sherik bo‘lganini yuksak baholadilar.

Ularning ta’kidlashicha, san’atkorning insonparvarlik tamoyillariga asoslangan fikrlari va ijtimoiy mas’uliyati alohida e’tirofga loyiqdir. Yulduz Usmonova ko‘rsatilgan ushbu e’tibor va ehtirom uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Xonanda o‘z so‘zida har doim mazlumlar va yordamga muhtoj insonlar tarafida ekanini alohida qayd etdi. U barchamiz bir din vakillari ekanimizni eslatib o‘tib, tinchlik va totuvlik insoniyat uchun eng oliy ne’mat ekanini ta’kidladi.

Xonanda janob Muhammad Ali Iskandariy va Hasan Safarxoniyga samimiy tilaklarini yo‘llar ekan, Eron xalqiga tinchlik va omonlik tiladi. Shuningdek, u ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalar va madaniy bordi-keldilar kelgusida yanada kengayishiga umid bildirdi.

San’atkor barcha xalqlarni faqat yaxshi kunlarda va tinchlik davrida ko‘rishish nasib etishini niyat qildi. Ushbu uchrashuv va e’tibor xalqlar o‘rtasidagi ma’naviy ko‘prikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasizdir.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026