Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+20°
пасмурно ветер 2 м/с, С
ENRU

Dua Lipa mualliflik huquqi buzilgani uchun «Samsung»ni sudga berdi

Madaniyat
3
Dua Lipa mualliflik huquqi buzilgani uchun «Samsung»ni sudga berdi
Dunyoga mashhur xonanda Dua Lipa Janubiy Koreyaning Samsung texnologiya gigantini sudga berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

The Guardian nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, san’atkor kompaniyadan mualliflik huquqi buzilgani uchun kamida 15 million dollar miqdorida tovon puli talab qilmoqda. Nizoga sabab bo‘lgan holat shundaki, xonandaning surati Samsung kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan televizorlar reklamasida ruxsatsiz ishlatilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 2025-yilda Amerika Qo‘shma Shtatlari bozorida sotuvga chiqarilgan ayrim televizorlar qutilarida Dua Lipaning tasviri tushirilgan. Da’vo arizasida ko‘rsatilishicha, ushbu surat 2024-yilda Austin City Limits festivali doirasida olingan bo‘lib, unga egalik qilish huquqi bevosita xonandaning o‘ziga tegishli.

San’atkor Samsung brendi bilan hech qanday reklama shartnomasini imzolamaganini va o‘z qiyofasidan tijoriy maqsadlarda foydalanishga ruxsat bermaganini qat’iy ta’kidlamoqda. Xonanda o‘z da’vosida kompaniyani mualliflik huquqini qo‘pol ravishda buzishda va uning shaxsiy obrazidan noqonuniy foydalanishda ayblamoqda.

Shuningdek, xonandaning fikricha, bunday harakatlar iste’molchilarda Dua Lipa va Samsung brendi o‘rtasida go‘yoki hamkorlik mavjud degan noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otadi. San’atkorning vakillari kompaniya mashhur yulduzning obro‘si va ommabopligidan foydalanib, o‘z mahsulotlari sotuvini oshirishga va nohalol yo‘l bilan foyda ko‘rishga uringanini qayd etishgan.

Dua Lipaning advokatlari xonanda o‘zining reklama loyihalariga va hamkorlik qiladigan brendlariga nihoyatda mas’uliyat bilan yondashishini ma’lum qildi. U faqatgina Apple, Porsche, Versace, Bvlgari va Nespresso kabi nufuzli jahon brendlari bilan rasmiy kelishuvlar asosida ish olib boradi.

Hozircha Samsung kompaniyasi mazkur sud da’vosi yuzasidan rasmiy munosabat bildirmadi. Mazkur holat yirik korporatsiyalar va mashhurlar o‘rtasidagi intellektual mulk huquqi bilan bog‘liq navbatdagi shov-shuvli sud jarayoniga aylanishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026