Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+15°
пасмурно ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Sony o‘zining ilk elektromobili Afeela 1 ni taqdim etdi: narxlari va xususiyatlari!

Avto
198
Sony o‘zining ilk elektromobili Afeela 1 ni taqdim etdi: narxlari va xususiyatlari!
Yaponiyaning Sony kompaniyasi o‘zining birinchi elektromobilini taqdim etdi. Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan CES-2025 ko‘rgazmasida Sony va Honda hamkorligida yaratilgan yangi Afeela 1 elektromobili namoyish qilindi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu avtomobil faqat AQSh bozorida sotuvga chiqariladi.

Afeela 1 elektromobilining boshlang‘ich Origin versiyasi narxi 89,900 dollarni tashkil etadi. Yana-da qulaylik va texnologiyaga boyroq Signature variantining narxi esa 103,000 dollar.

Ushbu elektromobil uzunligi 4,90 metr bo‘lib, ikkita motorli tizimi yordamida 490 ot kuchini taqdim etadi. Avtomobilning 91 kVt/soat sig‘imli akkumulyatori bir zaryad bilan 480 kilometr masofani bosib o‘tishni ta’minlaydi. Shuningdek, maksimal zaryadlash quvvati 150 kVt bo‘lib, bu tez zaryad olish imkonini beradi.

Avtomobilning eng muhim xususiyatlaridan biri — old panel bo‘ylab joylashgan raqamli displey. Bu “kokpit” nafaqat old o‘rindiqdagi haydovchi va yo‘lovchilar uchun, balki orqa o‘rindiqda o‘tirganlarga ham mo‘ljallangan ekranlarga ega. Ularda Sony kino portali orqali filmlar tomosha qilish yoki PlayStation o‘yinlarini o‘ynash mumkin.

Afeela 1 aerodinamik ko‘rinishga ega bo‘lib, bir qator ilg‘or xavfsizlik texnologiyalari, 3-darajali avtopilot tizimlari va haydovchiga yordam beruvchi zamonaviy funksiyalar bilan jihozlangan.

Yangi avtomobilni buyurtma qilish uchun 200 dollar oldindan to‘lov talab qilinadi. Biroq xaridorlar ilk avtomobillarni faqat 2026 yil o‘rtalarida, hozircha faqat Kaliforniya shtatida qabul qilishlari mumkin bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Tramp bojlari Audi Jorjiya shtatida 4 milliardlik zavod qurishga majbur qildi
Tramp bojlari Audi Jorjiya shtatida 4 milliardlik zavod qurishga majbur qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp ma'muriyati joriy etgan qat'iy bojxona siyosati global avtosanoat gigantlarini strategik qarorlar qabul qilishga majbur qilmoqda.
Avto23:53, 25-10-2026
Avtoservisda mijozlarni yo‘qotmaslik uchun nimalarni o‘zgartirish kerak
Avtoservisda mijozlarni yo‘qotmaslik uchun nimalarni o‘zgartirish kerak
Avtoservisda kun bo‘yi mashina kelib-ketadi: kimdir «qarzni keyin beraman» deydi, kimningdir moy almashtirish vaqti yaqinlashgan, kimdir esa jimgina boshqa servisga o‘tib ketgan. Bularning hammasi
Avto11:42, 23-10-2026
Mashina yo‘lni to‘sib qo‘ysa, egasini qanday topish mumkin — telefon raqamisiz
Mashina yo‘lni to‘sib qo‘ysa, egasini qanday topish mumkin — telefon raqamisiz
Ertalab ishga shoshyapsiz, hovlidan chiqish yo‘lini esa notanish mashina to‘sib turibdi. Oynada telefon raqami yo‘q, signal chalib butun hovlini uyg‘otish ham yechim emas. O‘zbekistonda ishga
Avto11:00, 23-10-2026
Volkswagen 72,7 ming elektromobilni qaytarib olmoqda
Volkswagen 72,7 ming elektromobilni qaytarib olmoqda
Germaniyaning Volkswagen avtomobil konserni akkumulatorlarida aniqlangan ishlab chiqarish nuqsoni tufayli dunyo miqyosida 72,7 mingta elektromobilni qaytarib olmoqda.
Avto09:17, 21-10-2026
O‘zbekiston Transport vazirligi Xitoy kompaniyasining taksi bozoriga kirishini tasdiqladi
O‘zbekiston Transport vazirligi Xitoy kompaniyasining taksi bozoriga kirishini tasdiqladi
O‘zbekiston yo‘lovchi tashish va onlayn taksi xizmatlari bozorida yangi yirik ishtirokchi paydo bo‘lmoqda. Xitoyning katta kompaniyasi mamlakat taksi bozoriga
Avto11:35, 20-10-2026
Toshkentda avtobus yo'laklaridagi qoidabuzarliklarni aniqlovchi kameralar o'rnatildi
Toshkentda avtobus yo'laklaridagi qoidabuzarliklarni aniqlovchi kameralar o'rnatildi
Toshkent shahrida jamoat transportining to‘siqlarsiz harakatlanishini ta’minlash va maxsus ajratilgan avtobus yo‘laklarida qoidabuzarliklarni aniqlash maqsadida zamonaviy kuzatuv kameralari
Avto16:59, 13-10-2026