Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+20°
небольшая облачность ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Meksikada Prezidentga Nisbatan Tegajog‘lik Holati Yuz Berdi

Dunyo
28
Meksikada Prezidentga Nisbatan Tegajog‘lik Holati Yuz Berdi
Meksika poytaxti Mexiko shahrida mamlakatning birinchi ayol prezidenti Klaudiya Sheynbaum bilan bog‘liq noxush voqea yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

4-noyabr kuni prezident tarixiy markazda o‘tkazilgan tadbirga yo‘l olayotganida, bir fuqaro uning roziligisiz yaqinlashib, quchoqlash va o‘pishga urindi. Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Videolardan ma’lum bo‘lishicha, prezident selfiga tushish uchun to‘xtagan odamlar orasida bir shaxs orqadan kelib, Sheynbaumning yelkasiga qo‘l qo‘ygan va unga tegishga harakat qilgan. Prezident esa uning qo‘lini chetga surib, vaziyatdan chiqishga uringan.

Shu paytda prezidentning qo‘riqchisi bezorini to‘xtatib, uni chetlatgan. Voqeadan so‘ng Klaudiya Sheynbaum matbuot anjumani o‘tkazib, bu holat yuzasidan rasman shikoyat qilganini ma’lum qildi.

U buni nafaqat shaxsiy daxlsizlikka qarshi harakat, balki mamlakatdagi barcha ayollarga nisbatan hurmatsizlik sifatida baholadi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bu voqea javobsiz qolmasligi kerak, chunki ayollarning xavfsizligi va hurmatini ta’minlash jamiyatning muhim vazifasidir.

Shuningdek, Sheynbaum mahalliy matbuotning ushbu voqeani yoritish uslubini tanqid qilib, zo‘ravonlik holatlarini yoritishda ehtiyotkorlikka chaqirdi. Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kotibiyat ham bu voqeani ayollarga nisbatan hurmatsizlikning yana bir ko‘rinishi sifatida baholadi.

Mexiko shahri fuqarolik xavfsizligi boshqarmasi esa ushbu holatda aybdor, 33 yoshli Uriel Rivera ismli shaxs qo‘lga olinganini e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, u hodisa sodir bo‘lgan kuni spirtli ichimlik yoki giyohvand moddalar ta’sirida bo‘lgan va shaharda yana ikki ayolga nisbatan tegajog‘lik qilganlikda gumon qilinmoqda.

Klaudiya Sheynbaum 2024-yil oktabr oyida Meksika prezidenti lavozimini egallagan va mamlakat tarixidagi birinchi ayol prezident sifatida tanilgan. Ushbu voqea esa mamlakatda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik masalasini yana kun tartibiga olib chiqdi.

Hukumat statistikasiga ko‘ra, 2024-yilda Meksikada 821 nafar ayol nafrat jinoyati qurboni bo‘lgan. Feminist faollar esa bu raqamlar asl holatni to‘liq aks ettirmasligini ta’kidlashmoqda.

Prezident Sheynbaumning so‘zlariga ko‘ra, ushbu holat nafaqat uning xavfsizlik tizimiga oid savollarni ko‘ndalang qo‘ydi, balki mamlakatdagi ayollarning hurmat va daxlsizlik uchun kurashining yangi bosqichiga aylanishi kerak.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026