Bugun
O‘zbekistonda 2026-yilda aholi ro‘yxatga olinadi
+27°
ясно ветер 2.1 м/с, З

Shohnur Xalilov - so'nggi yangiliklar

100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Foto: Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan surat Biznes sheriklar Toshkent shahrida yashovchi Zayni Eshonqulov poyabzal savdosi bilan shug‘ullangan. U poytaxtdagi Eshonguzar bozorida oyoq kiyim sotgan. Marg‘ilonlik Shohnur Xalilov esa Zayni Eshonqulovning biznes sherigi bo‘lgan. Bu ikkovlon bir marta o‘zaro hamkorlik qilishgan. Ya’ni Marg‘ilondagi poyabzal ishlab chiqaruvchi korxona dileri bo‘lgan Shohnur Xalilov Zayni Eshonqulovga 50 mln so‘mlik shippak bergan. Ammo Eshonqulov yoz mavsumi davomida ushbu tovarning barchasini sota olmagan hamda Xalilovdan 17 mln so‘m qarz bo‘lib qolgan. Sotuvchi ma’lum muddat dilerga ushbu pulni qaytara olmagan. Barchasi shundan boshlangan. 100 ming dollarlik reja Biznes sheriklar o‘rtasida 17 mln so‘m “oldi-berdi” bo‘lgan o‘sha kunlarda Shohnur Xalilov Zayni Eshonqulovga sim qoqib, uni Marg‘ilonga chaqirgan. “Ikkita korxona dilerligini oldim. Kelsangiz ushbu korxonalardan tovar olib beraman”, degan u va Telegram orqali lokatsiya tashlab bergan. Uning gaplariga ishongan poyabzal sotuvchi 2024 yilning 22 aprel kuni otasi va turmush o‘rtog‘i bilan birga Marg‘ilon shahriga qarab yo‘lga chiqqan. Uni Xalilov Marg‘ilon shahridagi katta aylanma yo‘l bo‘yida kutib olgan hamda o‘z mashinasiga mindirgan. “Hozir ofisga boramiz. Shohimardondan bir o‘rtog‘im keldi. U Rossiyaga borib, katta pul ishlab topgan. Undan pul olib, birga tadbirkorlik qilamiz. O‘rtog‘im oldida mendan biznes uchun 100 ming dollar qarz olganingizni aytib, uni qachon qaytarishingizni so‘rayman. O‘rtog‘imning ko‘p puli bor, uni o‘zaro hamkorlikka ishontirish uchun shunaqa deyman”, deya iltimos qilgan Shohnur Xalilov yo‘l-yo‘lakay Zayni Eshonqulovdan. Poyabzal sotuvchi uning gaplariga ishonib, garchi 100 ming dollar qarzi bo‘lmasa-da, bunga rozi bo‘lgan. Shohimardonlik “puldor” kim? Xalilov biznes sherigiga aytgan shaxs Nozim Qodirov edi. Ammo u Rossiyadan katta miqdorda pul ishlab kelgan puldor emas, shunchaki Shohnur Xalilovga chuv tushgan inson edi. Ya’ni Xalilov tadbirkorlik qilish va har oyda foydadan pul berib turish sharti bilan Nozim Qodirovdan 12 ming dollar pul olgan, biroq qarzining asosiy qismini qaytarmay kelgan. Pulini so‘rab borgan Nozim Qodirovga Shohnur Xalilov bir odamda 100 ming dollar qarzi borligini, shuni olsa pulini qaytarishini bildirgan. Oradan 10 kun o‘tib, Shohnur Xalilov Nozim Qodirovga bir odam bilan ko‘rishishlari kerakligini aytgan. “Unda 100 ming dollar haqqim bor, ammo berayotganda tilxat yozdirib olmagandim. Uning oldida o‘zingizni 200 ming dollar puli bor odam qilib ko‘rsatasiz, videoga olamiz”, degan Xalilov. Nozim Qodirov aytgan odamidan pulini olsa qarzini qaytaradi degan o‘yda rozilik bildirgan. Shu tariqa Shohnur Xalilov har ikki tomonni aldagan. Ofisdagi uchrashuv 2024 yilning 22 aprel kuni Shohnur Xalilov Nozim Qodirovga qo‘ng‘iroq qilgan va “100 ming dollar berishi kerak bo‘lgan odam” kelayotganini aytib, uni ofisga chaqirgan. U poyabzal sotuvchi Zayni Eshonqulovni nazarda tutgandi. Shu tariqa, uchalasi Xalilovning ofisida uchrashgan. Jarayonda Nozim Qodirov puldor shaxs, Zayni Eshonqulov esa 100 ming dollar qarzi bor inson rolini o‘ynagan. “Qanaqa biznes proyekt bo‘lsa ayting, akamizda pul bor”, degan Xalilov poyabzal sotuvchiga Nozim Qodirovni ko‘rsatib. So‘ngra suhbat jarayonida Eshonqulovdan 100 ming dollar qarzini qachon berishini so‘ragan. Bunga javoban Zayni Eshonqulov 50 ming dollarini ertaga, qolganini 5 kundan keyin berib yuborishini aytgan. Shohnur Xalilov ushbu suhbatni telefonida videotasvirga tushirgan. “Rostga aylangan” yolg‘on Ofisdagi uchrashuvdan so‘ng Zayni Eshonqulov Toshkentga qaytib ketgan. Oradan bir necha kun o‘tib, Shohnur Xalilov telefon orqali suhbatda unga puldor tanishi bizneslariga pul tikmasligini aytgan. 2024 yil 8 may kuni Xalilovning akasi A.Komilov poyabzal sotuvchiga qo‘ng‘iroq qilgan hamda ukasidan olgan 100 ming dollar qarzini nega bermayotganini so‘ragan. Bu gapdan shok holatiga tushib qolgan Zayni Eshonqulov Xalilovdan 100 ming dollar emas, 17 mln 46 ming so‘m qarzi borligini bildirgan. Shundan so‘ng Xalilov Eshonqulovga qo‘ng‘iroq qilib, 100 ming dollar qarzini berishni so‘ray boshlagan. Oradan ma’lum muddat o‘tgach Shohnur Xalilov Zayni Eshonqulov ustidan IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Dalil sifatida ofisda yozib olingan videotasvir taqdim etilgan. Kamiga uning iltimosi bilan Nozim Qodirov tergovga ham yolg‘on ko‘rsatma bergan. Shu tariqa, Marg‘ilon shahar IIB tomonidan Zayni Eshonqulovga firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan hamda u ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Tergov bir tomonlama olib borilib, poyabzal sotuvchi 40 kun qamoqda yotgan. Tezkor tadbirda ushlangan tergovchi Bu orada ushbu “delo” bo‘yicha tergov Farg‘ona tuman IIBga o‘tkazilgan hamda hammasi teskari tomonga o‘zgarib ketgan. Ya’ni, 40 kun qamoqda yotgan Zayni Eshonqulov qo‘yib yuborilgan, Shohnur Xalilovga esa jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. O‘sha vaqtda Marg‘ilon shahar IIB tergov bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan A.Murtazaqulov esa Zayni Eshonqulovni ayblash uchun asoslar yetarli bo‘lmayotganini aytib, Xalilovdan 30 ming dollar so‘ragan va tezkor tadbirda qo‘lga olingan. Bu haqda sud hukmida, Shohnur Xalilovning ko‘rsatmasida keltirilgan. “Marg‘ilon shahar IIB Tergov bo‘limi boshlig‘i A.Murtazaqulov meni chaqirtirib, dalillar tasdiqlanmayotgani va Z.Eshonqulovni ayblash uchun asoslar yetarli bo‘lmayotgani sababli 30 ming dollar berishni, shunda jinoyat ishi sudga chiqishini, ushbu puldan o‘ziga hech qanchasi qolmasligini aytdi. Shundan so‘ng tanishlarim bilan gaplashib, A.Murtazaqulovning harakati noqonuniy ekanini bildim. 2024 yil noyabr oyida uning ustidan DXXga ariza bilan murojaat qildim. A.Murtazaqulovga nisbatan tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir jarayonida A.Murtazaqulovni ofisimga chaqirtirib, unga 500 dollar berdim. A.Murtazaqulovni ushlashdi va u ishdan ketdi. Shu holatdan keyin jinoyat ishi bo‘yicha tafsilotlar teskarisiga ketib, A.Murtazaqulovga nisbatan tadbir qilib berganim uchun tergov organi Z.Eshonqulovni qamoqdan qo‘yib yuborib, menga nisbatan nohaq ayblov e’lon qildi”, degan Shohnur Xalilov o‘z ko‘rsatmasida. Yuzaga chiqqan haqiqat Shohnur Xalilov “o‘yini” va yuzaga keltirgan sun’iy dalillari bilan hatto tergovchilarni ham chalg‘ita olgandi. Ammo yakun baribir u o‘ylagani kabi bo‘lmadi. Haqiqat qaror topdi. Xalilov tergovdagi ko‘rsatmasida Zayni Eshonqulov 2023 yil noyabr oyi o‘rtalarida Marg‘ilon shahridagi ofisiga bir o‘zi Gentra mashinasida kelib, undan 100 ming dollarni olib ketganini aytgan. Zayni Eshonqulov esa 2023 yilda umuman Marg‘ilon shahriga kelmagani, shuning uchun 2024 yil 22 aprel kuni kelganida Shohnur Xalilov unga lokatsiya tashlab berganini bildirgan. Xalilovning bu yolg‘oni Zayni Eshonqulovga tegishli telefon raqamining detalizatsiya va plingatsiya ma’lumotlari bilan rad etilgan. Qolaversa, sudda Nozim Qodirov puldor odam rolini Xalilovning iltimosiga ko‘ra o‘ynaganini, tergovda ham yolg‘on ko‘rsatma berganini tan olgan. Yana bir guvoh O.Obidov ham Shohnur Xalilovning iltimosi tufayli dastlabki tergovda Zayni Eshonqulov Xalilovning ofisidan qo‘lida qora yelim idishda nimadir olib chiqib ketganini ko‘rgani haqida yolg‘on ko‘rsatma berganini, aslida uni tanimasligini aytgan. Shohnur Xalilov sudda aybiga iqrorlik bildirmagan. U Zayni Eshonqulovga tuhmat qilmaganini, unda haqiqatan ham 100 ming dollar haqqi borligini, bu pullarni yillar davomida ishlab topganini ma’lum qilib, o‘ziga nisbatan oqlov hukmi chiqarishni so‘ragan. Biroq uning aybi jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatmalari, yuzlashtirish bayonnomalari, Eshonqulovga tegishli telefon raqamlarining detalizatsiya va plingatsiya ma’lumotlari hamda boshqa dalillar yig‘indisi bilan o‘z isbotini topgan deb hisoblangan. Shohnur Xalilov sudda aybiga iqror bo‘lmasdan, o‘ziga nisbatan nohaq ayblov e’lon qilingani, Marg‘ilon shahar IIB tergov bo‘limi boshlig‘i A.Murtazaqulovga nisbatan tadbir qilib bergani sababli jinoyat ishi bo‘yicha tafsilotlar teskarisiga ketib, tergov organi Eshonqulovni qamoqdan qo‘yib yuborgani va uni qamab qo‘ygani haqidagi ko‘rsatuvi yuqoridagi dalillar bilan rad etilgan. Jazo Sud hukmi bilan Shohnur Xalilov Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi “a, b, g” bandlari (og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab, og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan holda g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda tuhmat qilish) hamda 237-moddasi 2-qismi “a, g” bandlarida (ayblovning sun’iy dalillarini vujudga keltirgan holda og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab yolg‘on xabar berish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga har bir modda bo‘yicha tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Shuningdek, Shohnur Xalilovdan jabrlanuvchi Zayni Eshonqulov foydasiga 50 mln so‘m ma’naviy zarar undirish belgilangan. Ruslan Saburov, Sud materiallari asosida tayyorlandi. Manba: Kun.uz
Jamiyat 19:09, 5-04-2025

Ko'p o'qilgan yangiliklar

Toshkentda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtaydi
Toshkentda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtaydi
Toshkent shahrining markaziy issiq suv ta’minoti tizimini boshqaruvchi Veolia Energy Tashkent kompaniyasi 2024 yil sentabr va oktyabr oylarida amalga oshiriladigan rejalashtirilgan texnik xizmat ko‘rsatish ishlari jadvalini e’lon qildi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi. Ushbu profilaktika tadbirlari davomida markaziy isitish tizimiga ulangan turar joylarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Har bir bosqichda suv ta’minotining uzilishi besh kun davom etadi. Kompaniyaning rasmiy bayonotida qayd etilishicha, bu chora-tadbirlar shaharning issiq suv va isitish infratuzilmasini kelayotgan qish mavsumiga tayyorlash uchun juda muhimdir. Diagnostika va zarur ta’mirlash ishlari tizimning qishki yuklamalar vaqtida barqaror va nosozliksiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan. Veolia Energy Tashkent rahbariyati poytaxt aholisi va tashkilotlaridan vaqtinchalik noqulayliklarga sabr-toqat bilan yondashishni so‘radi. Texnik xizmat ko‘rsatish ishlari va issiq suv ta’minotining vaqtincha to‘xtatilishi quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 8-12 sentabr kunlari Mirzo Ulug‘bek, Temur Malik, Avayxon, Mingbuloq ko‘chalari, shuningdek Mirishkor, Shukura Burxonova, Razzok Hamroyev, Salom, Durmon yo‘li va Feruza hududlarida suv uzilishi kuzatiladi. Shuningdek, Karasu-1,2,3,4,6, Buz-2 va Feruza massivlari, Zarqarlik, Lutfi, Bog‘iston, Katartal, Guliston, Farhod ko‘chalari va boshqa bir qator hududlarda ham vaqtincha to‘xtatishlar bo‘ladi. 15-19 sentabr kunlari Qorasuv, Besharyk, Birlashgan, Elbek, Asalobod, Quruvchilar, Uysuzlar, Parkent, Chulpon, Alimkent ko‘chalari va Axangaran shosse hududlarida suv ta’minoti to‘xtatiladi. Tuzel, Uysuzlar, Asalobod massivlari va Aviagorodok shaharlarida ham shu tarzda xizmat ko‘rsatish vaqtincha to‘xtatiladi. Shuningdek, shahar markazi va uning atrofidagi ko‘plab ko‘chalar va massivlar bu jarayonga kiradi. 22-26 sentabr kunlari Mustaqillik prospekti, Mirzo Ulug‘bek, Buyuk Ipak Yo‘li, Qari Niyoziy, Sayram, Tamara Xonim, Akkurgan, Osiyo, Lev Tolstoy ko‘chalari va atrofdagi hududlarda profilaktika ishlari olib boriladi. Bu davrda Yalangach, Tashselmash, Mavlono Riyoziy, Buz-1 massivlari va boshqa hududlarda issiq suv ta’minoti vaqtincha uziladi. 29 sentabr – 3 oktyabr kunlari Amir Temur va Mustaqillik prospektlari, Ahmad Donish, Sharofa Rashidov, Yahyo Gulyamov ko‘chalari, Shahrisabz, Shastri, Yangishahar, Dehqonobod hududlari va boshqa ko‘plab joylarda suv ta’minoti to‘xtatiladi. Shu bilan birga, Beltepa, Ibn Sino, Jararyk, Beshqurghan, Olimpiya massivlari va talabalar shaharchalari ham vaqtincha issiq suvsiz qoladi. 6-10 oktyabr kunlari Munis, Sarikul, Eski Sarikul, Yangizamon, Yangi Kuyluk, Abdurauf Fitrat, Farg‘ona Yo‘li va Kuyluk massivlarida ham shu kabi texnik xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshiriladi. Sergeli tumanidagi ko‘plab ko‘cha va massivlarda ham issiq suv ta’minoti vaqtinchalik uziladi. Toshkent markaziy issiq suv ta’minoti tizimi Markaziy Osiyodagi eng yirik tizimlardan biri hisoblanadi. Uning umumiy uzunligi 2000 kilometrdan ortib, bu masofa Toshkentdan Istanbulgacha bo‘lgan to‘g‘ri chiziq masofasiga tengdir. Shuning uchun, belgilangan muddatlarda amalga oshiriladigan texnik xizmat ko‘rsatish ishlari shaharning issiq suv va isitish tizimining ishonchli ishlashini ta’minlash uchun zarurdir. Aholidan vaqtinchalik noqulayliklarga tushunish bilan qarashlari so‘raladi.
Jamiyat 15:56, 6-09-2025
Bugun O‘zbekistonda to‘liq Oy tutilishi kuzatiladi
Bugun O‘zbekistonda to‘liq Oy tutilishi kuzatiladi
Bugun, 7 sentyabr kuni, O‘zbekiston osmonida noyob astronomik hodisa — to‘liq Oy tutilishi yuz beradi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu hodisa mamlakatimizning barcha hududlaridan aniq ko‘rinadi. Oy tutilishi paytida Oy yuzasi butunlay Yer soyasida qoladi. To‘liq fazali tutilish 1 soat 22 daqiqa davom etadi, biroq butun jarayon 5 soatdan ortiq vaqtni o‘z ichiga oladi. Bu hodisa nafaqat O‘zbekistonda, balki Evroosiyo va Afrikadagi bir qator davlatlarda ham kuzatiladi. Jumladan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston, Eron, Arab davlatlari, shuningdek, Pokiston, Hindiston, Xitoy, Janubiy va Shimoliy Koreya, Malayziya, Vyetnam, Laos kabi mamlakatlarda to‘liq Oy tutilishini ko‘rish mumkin. Rossiyaning markaziy hududlari, Turkiya, Ozarbayjon, Saudiya Arabistoni, Yaponiya va Avstraliyaning ayrim joylarida ham Oy to‘liq soyada qoladi. Yevropa, Filippin, Gavayi, Fidji va Yangi Zelandiya esa qisman tutilishni kuzatadi. O‘zbekistonda Oy tutilishining aniq vaqtlari quyidagicha: qisman tutilish Toshkent vaqti bilan 21:27 da boshlanadi, to‘liq faza 22:30 da kirib keladi, 23:11 da eng yuqori nuqtaga yetadi, 23:52 da to‘liq faza yakunlanadi va 8 sentyabr soat 00:56 da qisman faza ham tugaydi. Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, tutilish davomida Oyning ufqdan balandligi dastlab 27 darajani tashkil etadi, maksimal paytda esa 39 darajagacha ko‘tariladi. Eng muhimi, ushbu hodisani kuzatish uchun teleskop yoki boshqa maxsus uskunalar talab qilinmaydi. Oddiy ko‘z bilan ham Oy tutilishini xavfsiz tomosha qilish mumkin. Olimlar ta’kidlaganidek, Oy tutilishini bevosita ko‘z bilan kuzatish mutlaqo xavfsiz hisoblanadi. Astronomiya ixlosmandlari va oddiy fuqarolar uchun bu kecha tabiatning noyob go‘zalligini ko‘rish va esda qolarli xotira yaratish uchun ajoyib imkoniyatdir. Manba: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi.
Oʻzbekiston 18:42, 7-09-2025
Rossiyada yangi mRNK vaksina saraton uchun ro‘yxatdan o‘tmoqda
Rossiyada yangi mRNK vaksina saraton uchun ro‘yxatdan o‘tmoqda
Rossiya Federal tibbiyot-biologik agentligi (FTBA) yangi mRNK vaksinasining saraton kasalligiga qarshi zarur tadqiqotlarini yakunlab, uni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlarni taqdim etdi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi. Bu esa vaksinaning klinik qo‘llanilishiga yo‘l ochmoqda. Agentlik rahbari Veronika Skvortsova yaqinda “Izvestiya” nashriga bergan intervyusida shunday ma’lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Enteromiks” nomli preparatni qo‘llash uchun ruxsat olish hujjatlari 2025-yilning yoz oxirida Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirilgan. Bu jarayon klinikadan oldingi uzoq sinovlardan so‘ng amalga oshirildi va ular preparatning xavfsizligi hamda samaradorligini tasdiqladi. Ushbu vaksinani ishlab chiqish shaxsiylashtirilgan dori vositalarini yaratish bo‘yicha kengroq tashabbusning bir qismi hisoblanadi. mRNK texnologiyasi asosida yaratilgan preparat har bir bemor uchun o‘ziga xos bo‘lgan o‘sma hujayralarining xususiyatlariga moslashtirilgan vaksina yaratishni nazarda tutadi. Tadqiqotlarda hayvonlarda, xususan ichak adenokarsinomasi bilan og‘rigan modellar ustida sinovlar o‘tkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, preparat o‘smaning o‘sishini sekinlashtirishi bilan birga uning hajmini 75-80 foizga kamaytirgan. Veronika Skvortsova ta’kidlaganidek, ushbu vaksina bo‘yicha uch yillik tadqiqotlar muvaffaqiyatli yakunlandi va yaqin kelajakda regulyatorning tasdig‘idan so‘ng bemorlarda qo‘llanishi rejalashtirilmoqda. Dastlab kolorektal saraton kasalligiga chalingan bemorlar ushbu terapiyaga kirishadi, keyinchalik esa melanoma va glioblastoma kabi miyadagi eng agressiv o‘smalar uchun moslashtiriladi. Saraton kasalliklari sohasidagi yutuqlarga parallel ravishda Rossiya neyroproteziya bo‘yicha ham katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Veronika Skvortsova mikroelektrodlarni nerv uchlariga implantatsiya qilish orqali protezlarni sezgir qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirilayotganini qayd etdi. Bu yo‘nalish FTBAning Miya va neyrotexnologiyalar markazi bilan “Motorika” kompaniyasi hamkorligida rivojlantirilmoqda. Mazkur markaz jahon miqyosida ilmiy markaz maqomini olgan va tegishli grant bilan ta’minlangan. Jarayon bir necha bosqichdan iborat bo‘lib, fantom og‘riqlarni bartaraf etishdan tortib, virtual haqiqat yordamida protezlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni sezgir qilishgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ushbu texnologiyalarga kengroq kirishni ta’minlash maqsadida maxsus tibbiyot muassasalari tarmog‘i tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. 2027-yilgacha mamlakatning turli hududlarida, jumladan Primorskiy kraida o‘nta yangi protez va reabilitatsiya markazlari ochilishi nazarda tutilgan. Ularda Moskva yaqinidagi Goluboye qishlog‘ida faoliyat yuritayotgan birinchi markaz modeli asos bo‘ladi. Yangi rus vaksinasi uchun asos bo‘lgan mRNK texnologiyasi COVID-19 pandemiyasi davrida jahon miqyosida tanildi. Biroq uning saraton kasalliklarini davolashdagi imkoniyatlari olimlar tomonidan o‘nlab yillar davomida o‘rganib kelindi. 1990-yillarning o‘rtalarida sichqonlarda mRNK yordamida saraton hujayralariga qarshi immun javobni keltirib chiqarish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli tajribalar o‘tkazilgan edi.
Jamiyat 14:43, 6-09-2025
Zidan Fenerbahchening yangi bosh murabbiyi bo‘ldi
Zidan Fenerbahchening yangi bosh murabbiyi bo‘ldi
Turkiyadan hayratlanarli yangiliklar kelmoqda. Bu haqida Euro-football.ru xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Zinedin Zidan «Fenerbahche» futbol klubining yangi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin. Klub rahbariyati yozda jamoani sezilarli darajada kuchaytirganidan so‘ng, Zidan bilan dastlabki kelishuvga erishgan. 53 yoshli murabbiy maosh va shart-sharoitlar bo‘yicha muzokaralar yakunlangach, Turkiyaga ko‘chib o‘tadi, deb xabar beradi Sabah Spor nashri. Eslatib o‘tamiz, yaqinda «Fenerbahche» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan xayrlashdi. Bu qaror Stambul «kanarichkalari» Chempionlar Ligasi saralash bosqichida «Benfika»ga yutqazgach qabul qilindi. Oldinroq matbuotda Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Deshamning o‘rnini egallashni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Desham ushbu lavozimni 2026 yilgi jahon chempionati yakunida tark etishi kutilmoqda. Bu yangiliklar futbol ixlosmandlari orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Sport 01:50, 8-09-2025
Apple iPhone 17 Pro va Pro Max taqdimoti
Apple iPhone 17 Pro va Pro Max taqdimoti
Apple kompaniyasi sentabr oyida o‘zining yangi flagman smartfonlari iPhone 17 Pro va iPhone 17 Pro Max modellarini taqdim etdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Ushbu qurilmalar nafaqat ichki imkoniyatlari, balki tashqi ko‘rinishi bilan ham sezilarli darajada yangilangan. Eng katta o‘zgarishlardan biri orqa kamera podining butun korpus eni bo‘ylab joylashganidir. Sensorlar joylashuvi avvalgidek qolgan, ammo LiDAR va chaqnoq endi qarama-qarshi tomonda joylashgan. Apple titan korpusdan voz kechib, alyuminiy korpusga qaytdi. Alyuminiy issiqlikni oldingiga nisbatan 20 barobar samaraliroq tarqatadi. Korpus to‘liq metall bo‘lib, orqa qismida simsiz zaryadlash uchun Ceramic Shield oynali maydon mavjud. Old panelda yangi Ceramic Shield 2 ishlatilgan bo‘lib, u uch barobar mustahkamroqdir. Shuningdek, ekran yuzasida yorug‘likni aks ettirmaydigan qoplama qo‘llanilgan. Ichki quvvat jihatidan yangi Apple A19 Pro chipi o‘rnatilgan. U 6 yadroli protsessor va 6 yadroli grafik protsessorga ega bo‘lib, ikkinchi avlod Dynamic Caching texnologiyasi yordamida uzoq davom etadigan vazifalarda oldingiga nisbatan 40 foiz tezroq ishlaydi. Pro modellarda birinchi marta bug‘ yordamida sovitish tizimi joriy etilgan bo‘lib, alyuminiy korpus bu jarayonga yordam beradi. Kamera tizimi ham sezilarli yangilangan. Endi to‘liq 48 megapikselli asosiy, ultra keng va telefotokameralar mavjud. Telefotokamera 8 barobar optik zoom, shuningdek 4 barobar rejimi va 3D stabilizatsiya funksiyasiga ega. Old kamera esa 18 megapikselli bo‘lib, Center Stage texnologiyasi bilan jihozlangan. Bundan tashqari, ProRes RAW formatida video yozish imkoniyati qo‘shilgan, bu esa videomontaj bilan shug‘ullanuvchilar uchun muhim yangilik hisoblanadi. Avtonomiya ko‘rsatkichlariga kelsak, iPhone 17 Pro modeli 33 soat video ko‘rish imkoniyatiga ega, iPhone 17 Pro Max esa 39 soat ishlaydi. Qurilmalarni 0 dan 50 foizgacha zaryadlash uchun atigi 20 daqiqa vaqt ketadi. Narxlari quyidagicha belgilangan: iPhone 17 Pro 1099 dollar, iPhone 17 Pro Max esa 1199 dollar. Qurilmalar 19 sentabrdan sotuvga chiqadi. Ranglar qatorida Silver, Deep Blue va Cosmic Orange mavjud. Yangi TechWoven g‘iloflar va Crossbody Strap aksessuar sifatida taqdim etildi. Apple kompaniyasi ushbu yangilanishlar bilan haqiqatan ham “Pro” darajasiga chiqa oldimi, bu savol foydalanuvchilar orasida muhokama qilinmoqda. Yangi modellar yuqori darajadagi quvvat va sifatni taqdim etadi, bu esa ularning bozordagi o‘rnini mustahkamlashga yordam beradi.
Texnologiya 23:46, 9-09-2025
Angrenda 7 kishi halok bo‘lgan avtohalokat
Angrenda 7 kishi halok bo‘lgan avtohalokat
Avvalroq Angrenda yuz bergan yirik yo‘l-transport hodisasi haqida xabar berilgandi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi. Toshkent–Osh xalqaro avtomobil yo‘lida bir nechta transport vositalari ishtirokida avtohalokat sodir bo‘ldi. Hodisa 7-sentyabr kuni soat taxminan 12:20 da yuz berdi. Ichki ishlar organlaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Shacman rusumli yuk mashinasi, unda sement tashilayotgan va 44 yoshli haydovchi boshqaruvida bo‘lgan, boshqaruvni yo‘qotib, temiryo‘l o‘tish joyida to‘xtab turgan ikkita yuk mashinasi va beshta yengil avtomobilga urildi. Zarba natijasida yong‘in yuzaga keldi, ammo voqea joyiga yetib kelgan tezkor xizmatlar tomonidan tezda o‘chirilgan. Ichki ishlar organlari o‘lim va jarohat olganlar soni haqida ma’lumot berdi. Hodisa joyida yetti kishi halok bo‘ldi. Besh kishi shifoxonaga yotqizildi, yana to‘rt nafar ishtirokchi tibbiy yordam olib, uyiga yuborildi. Hozirgi vaqtda hukumat hodisaning sabablarini o‘rganish uchun komissiya tuzdi. Komissiyaga boshchilik qilish uchun Bosh vazir o‘rinbosari Achilbay Ramatov tayinlandi.
Jamiyat 01:06, 8-09-2025
Tedeskoning «Fenerbahche» bosh murabbiyi bo‘lish ehtimoli yuqori
Tedeskoning «Fenerbahche» bosh murabbiyi bo‘lish ehtimoli yuqori
Nemis murabbiyi Domeniko Tedeskoning hozirgi vaqtda «Fenerbahche» jamoasining bosh murabbiyi lavozimiga nomzodlar ro‘yxatida yetakchi o‘rinlarni egallayotgani haqida xabar berilmoqda. Bu haqida Euro-football.ru xabar berdi. Bu haqda turk jurnalisti Doruk Tedjimer ma’lum qilgan. Eslatib o‘tamiz, ilgari «Fenerbahche» bosh murabbiysiz qolgan edi. Klub Portugaliyalik murabbiy Zhoze Mourinyu bilan shartnomani bekor qilgan, bu esa jamoaning UEFA Chempionlar Ligasi pley-off bosqichidan chiqib qolishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Turkiya chempionatida esa «Fenerbahche» so‘nggi to‘rt mavsum davomida ikkinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Domeniko Tedeskoning so‘nggi ish joyi Belgiya milliy terma jamoasi bo‘lgan. U bu lavozimni 2025 yil yanvar oyida tark etgan. Hozirda u «Fenerbahche» bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan nomzod sifatida ko‘rilmoqda. Jamoa rahbariyati va muxlislar yangi murabbiydan yuqori natijalar kutmoqda.
Sport 23:24, 5-09-2025
Shimoliy Karolinada ukrainalik qochqin poyezdda o‘ldirildi
Shimoliy Karolinada ukrainalik qochqin poyezdda o‘ldirildi
Shimoliy Karolinada 23 yoshli ukrainalik qochqin Irina Zarutska poyezdda pichoqlab o‘ldirildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Politsiya ayolga hujum qilgan 34 yoshli Dekarlos Braunni qo‘lga oldi va uni qotillikda ayblamoqda. Voqea videoga tushib, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi, bu esa jamoatchilik orasida katta norozilikka sabab bo‘ldi. Shahar meri ushbu holatni sud tizimidagi xato deb atab, transportda xavfsizlikni oshirish bo‘yicha choralar ko‘rilishini va’da qildi. Zarutskaning oilasi uning 2022-yilda urushdan qochib AQShga kelganini va yangi hayotga tez moslashganini bildirdi. U san’atga qiziqardi, hayvonlarni yaxshi ko‘rar va oilasi bilan baxtli yashardi. Ushbu voqea siyosiy bahslarga ham sabab bo‘ldi. Ayrimlar Braun ilgari og‘ir jinoyatlar uchun jazolangan bo‘lsa-da, ozodlikka chiqqanini tanqid qildi. Shtat rahbari esa jinoyatchilikka qarshi yanada samarali choralar ko‘rishga chaqirdi. Bu voqea jamiyatda xavfsizlik va adolat masalalarini yana bir bor muhokama qilishga sabab bo‘ldi.
Dunyo 13:14, 9-09-2025