Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+12°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Toshkentda soliq tizimidagi kamchiliklar tanqid qilindi

O‘zbekiston
34
Toshkentda soliq tizimidagi kamchiliklar tanqid qilindi
Toshkent shahridagi soliq intizomi bilan bog‘liq muammolar yuzasidan davlat rahbari raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda jiddiy tanqidlar bildirildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ayniqsa, Shayxontohur tumani soliq inspeksiyasi tomonidan “Chorsu” bozorida to‘lov intizomi yetarli darajada ta’minlanmagani, “Malika” savdo majmuasidagi holat esa yanada og‘ir ekani qayd etildi. Ma’lum bo‘lishicha, “Malika” savdo kompleksida faoliyat yuritayotgan 1,5 mingga yaqin tadbirkordan faqatgina 25 foizi belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan.

Bundan tashqari, ularning katta qismi oyiga 1 million so‘mdan kam soliq to‘lamoqda. 2025 yil dekabr oyida esa plastik kartalar orqali amalga oshirilgan 600 milliard so‘mlik savdo tushumlari yashirilgani aniqlangan.

Yig‘ilishda Toshkent shahar soliq boshqarmasi budjet rejasini asosan halol ishlayotgan tadbirkorlardan ortiqcha soliq undirish hisobiga bajarayotgani ham tanqid qilindi. Masalan, 46,4 ming korxonadan jami 876 milliard so‘m miqdorida asossiz ortiqcha soliq undirilgani ta’kidlandi.

Shuningdek, Soliq qo‘mitasi tizimida qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bo‘yicha noqonuniy ortiqcha to‘lovlar shakllantirib, davlat budjetidan qaytarish holatlari ko‘paygani ma’lum qilindi. O‘tgan yilda QQSni noqonuniy qaytarish bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha 20 nafar soliq xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mazkur kamchiliklar uchun Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayevning loqayd va mas’uliyatsiz faoliyati keskin tanqid qilindi va u lavozimidan ozod etildi. Shuningdek, Shayxontohur tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i X.

Mullajonov va Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i Y. Nasimdjanov ham ishdan olindi.

Ularning faoliyatini chuqur o‘rganish va qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Soliq qo‘mitasi raisiga Toshkent shahridagi barcha tuman soliq inspeksiyalari rahbarlarini lavozimidan ozod etish va vaqtinchalik rahbarlarni tayinlash vazifasi yuklatildi.

Qo‘mita rahbari F. Po‘latov va yangi komplayens bo‘yicha o‘rinbosar A.

Soliyevga korrupsiyaga qarshi qat’iy chora-tadbirlar ko‘rish, shuningdek, rahbarlarning lavozimga munosibligini qayta ko‘rib chiqish vazifasi topshirildi. Ularning o‘rnini tashabbuskor va shijoatli yoshlar bilan to‘ldirish zarurligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A. G‘aniyevning “tadbirkor”larga soliqdan qochishda yordam berib kelgani aniqlanib, zudlik bilan ishdan bo‘shatilishi belgilandi.

A. Soliyev va Toshkent shahar hokimiga yashirin iqtisodiyotga qarshi qat’iy kurash olib borish vazifasi yuklatildi.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
1 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9665 Nijnevartovsk
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
31 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY231 Frankfurt
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 30 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 30 oktabr
30 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY421 Deli 02:40 763 HY465 Islamabad 04:00
O‘zbekiston00:10, 30-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 29 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 29 oktabr
29 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 29-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 28 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 28 oktabr
28 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY611 Moskva 07:30 32N HY603 Moskva 07:30
O‘zbekiston00:10, 28-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 27 oktabr
27 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 02:40
O‘zbekiston00:10, 27-10-2026