Ronaldu jarohatdan sog‘ayib maydonga qaytdi
Portugaliya milliy terma jamoasi va Saudiyaning «An Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu orqa son mushaklari jarohatidan to‘liq tuzalib, maydonga qaytdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Bu haqda ishonchli manba Fabritsio Romano va ispan nashri Marca xabar berdi. Ronaldu 28 fevral kuni Saudiya chempionati doirasida bo‘lib o‘tgan «Al Fayha»ga qarshi o‘yinda jarohat olgandi.
U o‘yinning so‘nggi daqiqalarida maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Jarohatidan so‘ng futbolchi reabilitatsiya uchun Madridga yuborildi va shaxsiy fizioterapevt nazorati ostida tiklanish jarayonini boshladi.
Jarohat tufayli Ronaldu «An Nasr» jamoasining bir necha chempionat o‘yinlarida qatnasha olmadi. Shuningdek, Portugaliya milliy jamoasining Meksika va Amerika Qo‘shma Shtatlariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ham maydonga chiqmadi.
Hozirda Ronaldu nafaqat Saudiyadagi klubida chempionlik uchun kurashda yordam bermoqda, balki 2026 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etishi kutilmoqda. Portugaliya K guruhida Kolumbiya, Kongo Demokratik Respublikasi va O‘zbekiston bilan bir guruhda o‘ynaydi.
Joriy mavsumda Ronaldu Saudiya Proligasida 22 ta o‘yinda 21 ta gol urdi. U butun faoliyati davomida 965 marta gol kiritgan va 1000 ta gol rekordiga erishish uchun harakat qilmoqda.
Manba: One.uz