Bugun
3D texnologiyalar Deyv Richardsning yuzini tikladi
+20°
пыльная буря ветер 8.2 м/с, З

Toyota’ning eng qadri saqlanuvchi modeli aniq bo‘ldi

Avto
108

Toyota’ning eng qadri saqlanuvchi modeli aniq bo‘ldi
Toyota RAV4 o‘tgan yili 1 million 80 ming dona sotilib, dunyodagi eng ko‘p sotilgan krossoverlardan biri bo‘ldi. Ammo bu uni qayta sotishda eng likvid mashina deya olmaymiz, deb Daily-motor.ru xabar berdi.

«iSeeCars» portali o‘tkazgan yangi tadqiqotga ko‘ra, RAV4 5 yillik foydalanishdan so‘ng eng yaxshi baholanadigan avtomobillar ro‘yxatiga kirmagan.

Birinci o‘rinlarni Porsche 911 va Porsche 718 Cayman egalladi. Uchinchi o‘rin esa ko‘pchilik kutmagan Toyota modeli — Tacoma pikapiga nasib etdi. Tadqiqotga ko‘ra, Toyota Tacoma 5 yilda atigi 26% qiymatini yo‘qotadi. Taqqoslash uchun, bozor bo‘yicha o‘rtacha amortizatsiya — 45,6%.

Toyota RAV4 esa yettinchi o‘rinni egallab, 30,9% qiymat yo‘qotadi. Uning oldidan Toyota Tundra (29,1%) joy olgan.

Eng likvid 7 ta avtomobil (5 yillik amortizatsiya):

Porsche 911 — 19,5%
Porsche 718 Cayman — 21,8%
Toyota Tacoma — 26%
Chevrolet Corvette — 27,2%
Honda Civic — 28%
Toyota Tundra — 29,1%
Toyota RAV4 — 30,9%

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar