Bugun
O‘zbekiston dzyudochilari Toshkentda uchinchi o‘rinni egalladi
+13°
пасмурно ветер 3.4 м/с, СЗ

Rossiya Donetsk, Luhansk, Zaporijjya va Xersonning butun hududini talab qilmoqda

Dunyo
119

Rossiya Donetsk, Luhansk, Zaporijjya va Xersonning butun hududini talab qilmoqda
Rossiya delegatsiyasi Saudiya Arabistonida AQSH bilan o‘tkazilayotgan muzokaralarda Ukrainaning to‘rtta — Donetsk, Luhansk, Zaporijjya va Xerson oblastlarining barcha hududi o‘z nazorati ostiga berilishiga erishmoqchi, deb xabar beradi The Moscow Times.

Garchi Rossiya armiyasi ushbu hududlarning birontasini to‘liq nazorat qilmasa ham, Kreml ularni Rossiya konstitutsiyasiga muvofiq, ya’ni anneksiya qilingan hududlar sifatida, ma’muriy chegaralari bilan qo‘lga kiritishga umid qilmoqda. Manbalarga ko‘ra, Putin siyosiy jihatdan bu hududlarni yo‘qotishga yo‘l qo‘ya olmaydi, shuning uchun Rossiya har qanday yo‘l bilan ularga egalikni mustahkamlash niyatida. «Rossiya konstitutsiyasida hududlarning tarkibdan chiqish mexanizmi yo‘q. Bizga butun Zaporijjya va Xerson oblastlari kerak», — degan manba.

Rossiyalik yana bir amaldorga ko‘ra, Kreml tomoni Vashington Rossiya tomonidan egallangan hududlardan Ukraina qo‘shinlari butunlay olib chiqib ketilishi borasida Kiyevga bosim o‘tkazishiga umid qilmoqda.

Muqobil yo‘l sifatida Rossiya Ukrainaning boshqa oblastlarini, masalan, Dnepropetrovsk yoki Sumini egallashga urinishi, keyin esa ularni Xerson va Zaporijjyaga almashishni taklif qilishi mumkin.

Fevral holatiga ko‘ra, Rossiya armiyasi Luhansk oblastining 98,6 foizini, Donetskning — 62,6 foizi, Zaporojening — 71,9 foizi va Xersonning — 69,3 foizini nazorat qilmoqda.

Isroillik harbiy ekspert David Sharpning ta’kidlashicha, Rossiya ushbu oblastlarni harbiy yo‘l bilan tezda egallay olmaydi. «Rossiyaliklar uchun bir juft qishloqni egallash ham katta natija. Dneprni kesib o‘tish va Xersonni egallash, yoki hatto har ikki qirg‘oqda joylashgan Zaporoje shahriga kirib borish uchun favqulodda hodisa yuz berishi kerak. Bu juda qiyin vazifa», — deydi u.

O‘xshash yangiliklar

O‘zbekiston fuqarolariga BAAda xavfsizlik choralariga rioya qilish tavsiya etildi
O‘zbekiston fuqarolariga BAAda xavfsizlik choralariga rioya qilish tavsiya etildi
Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyatning keskinlashishi sababli O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Birlashgan Arab Amirliklaridagi diplomatik vakolatxonalar fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun
Dunyo Bugun, 11:49
Xominaiy vafoti: Eron atrofidagi siyosiy keskinlik oshdi
Xominaiy vafoti: Eron atrofidagi siyosiy keskinlik oshdi
Oyatulloh Ali Xominaiyning vafoti Eron atrofidagi geosiyosiy vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreya bu voqeaga tezkor munosabat bildirdi
Dunyo Bugun, 11:10
Isroilga Eron raketa hujumi: 9 kishi halok bo'ldi
Isroilga Eron raketa hujumi: 9 kishi halok bo'ldi
Isroil hududida Eron tomonidan amalga oshirilgan raketa hujumlari vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. The Times of Israel nashri «Magen David Adom» tez yordam xizmati
Dunyo Bugun, 10:35
Eron Abu-Dabidagi Fransiya harbiy bazasiga hujum qildi
Eron Abu-Dabidagi Fransiya harbiy bazasiga hujum qildi
Birlashgan Arab Amirliklari Mudofaa vazirligi ma'lum qilishicha, Eron tomonidan Abu-Dabi shahrida joylashgan Fransiyaga tegishli harbiy-dengiz obyektiga zarba berilgan. Bu haqda Zamin.uz xabar
Dunyo Bugun, 10:19
Isroil Eronga qarshi operatsiyaga 100 ming harbiyni tayyorlamoqda
Isroil Eronga qarshi operatsiyaga 100 ming harbiyni tayyorlamoqda
Isroil mudofaa kuchlari tomonidan ma'lum qilinishicha, Isroil armiyasi Eronga qarshi olib borilayotgan "Arslon nidosi" operatsiyasi doirasida taxminan 100 ming nafar zaxiradagi harbiy
Dunyo Bugun, 09:48
AQSH va Isroil Eron bilan keskinlikni oshirmoqda
AQSH va Isroil Eron bilan keskinlikni oshirmoqda
AQSH va Isroil rahbarlari Eron atrofidagi keskin vaziyatni muhokama qilishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. AQSH prezidenti Donald Trampning aytishicha, Eronga qarshi harbiy harakatlar
Dunyo Bugun, 09:07