USD: N/A  EUR: N/A  RUB: N/A

Bishkekda bolalarga ignali shirinlik tarqatgan shaxs ushlangan

0
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrining Lenin tumanida bolalarga ichida ignalar solingan shirinlik tarqatgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda tuman Ichki ishlar bo‘limining matbuot xizmati ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 28 mart kuni soat taxminan 20:00 da politsiyaga Oq O‘rda turar joy massivida bir erkak bolalarga ichida ignalar bo‘lgan shirinliklar tarqatayotgani haqida xabar kelib tushgan.

Mazkur hududda yashovchi B.G. ismli ayolning 11 yoshli qizi va boshqa bolalar noma’lum shaxsdan shunday konfetlar olganliklarini bildirganlar.

Holat yuzasidan tergov ishlari boshlangan va zarur ekspertizalar tayinlangan. Tergov jarayonida militsiya xodimlari gumonlanuvchi sifatida N.D.ni qo‘lga oldi.

Hozirda u vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. N.D.ning yashash joyida o‘tkazilgan tintuv davomida ignalar solingan konfetlar va boshqa dalillar musodara qilindi.

Tergov ishlari hali davom etmoqda. Lenin tumani sudi gumonlanuvchini ikki oy muddatga tergov hibsxonasida saqlashga qaror qildi.

Ushbu holat bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda va qonuniy choralar ko‘rilmoqda.