Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+15°
пасмурно ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Chevrolet kompaniyasi yangi Corvette Grand Sport sportkarini namoyish etdi

Avto
14

Chevrolet kompaniyasi yangi Corvette Grand Sport sportkarini namoyish etdi
Chevrolet kompaniyasi sakkizinchi avlod sportkarining yangi talqini bo‘lgan Corvette Grand Sport modelini rasman namoyish etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur avtomobil standart Stingray hamda quvvatli Z06 modellari oralig‘idan joy olgan. Ishlab chiqaruvchi ushbu yangilikni poyga ruhini o‘zida mujassam etgan, biroq kundalik yo‘llarda harakatlanish uchun moslashtirilgan model sifatida tavsiflamoqda.

Shuningdek, ushbu sportkar General Motors kompaniyasining yangi, 6,7 litr hajmli LS6 V8 atmosferali dvigateli o‘rnatilgan ilk platformaga aylandi. Tashqi ko‘rinish jihatidan Grand Sport ko‘plab detallarni Z06 modelidan o‘zlashtirgan.

Bunga kengaytirilgan kuzov, tajovuzkor ko‘rinishdagi bamperlar va to‘rtta chiqarish quvuridan iborat tizim misol bo‘ladi. Xaridorlar uchun kupe uslubidagi targa hamda ochiq tomga ega rodster talqinlari taklif etilmoqda.

Bundan tashqari, Chevrolet model uchun o‘ziga xos orqa grafika, yangilangan spoyler va maxsus paket orqali uglerod tolali aerodinamik qismlarni tanlash imkoniyatini yaratdi. Avtomobil saloni 2025-yilgi Corvette uslubida yangilangan bo‘lib, unda uchta ekrandan iborat old panel va soddalashtirilgan markaziy konsol dizayni qo‘llanilgan.

Ichki bezatishda yangi moviy rangli mavzu taklif etilmoqda, maxsus cheklangan seriyada esa qizil rangli elementlar va bosh suyanchiqlaridagi o‘ziga xos naqshlar mavjud. Asosiy texnik yangiliklar kapot ostida joylashgan.

Yangi 6,7 litrli dvigatel 542 ot kuchi va 705 Nm aylantiruvchi momentni hosil qiladi. Ushbu dvigatel avvalgi 6,2 litrli qurilma o‘rnini egalladi.

Quvvat orqa g‘ildiraklarga sakkiz pog‘onali ikki muftali uzatmalar qutisi orqali yetkazib beriladi. Shuningdek, gibrid tizimli Grand Sport X talqini ham taqdim etilgan bo‘lib, u umumiy hisobda 731 ot kuchiga ega.

Hozircha avtomobilning tezlanish ko‘rsatkichlari e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, ishlab chiqaruvchi barcha modellarda boshqariluvchi amortizatorlar standart tarzda o‘rnatilishini tasdiqladi. Xaridorlar qo‘shimcha haq evaziga kuchaytirilgan tormoz tizimi va maxsus shinalarni buyurtma qilishlari mumkin.

Yangi modellarni ishlab chiqarish Bowling Green zavodida yo‘lga qo‘yiladi.

O‘xshash yangiliklar

Tramp bojlari Audi Jorjiya shtatida 4 milliardlik zavod qurishga majbur qildi
Tramp bojlari Audi Jorjiya shtatida 4 milliardlik zavod qurishga majbur qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp ma'muriyati joriy etgan qat'iy bojxona siyosati global avtosanoat gigantlarini strategik qarorlar qabul qilishga majbur qilmoqda.
Avto23:53, 25-10-2026
Avtoservisda mijozlarni yo‘qotmaslik uchun nimalarni o‘zgartirish kerak
Avtoservisda mijozlarni yo‘qotmaslik uchun nimalarni o‘zgartirish kerak
Avtoservisda kun bo‘yi mashina kelib-ketadi: kimdir «qarzni keyin beraman» deydi, kimningdir moy almashtirish vaqti yaqinlashgan, kimdir esa jimgina boshqa servisga o‘tib ketgan. Bularning hammasi
Avto11:42, 23-10-2026
Mashina yo‘lni to‘sib qo‘ysa, egasini qanday topish mumkin — telefon raqamisiz
Mashina yo‘lni to‘sib qo‘ysa, egasini qanday topish mumkin — telefon raqamisiz
Ertalab ishga shoshyapsiz, hovlidan chiqish yo‘lini esa notanish mashina to‘sib turibdi. Oynada telefon raqami yo‘q, signal chalib butun hovlini uyg‘otish ham yechim emas. O‘zbekistonda ishga
Avto11:00, 23-10-2026
Volkswagen 72,7 ming elektromobilni qaytarib olmoqda
Volkswagen 72,7 ming elektromobilni qaytarib olmoqda
Germaniyaning Volkswagen avtomobil konserni akkumulatorlarida aniqlangan ishlab chiqarish nuqsoni tufayli dunyo miqyosida 72,7 mingta elektromobilni qaytarib olmoqda.
Avto09:17, 21-10-2026
O‘zbekiston Transport vazirligi Xitoy kompaniyasining taksi bozoriga kirishini tasdiqladi
O‘zbekiston Transport vazirligi Xitoy kompaniyasining taksi bozoriga kirishini tasdiqladi
O‘zbekiston yo‘lovchi tashish va onlayn taksi xizmatlari bozorida yangi yirik ishtirokchi paydo bo‘lmoqda. Xitoyning katta kompaniyasi mamlakat taksi bozoriga
Avto11:35, 20-10-2026
Toshkentda avtobus yo'laklaridagi qoidabuzarliklarni aniqlovchi kameralar o'rnatildi
Toshkentda avtobus yo'laklaridagi qoidabuzarliklarni aniqlovchi kameralar o'rnatildi
Toshkent shahrida jamoat transportining to‘siqlarsiz harakatlanishini ta’minlash va maxsus ajratilgan avtobus yo‘laklarida qoidabuzarliklarni aniqlash maqsadida zamonaviy kuzatuv kameralari
Avto16:59, 13-10-2026