Bugun
Ayshvariya Ray Hindiston go‘zali tanlovida tarix yaratdi
+15°
пасмурно ветер 2.9 м/с, С

Srechko Katanes bilan samimiy suhbat

Sport
52

Srechko Katanes bilan samimiy suhbat
MTJ sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanes jurnalist Abdulvosit Bektemirov bilan uchrashdi. Srechko Katanes bilan suhbat davomida juda ko‘plab mavzular – futboldagi taktika, murabbiyning hissiyotlari, sportdagi fenomenlar va o‘z faoliyatidagi qiziqarli voqealar xususida 2 soatcha gaplashdik. Katanes OAV vakillari ko‘z o‘ngida jiddiy va kamgap insondek tuyuladi, ammo suhbatimiz juda qiziqarli va ochiq bo‘ldi.

Endi biroz ortga va asosiy mavzuga qaytsak. O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga yo‘l oldi. MTJ mundial yo‘llanmasini 5 iyun kuni BAAga qarshi uchrashuvdan so‘ng rasman qo‘lga kiritdi, ammo bu yo‘l aslida ancha oldin boshlangan edi. Srechko Katanes terma jamoani 2021 yil avgust oyida qabul qilib oldi va 2025 yil yanvar oyiga qadar boshqarib keldi. Uning sog‘lig‘i o‘z ishini davom ettirishga yo‘l qo‘ymadi. Katanetsning o‘rnini Timur Kapadze egalladi va ushbu ikki murabbiyning sa’y-harakatlari tufayli tarixiy natija qayd etildi.

Barchasi qanday boshlangan edi?

Abu-Dabidagi o‘yinga qaytsak. Avstraliyalik hakamning final hushtagi yangraganidan so‘ng media tribunada haqiqiy bayram boshlanib ketdi. Jurnalistlar xursandchiligi va hattoki quvonch ko‘z yoshlari. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida ham nimalar ro‘y berganini bilasiz. Stadionni tark etayotgan chog‘imda, Katanetsni tabriklash va undan bugungi o‘yin haqida fikrini so‘rashim kerakligi esimga tushib qoldi. Messenjer orqali uni tabrikladim va u o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

Shundan so‘ng, biz g‘alabani nishonlashda davom etdik va Katanetsni unutib yubordim. Ikki kundan so‘ng esa Toshkentga qaytgan va terma jamoaning "Jar"da o‘tkazilgan mashg‘ulotida O‘FA Srechko Katanetsni Qatarga qarshi o‘yin uchun taklif etganidan xabar topdim. Shundan so‘ng uni darhol intervyuga taklif qildim, ammo u javob bermadi. So‘rovimga javob olmaganimdan so‘ng barchasi esimdan chiqib ketdi. Ikki kundan so‘ng esa Telegram'dan shaxsiy xabar keldi. Ilovani ochib qarasam, Katanes xabar yozgan:

"Salom. Men Toshkentdaman. Agar xohlasang, biror joyda ko‘rishib, qahva ichishimiz mumkin va gaplashib olamiz".

Shunday qilib qulay vaqt va lokatsiyani kelishdik. Nihoyat, ko‘rishdik.

- Salom. Qalaysan?
- Salom, janob Katanes. Sizni yana ko‘rib turganimdan juda xursandman. Jahon chempionatiga chiqqanimiz bilan tabriklayman. O‘zbekiston endi mundialda ishtirok etadi.

- Ha, mundialga chiqdik. Endi o‘zingni qanday his etyapsan?
- Shunchaki dahshat. Hali hamon eyforiyadaman. Aslida nimalar sodir bo‘lganini haliyam to‘liq anglab yeta olmayapman, nazarimda.

- Nega? (kuladi)
- Biz birinchi marotaba Jahon chempionatiga chiqdik. Barcha xursand. Hissiyotlar va barchasi ajoyib. Bir necha yillik orzu nihoyat amalga oshdi.

Mundial yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgani haqida:

- Xursandchilik yaxshi, ammo bunga ko‘nikish kerak. Biz bu natija sari yaqinlashib kelayotgan edik va bu amalga oshdi. Men Sloveniya bilan Jahon chempionatiga chiqqanimda ham mamlakatda shunday xursandchilik bo‘lgan edi. Hozir faqatgina jarayondan rohatlanish va ushbu onlarni yashab o‘tish kerak.

Keyin esa Katanes "Men bugun jurnalist bo‘laman", deya kuldi va menga savol bera boshladi.

- Nima deb o‘ylaysan, saralashning so‘nggi bosqichi qanday o‘tdi? Raqiblar haqidagi fikring qiziq...
- Ochig‘i, guruhimiz ancha yaxshi edi, nazarimda. Biz kuchli bo‘lgan Yaponiya yoki Koreya bilan o‘ynamadik. To‘g‘ri, Eron ham kuchli, biroq biz ularga qarshi so‘nggi vaqtlarda yaxshi natija qayd etyapmiz. Qatar bilan tez-tez o‘ynab turibmiz. Raqiblar masalasida omadimiz keldi deb hisoblayman.

- Ha, fikring to‘g‘ri. Biz Yaponiya yoki Avstraliya kabi mamlakatlar uzoq safar qilmadik. Faqatgina bir marotaba Laosga bordik xolos. Umuman olganda, hammasi yaxshi o‘tdi.

Davomi ertaga...


Manba: championat.asia

O‘xshash yangiliklar

Real Madrid Malyorka bilan muhim o‘yinga tayyorlanmoqda
Real Madrid Malyorka bilan muhim o‘yinga tayyorlanmoqda
«Real Madrid» jamoasining bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Ispaniya chempionati 30-turidan oldin, “Malyorka”ga qarshi o‘tkaziladigan o‘yinga oid fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Kecha, 15:15
Ronaldu jarohatdan sog‘ayib maydonga qaytdi
Ronaldu jarohatdan sog‘ayib maydonga qaytdi
Portugaliya milliy terma jamoasi va Saudiyaning «An Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu orqa son mushaklari jarohatidan to‘liq tuzalib, maydonga qaytdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda
Sport Kecha, 14:04
Atletiko Madrid Ederson transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi
Atletiko Madrid Ederson transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi
Yarimhimoyachi Edersonning yozgi transferi haqida xabarlar tobora dolzarb bo‘lmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ispaniyaning “Atletiko Madrid” klubi braziliyalik 26 yoshli futbolchini qishki
Sport Kecha, 14:00
Pep Gvardiola Manchester Siti kelajagini mavsum oxirida belgilaydi
Pep Gvardiola Manchester Siti kelajagini mavsum oxirida belgilaydi
Angliya futbolida katta eʼtibor markazida turgan masalalardan biri — Pep Gvardiolaning kelajagi hisoblanadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Turli manbalarga, xususan The Telegraph nashriga ko‘ra,
Sport Kecha, 12:41
Jahon Chempionati final chiptalari narxi keskin oshdi
Jahon Chempionati final chiptalari narxi keskin oshdi
Jahon futboli ixlosmandlari uzoq kutilgan Jahon Chempionati 2026 yilgi final uchrashuvi haqida yangi va muhim xabarlar oldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. FIFA tashkiloti AQShdagi mashhur “MetLife
Sport Kecha, 12:11
PSJ Kamavingani yozda sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
PSJ Kamavingani yozda sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
Fransiyaning nufuzli klublaridan biri bo‘lgan “Pari Sen-Jermen” jamoasi Ispaniyaning “Real Madrid” klubi yarim himoyachisi Eduardu Kamavingaga yozgi transfer oynasida qiziqish bildirmoqda. Bu haqda
Sport Kecha, 09:00