Bugun
Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari nomi e’lon qilindi
+18°
пасмурно ветер 2 м/с, С
ENRU

O'zbekiston hunarmandlari Nyu-Dehlidagi xalqaro ko'rgazmada o'z mahsulotlarini namoyish etmoqda

Madaniyat
23
O'zbekiston hunarmandlari Nyu-Dehlidagi xalqaro ko'rgazmada o'z mahsulotlarini namoyish etmoqda
Hindiston poytaxti Nyu-Dehli shahridagi Milliy hunarmandchilik muzeyida BRIKS sammiti doirasida tashkil etilgan Xalqaro madaniyatlar va hunarmandchilik ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Bu haqda One.uz xabar beradi.

Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston o‘zining boy madaniy merosi, milliy matolari va qadimiy kulollik maktabi namunalari bilan munosib ishtirok etmoqda. Ko‘rgazmaning markaziy qismida ona tilimizdagi Xush kelibsiz yozuvining paydo bo‘lishi va o‘zbek ustalari tomonidan taqdim etilgan san’at asarlari xalqaro hamjamiyat e’tiborini o‘ziga qaratmoqda.

Tadbir o‘tkazilayotgan hududning kirish qismida turli tillarda yozilgan qutlov so‘zlari orasida o‘zbek tilidagi yozuvning mavjudligi milliy madaniyatimizning jahon maydonidagi o‘rni va nufuzidan dalolat beradi. Mazkur ko‘rgazma nafaqat iqtisodiy va siyosiy aloqalarni, balki xalqlar o‘rtasidagi madaniy rishtalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Pavilonlar bo‘ylab sayr qilar ekansiz, uzoq Hindiston zaminida o‘zbekona ruhni his etish har bir vatandoshimiz qalbida faxr tuyg‘usini uyg‘otishi shubhasiz. Dehli markazida o‘zbek ipaklari va Qo‘qon kulolligi Ko‘rgazma maydonida yuqoriga osilgan turli milliy matolar orasida o‘zbek xonatlasi va yorqin rangli atlas-adras polotnolari alohida ajralib turibdi.

O‘zbekiston uchun ajratilgan maxsus stendda yurtimizning mohir hunarmandlari o‘z mahoratlarini namoyish etmoqdalar. Xususan, Qo‘qon kulollik maktabi vakili Akbar Tursunaliyev hamda rangtasvir va naqshkorlik ustasi Ulug‘bek Sharoboyevlar tomonidan tayyorlangan buyumlar ko‘rgazma mehmonlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Milliy stendimizda namoyish etilayotgan laganlar, choynak va piyolalar, shuningdek, noyob naqshli ko‘zachalar o‘zbek xalq amaliy san’atining yuksak namunasidir. Ayniqsa, BRIKS sammitiga bag‘ishlab maxsus tayyorlangan va Qo‘qon kulollik an’analarini aks ettiruvchi zarhal laganlar xorijlik diplomatlar va sayyohlar tomonidan yuksak e’tirof etilmoqda.

Ustalarimizning ta’kidlashicha, hindistonliklar va boshqa xalqaro delegatsiya vakillari o‘zbek naqshlarining nozikligi va ranglar mutanosibligiga yuqori baho bermoqda. Olis yurtda samimiy uchrashuv Vatandan minglab chaqirim olisda o‘zbek san’atini dunyoga tanitayotgan ijodkorlar bilan uchrashish jurnalistlar guruhi uchun ham unutilmas voqea bo‘ldi.

Suhbat davomida hunarmandlarimiz o‘zbek madaniyatiga bo‘lgan qiziqish har qachongidan yuqori ekanini bildirishdi. Uchrashuv yakunida Qo‘qon kulollik maktabi ustasi tomonidan taqdim etilgan qadimiy islimiy naqshlar bilan bezatilgan ko‘zacha o‘zbek milliy merosining ramziy tuhfasi sifatida qabul qilindi.

Ushbu xalqaro anjuman doirasidagi ishtirok O‘zbekistonning boy madaniy salohiyatini yana bir bor namoyon etdi. Dehli markazida jaranglagan o‘zbek so‘zi va namoyish etilgan san’at namunalari xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik ko‘prigini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Biz ushbu nufuzli tadbirlar jarayonini kuzatishda davom etamiz.

O‘xshash yangiliklar

Fotih Jalolov Muqimiy nomidagi davlat akademik musiqali teatri direktori etib tayinlandi
Fotih Jalolov Muqimiy nomidagi davlat akademik musiqali teatri direktori etib tayinlandi
Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri jamoasiga yangi rahbar tayinlandi. Madaniyat vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan, O‘zbekistonda xizmat
MadaniyatKecha, 23:59
Karina Kapur va Shohrux Xon yangi filmda hamkorlik qiladi
Karina Kapur va Shohrux Xon yangi filmda hamkorlik qiladi
Bollivudning mashhur yulduzlari Karina Kapur va Shohrux Xon oradan o‘n besh yil o‘tib, yangi kinoloyihada yana bir bor hamkorlik qilishi kutilmoqda. Tarqalgan
Madaniyat23:51, 06-10-2026
Grossmeyster Nodirbek Abdusattorovning unashtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi
Grossmeyster Nodirbek Abdusattorovning unashtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekistonlik taniqli shaxmatchi, xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorovning unashtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur marosim joriy yilning 4-oktyabr kuni
Madaniyat23:51, 05-10-2026
Netflix Wednesday serialining uchinchi mavsumi suratga olinganini e’lon qildi
Netflix Wednesday serialining uchinchi mavsumi suratga olinganini e’lon qildi
Netflix striming platformasi butun dunyoga mashhur bo‘lgan Wednesday serialining uchinchi mavsumini suratga olish ishlari yakunlanganini rasman e’lon qildi. Mazkur
Madaniyat23:31, 05-10-2026
«Forsaj» filmi asosida yangi maxsus serial suratga olinadi
«Forsaj» filmi asosida yangi maxsus serial suratga olinadi
Kinematografiya tarixidagi eng muvaffaqiyatli va serdaromad loyihalardan biri hisoblangan Forsaj turkumi endi striming platformalari orqali tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi. Bu haqda One.uz
Madaniyat23:43, 03-10-2026
Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi
Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi
Gollivudning dunyoga mashhur yulduzi, taniqli komik aktyor Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi. U o‘zidan 32 yosh kichik bo‘lgan rassom va aktrisa Min
Madaniyat01:56, 03-10-2026